139
shug‘ullanish huquqi; pedagog
xodimlarning maqomi va ular
faoliyatining kafolatlari; pedagog xodimlarning majburiyatlari kabi
moddalar o‘z aksini topgan.
Qonunning 6-bobi “
Ta’lim oluvchilarning, ular ota-onasining
hamda boshqa qonuniy vakillarning huquq va majburiyatlari” deb
nomlangan va unda: ta’lim oluvchilarning huquqlari; ta’lim oluvchi-
larning
majburiyatlari; ta’lim oluvchilarning kiyim-boshiga nisbatan
qo‘yiladigan talablar; ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchini vaqtincha
yashash joylari bilan ta’minlash; voyaga etmagan ta’lim oluvchilar ota-
onasining hamda boshqa qonuniy vakillarning huquq va majburiyatlari
kabilar yoritilgan.
Qonunning 7-bobi “
Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini
ijti moiy himoya qilish” deb nomlanagan, unda: ta’lim
oluvchilarni
ijtimoiy himoya qilish; ta’lim tashkilotlarining xodimlarini ijtimoiy
himoya qilsh; etim bolalarni va ota-onasining yoki boshqa qonuniy
vakillarning qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni o‘qitish va
ularning to‘liq ta’minoti;
jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy
nuqsonlari bo‘lgan bolalarni (shaxslarni) o‘qitish hamda tarbiyalash;
ijtimoiy reablitatsiyaga muhtoj bo‘lgan bolalarni (shaxslarni) o‘qitish
va tarbiyalash kabi moddaladan iborat ma’lumotlar keltirilgan.
Qonunning 8-bobi “
Nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini lit
Do'stlaringiz bilan baham: