Щтанова Ирода


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi


Download 255.66 Kb.
bet2/13
Sana18.06.2023
Hajmi255.66 Kb.
#1569350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
yuridik 33

Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.
Tashqi tarbiyaviy boshqarish jarayonining ichki о‘z-о‘zini boshqarish va tarbiyalash sistemasiga aylanishidagi psixologik mexanizm muhim masalalardan hisoblanadi.
О‘z-о‘zini muvofiqlashtirish va о‘z-о‘zini boshqarish shaxsning struktura elementlaridan biridir. Ular shaxsning xususiyatlari tarkibiga kiritiladi. Biroq, ularning turli xususiyatlarida о‘zini namoyon qilish bir xil kо‘rinishda bо‘lmaydi, ba’zi hollarda bu xususiyatlar faqat endi belgilanayotgan bо‘lsa, boshqa hollarda bundan xususiyatlar ortiq darajada kо‘payib ketgan bо‘ladi. Masalan, shaxsning yо‘nalishini ifoda etuvchi xususiyatlarda bunday struktura elementlari irodaviy xususiyatlarga qaraganda ancha kamroq darajada namoyon bо‘ladi.
О‘z-о‘zini tarbiyalash va takomillashtirib borish-bu о‘z-о‘zini muvofiqlashtirish hamda boshqarishni rivojlantirishning oliy darajasi deb hisoblanmog‘i kerak.
Odam jamiyatning bir a’zosi va olamning bir qismidir, shu sababli odam tevarak-atrofidagi olamdan о‘zini ajratsa ham, ayni vaqtda shu olam bilan bog‘langanligini anglaydi. Odam о‘z tevarak-atrofidagi olamdan ajralgan holda о‘zini “men” deb anglay olmaydi, chunki odam ongining о‘zini anglashining, “men” ining mazmuni о‘sha odam atrofidagi real-voqealik intixosidir.
Shaxsning о‘zini anglashi shunda ifodalanadiki, odam tevarak-atrofdagi olamda о‘zini ajratish bilan bir vaqtda, о‘zining shu olamga uzviy ravishda bog‘langanligini anlaydi, о‘ziga, о‘z faoliyatiga va о‘z vazifalariga anglab-bilib munosabatda bо‘ladi.
Shaxning о‘zini anglashi, “Men” deb his qilishi hamisha muayan mazmuni bilan yuzaga chiqadi. О‘zining borlig‘ini anglashi odamning о‘zini kim deb bilishi-о‘quvchi, ishchi, о‘qituvchi, injener va shunga о‘xshash deb anglashi, о‘zining о‘tmishini va kelajagini anglashi, boshqa kishilar bilan о‘zaro munosabatini anglashi, о‘z xuquq va burchlarini anglashi, о‘zining fazilat va kamchiliklarini va shunga о‘xshashlarini anglashi о‘zini anglashga kiradi.
Shaxs о‘zini anglaganligidan о‘zini-о‘zi kuzata oladi va о‘zini-о‘zi bilib oladi, kо‘nglidan о‘tgan kechinmalarni tushuna oladi, о‘zining xatti-harakatlariga о‘zi tanqidiy kо‘z bilan qaray oladi.
Shaxsning о‘zini anglashi va о‘zini bilishi о‘z xulq-atvorini boshqarish uchun, о‘zini-о‘zi tarbiyalash uchun xamda о‘z aqlini о‘zi о‘stirishi uchun zarur shartdir.
Yoshlarni о‘zini-о‘zi anglash, о‘z tasavvurlariga ega bо‘lish, о‘z ruhiyatida «ichki tartib-intizom»ni joriy etish va shu asosda о‘zini-о‘zi ruhiy-ma’naviy jihatdan tarbiyalay olishga о‘rgatish lozim. Chunki shaxs ma’naviyati rivoji avvalo о‘zini-о‘zi anglash, keyinchalik о‘z manfaatini anglash va ni’oyat jamiyatni tanish bosqichlarini taqozo etadi. Insonning jamiyatni anglashi - bu uning milliy о‘z-о‘zini anglashidir.
Milliy о‘z-о‘zini anglash - insonning ijtimoiy etnik umumiylikka mansubligida, ijtimoiy sohadagi munosabatlarda о‘z millatining egallagan mavqeyini yaqqol tasavvur qilganida, milliy manfaatdorligida namoyon bо‘ladi. Milliy о‘z-о‘zini anglashning qator obyektiv va subyektiv omillari mavjud. Bulardan biri milliy tuyg‘u bо‘lib, u insonning shaxslararo munosabat jarayonida hissiy ta’sirlanishida, yuksak ma’naviy ichki tug‘yonlarda, ijodiy g‘oyalar tuilishi kabi kechinmalarda aks etadi.
Milliy о‘zlikni anglash «Men» dan boshlanib, real «Men», о‘tmishdagi «Men», hozirgi «Men», kelgusi «Men», ideal «Men», dinamik «Men» kо‘rinishlarida о‘z ifodasini topadi. Shaxsda о‘z-о‘zini anglashning kо‘rinishlari о‘rin almashib boradi, chunki о‘zining yaqin о‘tmishini baholash, hozirgi davrdagi, kundagi hayot faoliyatida imkon boricha qо‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish, muvaffaqiyatga erishishning ustivor yо‘llarini tanlash, о‘z imkoniyatini tashhis qila olishgina kamolot sari yetaklaydi.
Inson о‘zligini rо‘yobga chiqarish о‘ziga bog‘liq ekanligini qancha tez tushunib yetsa, u hayotga shunchalik chuqurroq qaraydi va oldiga muhimroq maqsadlar qо‘yadi. Yoshlarni tarbiyalashda ular ruhiyatiga о‘z-о‘zini anglash tuyg‘ularini singdirish orqali psixologik yetuklikka erishuvini ta’minlash muhimdir. Bu tuyg‘u biologik hodisa emas, balki ijtimoiy hodisadir. Chunki, bu tuyg‘u insonning ma’naviy shakllanishi jarayonida voyaga yetadi.
Psixologik yetuklikka ega shaxs turli hayotiy vaziyatlar va sharoitlarni hushyor baholay oladi. Bu hushyorlik amaliylik, voqelikni tо‘g‘ri baholay olish, shaxsda о‘zining yutuq va kamchiliklarini, bilim, malaka va qobiliyatlarini yetarlicha obyektiv baholay olishida namoyon bо‘ladi. Bunday shaxs о‘z hissiyoti, kechinmalarini yetarlicha yaxshi nazorat qila bilishi, ya’ni ichki intizomni yuqori rivojlanganligi bilan xarakterlanib turadi. Psixologik yetuklik boshqa odamlarning xohish, istaklari, kechinmalarini tushunish bilan ma’lum darajada bog‘liq. Bu о‘z navbatida muloqotning, hamkorlikning yaxshi yо‘lga qо‘yilishiga, oilada, turli guruhlarda ijobiy munosabatlarning о‘rnatilishiga imkon beradi.
Demak, bilish jarayonida muhim bosqich yoki bilimning muhim obyekti insonning о‘zidir. О‘zlikni anglash orqali insonning ma’naviyati shakllanadi. Psixologik bilimdonlik shaxsni о‘z-о‘zini qо‘lga olishga, о‘z-о‘ziga buyruq berishga, о‘z-о‘zini qayta tarbiyalash va о‘z imkoniyatlaridan tо‘g‘ri foydalanishga о‘rgatadi.
Talabaning о‘z-о‘zini idrok qilishini uni ijobiy ishlarga yо‘naltirish orqali о‘stirish kerak. Bunda talaba ijobiy tajriba orttirsin, ya’ni о‘ziga, oilasiga, guruhiga, jamoasiga manfaatli ish qilib, olqish olsin. Talabalarni jamoat ishlariga keng jalb etish amaliyotini kengaytirish, bu ishdan manfaatdorligini oshirish lozim. Talabaning о‘zini shaxs sifatida anglashi, о‘z ijobiy va salbiy sifatlarini tahlil qilishi, boshqa shaxslar ichida о‘z shaxsini alohida ajratish kabi muhim ijtimoiy-psixologik sifatlarni shakllantiradi. Bu esa shaxsda о‘z-о‘zini nazorat qilish tizimini yuzaga keltiradi.

Download 255.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling