Щтанова Ирода
Talabalar test javoblarining natijalari
Download 255.66 Kb.
|
yuridik 33
Talabalar test javoblarining natijalari
2-jadval
Bitiruvchi kurs talabalarining 45 foizi eksternallar bо‘lib, ulardan 34 foizi qizlar, faqat 11 foizi yigitlar, qolgan 55 foizi internallarni tashkil etib, ularning 26 foizi yigitlar, 29 foizi qizlardan iborat. Birinchi kurs talabalarining natijalari ham bizni qanoatlantirdi. Chunki oliy о‘quv yurtiga endigina moslasha boshlagan talabalarning 67 foizi internallardir. Ularning 53 foizi vatanimiz mudofaasi xizmatlarida bо‘lib, anchagina hayotiy tajribaga ega bо‘lgan yoshlar ekanligi bilan xarakterlanadi. 33 foiz eksternallardan iborat bо‘lgan yoshlar ichida faqat 6 foizi yigitlarni tashkil qilib, qolgan 27 foizi qizlardan iborat. Inson о‘zligini rо‘yobga chiqarish о‘ziga bog‘liq ekanligini qancha tez tushunib yetsa, u hayotga shunchalik chuqurroq qaraydi va oldiga muhimroq maqsadlar qо‘yadi. Yoshlarni tarbiyalashda ular ruhiyatiga о‘z-о‘zini anglash tuyg‘ularini singdirish orqali psixologik yetuklikka erishuvini ta’minlash muhimdir. Bu tuyg‘u biologik hodisa emas, balki ijtimoiy hodisadir. Chunki, bu tuyg‘u insonning ma’naviy shakllanishi jarayonida voyaga yetadi. Psixologik yetuklikka ega shaxs turli hayotiy vaziyatlar va sharoitlarni hushyor baholay oladi. Bu hushyorlik amaliylik, voqelikni tо‘g‘ri baholay olish, shaxsda о‘zining yutuq va kamchiliklarini, bilim, malaka va qobiliyatlarini yetarlicha obyektiv baholay olishida namoyon bо‘ladi. Bunday shaxs о‘z hissiyoti, kechinmalarini yetarlicha yaxshi nazorat qila bilishi, ya’ni ichki intizomni yuqori rivojlanganligi bilan xarakterlanib turadi. Psixologik yetuklik boshqa odamlarning xohish, istaklari, kechinmalarini tushunish bilan ma’lum darajada bog‘liq. Bu о‘z navbatida muloqotning, hamkorlikning yaxshi yо‘lga qо‘yilishiga, oilada, turli guruhlarda ijobiy munosabatlarning о‘rnatilishiga imkon beradi. Yangi davr va uning о‘zgarishlarga boy hayoti endi har bir kishining psixik hodisalar qonuniyatlarini bilish va shunga mos tarzda oqilona va omilkorona ish yuritish zaruratini talab qilmoqda. Demak, bilish jarayonida muhim bosqich yoki bilimning muhim obyekti insonning о‘zidir. О‘zlikni anglash orqali insonning ma’naviyati shakllanadi. Psixologik bilimdonlik shaxsni о‘z-о‘zini qо‘lga olishga, о‘z-о‘ziga buyruq berishga, о‘z-о‘zini qayta tarbiyalash va о‘z imkoniyatlaridan tо‘g‘ri foydalanishga о‘rgatadi. Download 255.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling