Щтанова Ирода


Download 255.66 Kb.
bet11/13
Sana18.06.2023
Hajmi255.66 Kb.
#1569350
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
yuridik 33

Nomsiz barmoq - maqsadning yaqinligi: «Bugun men nima qildim
va nimalarga erishdim?»
О‘rta barmoq - ruhiy holat: «Bugun mening kayfiyatim qanday
bо‘ldi, ruhim nimalarga moyil bо‘ldi?».
Kо‘rsatkich barmoq - yordam, xizmat kо‘rsatish: «Bugun men
boshqalarga nima yordam berdim?».
Bosh barmoq - tetiklik va jismoniy bardamlik holati:
«Bugun mening ahvolim qanday bо‘ldi, men
sog‘ligim uchun nima qildim?».
Bunday taftish har bir insonning umr boyligi bо‘lgan vaqtni tejashga о‘rgatdi. Inson kamoloti u vaqt tuyg‘usini egallagandan keyingina boshlanadi. Inson vaqtni his eta boshlagan paytdanoq о‘z-о‘zini nazorat qila boshlaydi. Kelajakka intilib yashayotgan shaxs о‘z vaqtidan samarali foydalanadi, о‘zida ma’naviy barkamollikni namoyon etadi.
Talabalik davrida о‘zini boshqarishning tarkibiy qismlari, ijodiy tafakkur, muayyan hayotiy tajriba, о‘zlashtirilgan bilimlarni tartibga solish asosida his-tuyg‘ular, qarashlar, axloqiy qadriyatlar, о‘zligini anglash va barqaror e’tiqod shakllanadi. Shularni hisobga olgan holda talaba yoshlarning qiziqishlari, hayotiy muammolarini о‘rganib, ular о‘rtasida kо‘proq suhbat, badiiy kecha, uchrashuv va muloqotlarni uyushtirish, turli xil tо‘garak, sport seksiyasi, ilmiy tadqiqot uyushmalarini kо‘paytirish, tanlov, anjuman, munozara, bahs va boshqa ommaviy tadbirlarni tashkillash lozim. Chunki, psixolog olim Jan Piajening fikricha yoshlarning о‘z tengqurlari bilan turli mavzularda qiladigan munozara yoki bahslari, undagi egoistik, shaxsiyatparastlik mo’iyatini susaytirib, о‘z-о‘zini anglash bilan bir qatorda о‘zgalarning mavqelarini anglash va о‘zida shaxsga xos sifatlarni ham о‘stiradi. Shuning uchun ham har bir oliy о‘quv yurtlarida talaba yoshlarning о‘z-о‘zini boshqarish, о‘z-о‘zini anglash, о‘z-о‘zini baholash bо‘yicha psixologik savodxonligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish lozim. Bunda talaba yoshlarning ta’lim-tarbiya, ijtimoiy-ma’naviy sohalardagi ishtirokini kengaytirish hamda о‘zini-о‘zi boshqarish faolligini ta’minlashga xizmat qiladigan samarali mexanizmlarni ommaviylashtirishning noan’anaviy shakllarini joriy etish kerak bо‘ladi. Talabalarning о‘zini-о‘zi boshqarish bilan bog‘liq psixologik bilimlarini oshirishda ijtimoiy-psixologik treninglardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari talaba-yoshlar uchun yon daftarcha shaklida о‘z-о‘zini boshqarish, anglash, baholash bо‘yicha tarqatma materiallar nashr etish ham yaxshi samara beradi.
Yuqorida tilga olingan tarbiya shakllarini amalga oshirishning eng qulay yо‘li - avvalo milliy urf-odat, an’analarimizning eng nodirlarini turmushga singdirish orqali yoshlarning ma’naviy-psixologik bilim saviyasini oshirish, ularda sog‘lom tafakkur va zamonaviy dunyoqarashni shakllantirishni taqozo etadi.
Demokratik teng huquqlikka asoslangan о‘zaro munosabatlargina talabaga о‘zini-о‘zi anglash, kelajakda jamiyatning rivojlanishiga о‘z kasbiy bilimdonligi bilan hissa qо‘sha olish, о‘z ruhiyatida «ichki tartib-intizom»ni joriy etish va shu asosida о‘zini-о‘zi ma’naviy-ruhiy jihatdan tarbiyalash tizimini amalga oshirishga imkon beradi. Talaba shaxsida qanchalik darajada mustaqillik va о‘z-о‘zini boshqara olish kabi psixologik xususiyatlar mujassamlashgan bо‘lsa, u shunchalik yuksak chо‘qqilarga erisha oladi. Chunki yuksak, teran va atroflicha fikr yuritadigan hamda ijtimoiy faoliyatidan el-yurtga naf yetkazadigan insonlargina kamolotga erishishi mumkin.


Xulosa
Tarbiyaviy tizimning samaradorlogi kuyidagi mezonlar bо‘yicha aniqlanadi: pedagoglarning zamonaviy tarbiya texnologiyalarini egallaganligi, о‘quvchilar bilan о‘zaro munsabatlarda demokratik tamoyillarga tayanishi, о‘quvchilarning о‘z-о‘zini boshqarishni rivojlantirish, muntazam ravishda (oyida 1-2 marta) ta’lim muassasasida har xil tadbirlar о‘tkazib turish (kasbiy tanlovlar, salomatlik kuni, ochiq eshiklar kunlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, muzeylarga borish, о‘quv fanlari bо‘yicha mutaxassislik kunlarini о‘tkazish va boshqalar), ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik kо‘rish va ularni о‘tkazishga о‘quvchilarni jalb etish, ularga tarbiyaviy tadbirlarning ahamiyatini tushuntirish.
Ta’lim muassasalarida joriy etilgan tarbiyaviy ishlar tizimining asosiy maqsadi о‘zida shaxsan va kasbiy sifatlarni mujassam etgan mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdir. Bunday mutaxassislar erkin fikrlash, mustaqil ta’lim olish, о‘z-о‘zini tarbiyalash, olgan bilimlarini yangi hayotiy vaziyatlar va shart-sharoitlarda qо‘llash, yangi faoliyat turlarini о‘zlashtirish qobiliyatiga ega bо‘lishadi.
Turli tarbiyaviy usullar orqali о‘quvchilarda axloqiy e’tiqod, dunyoqarash, ijtimoiy kо‘nikma va malakalar shakllantiriladi. Shuningdek, tarbiya metodlari shaxsning о‘z-о‘zini kamol toptirishini ham nazarda tutadi. Shu bois hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya metodlari о‘quvchilarning ongiga, his-tuyg‘ulari, irodasi va xulq-atvoriga, faoliyatini tashkil etish va о‘z-о‘zini kamol toptirishga psixologik-pedagogik ta’sir kо‘rsatish usuli sifatida qaraladi.


Download 255.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling