Щтанова Ирода


ishning metodologik asosi


Download 255.66 Kb.
bet3/13
Sana18.06.2023
Hajmi255.66 Kb.
#1569350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
yuridik 33

ishning metodologik asosi bо‘lib, avvalo «Sog‘lom avlod» davlat Dasturi, «Ta’lim tо‘g‘risidagi Qonun» hamda О‘zbekiston Respublikasida «Kadrlar tayyorlashning milliy Dasturi» g‘oyalari, Prezidentimiz I.A Karimovning ma’naviy va ijtimoiy hayotni erkinlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni chuqurlashtirish, milliy istiqlol mafkurasi mazmunini tashkil etgan fikr va g‘oyalari tashkil qiladi. Bundan tashqari, jahon psixologiyasidagi ijtimoiy tasavvurlar konsepsiyasi (S.Moskovisi, J.Kodol, A. Donsov, T. Yemelyanova va boshqalar), shaxsning faoliyatda shakllanishi nazariyalari (L. Vigotskiy, D.Elkonin, A.Leontyev, G.Andreyeva va boshqalar), О‘zbekistonlik psixologlarning muammoni tadqiq etish bо‘yicha ishlab chiqqan nazariy yondashuvlari (M.Davletshin, G‘.Shoumarov, E.G‘oziyev, V.Karimova, B. Qodirov, R.Sunnatova, N. Sog‘inov va boshqalar) ham xizmat qildi.
ishning maqsad va vazifalari.
Talaba yoshlarda о‘z-о‘zini anglashga ta’sir kо‘rsatuvchi ijtimoiy shart-sharoitlarni о‘rganish masalasi tadqiqotning asosiy maqsadi bо‘lib xizmat qiladi.
Tadqiqot maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:

  1. Olimlarning shaxs shakllanishida ijtimoiy muhitning о‘rni haqidagi fikrlarini tahlil qilish.

  2. Talaba shaxsining ijtimoiy о‘ziga xos xususiyatlarini о‘rganish.

3. Talaba yoshlar о‘z-о‘zini anglashining ijtimoiy asoslarini tadqiq qilish.
ishning ilmiy farazi. Bizning taxminimizcha, talaba yoshlarda ma’naviy tasavvurlarning shakllanishida maxsus yaratilgan shart-sharoitlar, hamda talaba yoshlarning о‘ziga xos xususiyatlari yetakchi rol о‘ynashi mumkin. Ushbu jarayonga aloqador bо‘lgan talabaning yosh va individual xususiyatlari ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiruvchi omil vazifasini bajarishi e’timol.
ishning metodlari.
1. Talaba yoshlarning о‘z-о‘zini anglash darajasini о‘rganish maqsadida eksperimental kuzatuv va suhbatlar о‘tkazish.
2. Talaba yoshlar psixologiyasidagi о‘zgarishlarni aniqlash maqsadida lokus-kontrol metodikasini о‘tkazish.
3. Olingan natijalarni sifat va miqdor jihatdan tahlil qilish.

Download 255.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling