Shukurullo mardonov umida zokirova
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи
- Bu sahifa navigatsiya:
- Germaniya ta’limidagi
- Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Yaponiya ta’limidagi:
a) bolani maktabga puxta tayyorlash; b) kichkintoylar ta’lim va tarbiyasiga ota-onalar mas’uliyatini kuchaytirish; v) o‘quvchilarning nafosat, jismoniy kamolatiga berilayotgan e’tibor; g) o‘qituvchi kadrlarga yuksak talabchanlik; d) yosh iqtidor sohiblari bilan olib borilayotgan izchil ishlar. Germaniya ta’limidagi: a) tabaqalashtirib o‘qitishga berilayotgan jiddiy e’tibor; b) o‘quvchilarning mehnat ta’limini mustahkamlash; v) kasbga yo‘naltirish. Fransiya ta’limidagi: a) maktabgacha tarbiyadanoq o‘quvni predmetlashtirib tashkil etish; b) boshlang‘ich ta’limni uch bosqichda puxta amalga oshirish; v) o‘quvni didaktik vositalar bilan ta’minlashga berilayotgan katta e’tibor; g) o‘kuv muassasalarining turli firmalar, konsernlar, korxonalar 253 mustahkam aloqalari va boshqa ibratli jihatlar bizning ta’limga ham ko‘chsa, bizning pedagogikamiz olga qarab dadil qadam bosgan bo‘lar edi. Bu borada Chirchiq davlat pedagogika instituti tomonidan taklif qilingan ta’lim tizimining innovatsion klasteri e’tiborga molik. Albatta, ta’limga har qanday yangilik, o‘zgartirish jiddiy tahlillar, tajribalar asosida kirib keladi. “Zo‘rlab tiqishtirish” bizning uslubiyot emas. Ayni paytda ta’limni bir saviyada qotib qolishiga ham yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shu sababli ham, har bir pedagog, har bir tadqiqotchi maorifimiz uchun jon kuydiradigan, elim deb, yurtim deb kuyib yonadigan bo‘lmog‘i, “o‘z shaxsiy manfaatlarim uchun davlat menga nima berdi emas, balki men davlat ravnaqi uchun nima qildim” degan mulohazalar yuritadigan iqtidorli kadrlarni tayyorlashimiz kerak. Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 1. Rivojlangan xorijiy davlatlardagi ta’lim-tarbiya, maktab va maorif taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini sharhlab bering. 2. Iqtisodiy rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi “ta’limni tabaqalashtirish” usullarini izohlab bering. 3. AQSH da ta’lim tizimi qanday tuzilishga ega ? 4. AQSH ta’lim tizimi qanday xususiyatlari bilan O‘zbekiston ta’lim tizimidan farq qiladi ? 5. Yaponiya ta’limining shakllanishi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsating. 6. Yaponiyada ta’lim tizimi va uning tarkibiy qismlarini izohlab bering. 7. Yaponiyada o‘qituvchi kadrlar tayyorlash masalasini izohlang. 8. Fransiya ta’lim tizimini ilg‘or jihatlari nimalarda namoyon bo‘ladi ? 9. Germaniya ta’lim tizimini izohlab bering. 10. Rivojlangan xorijiy davlatlar va mustaqil O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizmidagi o‘zaro uyg‘unlik jarayonini izohlang. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling