Shunday qilib


RM = CY + R va M = CY + DD


Download 15.91 Kb.
bet2/2
Sana22.06.2023
Hajmi15.91 Kb.
#1649410
1   2
Bog'liq
Pul bozoridagi muvozanat

RM = CY + R va M = CY + DD,

bu yerda, R – PDB larining PKBI laridagi depozitlari; DD – depozitlar; M – pul massasi.


Natijada, pul massasini pul bazasiga (zahira pullariga) nisbati sifatida pul multiplikatorini aniqlash mumkin:
Pul multiplikatori – bir birlik zahira puli hisobiga qancha pul yaratilishini ko‘rsatadi. Shunday qilib, pul massasining funksiyasini quyidagicha yozish mumkin:


M = mm*RM. (5.14)

Yuqoridagi formulani o‘zgarishlar ko‘rinishida quyidagicha yozish mumkin:


Mt = ∆mmt RMt-1 + mmt-1 ∆RMt . (5.15)


(5.14) va (5.15) formulalar pul massasining pul multiplikatori yoki zahiradagi pullarning o‘zgarishi hisobiga ko‘payishi mumkinligini ko‘rsatadi. Xususan, zahira pullarining belgilangan maqsadli ko‘rsatkichi o‘zgarmasdan qolib, pul multiplikatorining oshishi pul-kredit sharoitlarining bo‘shashganligidan dalolat beradi.


Pul multiplikatori (mm) majburiy zahira me’yori va umumiy pul massasidagi naqd pullar salmog‘i qanchalik kichik bo‘lsa, shunchalik katta bo‘ladi.
Pul multiplikatorining miqdori vaqt davomida doimiy bo‘lmasiligi, zahira pullari bilan pul massasi orasidagi bog‘liqliklarni oldindan belgilashda qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin. Pul multiplikatorining o‘zgarishi uch turdagi iqtisodiy sub’ektlarning faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu iqtisodiy sub’ektlar: majburiy zahiralar me’yorini belgilovchi PKBI; qancha ortiqcha zahira pullarini saqlash kerakligini belgilovchi tijorat banklari; va inflyatsiya, foiz stavkalar va boshqa ko‘rsatkichlarga asoslanib qancha pulni naqd ko‘rinishda va qancha pulni depozit shaklida saqlash kearkligini belgilovchi bank tizimiga mansub bo‘lmagan aholi.
Shunday qilib, pul massasining o‘zgarishiga zahira pullari va pul multiplikatirining o‘zgarishlari ta’sir qiladigan bo‘lsa, o‘z navbatida:
- zahira pullariga – sof xorijiy aktivlar, davlat boshqaruv idoralariga sof talablar, tijorat banklariga talablar va boshqa moddalar (sof);
- pul multiplikatoriga – talab qilib olinguncha depozitlar bo‘yicha majburiy zahiralar, muddatli depozitlar bo‘yicha majburiy zahiralar, ortiqcha zahiralar koeffitsienti, muddatli depozitlarning talab qilib olinguncha depozitlarga nisbati va naqd pullarning talab qilib olinguncha depozitlarga nisbati ta’sir ko‘rsatar ekan.
Banklar ssudalar berganda, ssuda oluvchilar iste’mol qobiliyatini sotib olishadi. Qarz oluvchilar o‘zlariga bank oldida qarz majburiyatini oladilar. Shu sababli ssuda qarz oluvchining sof kapital qiymatini oshirishga olib kelmaydi, chunki sof kapital qiymati aktivlar va majburiyatlarning farqi sifatida aniqlanadi. Boshqacha aytganda, qisman zahira tizimi orqali yaratiladigan pul aktivlarni emas, balki iqtisodiyotdagi likvidlik darajasini oshiradi.
Aholining pul massasiga ta’siri kuchli bo‘lganligi sababli, PKBI pul massasani to‘laqonli nazorat qila olmaydilar. Biroq, pul multiplikatori doimiy yoki uning o‘zgarishini oldindan aniqlash mumkin bo‘lgan holatlarda Markaziy bank belgilangan maqsadli pul massasi darajasiga erishish uchun, dastavval pul multiplikatorini baholashi, so‘ngra (5.15) tenglamasi yordamida zahira pullari miqdorini belgilashi lozim bo‘ladi.
Download 15.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling