Shvetsiyada taʼlim


Shveytsariya ta’limidagi asosiy mezonlar


Download 379.06 Kb.
bet4/4
Sana03.02.2023
Hajmi379.06 Kb.
#1148954
1   2   3   4
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Shveytsariya ta’limidagi asosiy mezonlar


Umumiy o‘rta ta’lim 30 / 10 / 2019

Shveytsariya — dunyoda sayyohlar eng ko‘p boradigan mamlakatlardan biri sanaladi. Ammo bu o‘lka chet elliklarni nafaqat betakror tabiati-yu purviqor tog‘lari, balki yuqori sifatli ta’lim tizimi bilan o‘ziga jalb qiladi. Hatto mamlakatdagi rivojlangan ta’lim tizimi xorijliklarni o‘ziga chorlovchi asosiy tashrif qog‘ozi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Kuzatuvlarga ko‘ra, jahonga mashhur siyosatchilar, davlat arboblari, yirik biznesmenlarning ko‘pchiligi Shveytsariyada ta’lim olgan. Hozir ham boy oilalar farzandlarining Shveytsariya o‘quv yurtlarida tahsil olishi urfda. Xo‘sh, bu mamlakatdagi ta’lim tizimi qanday jihatlari bilan dunyoda yetakchilik qilmoqda?

Avvalo, Shveytsariya ta’lim tizimi universalligi bilan jahonga mashhur. Ya’ni, u bir vaqtning o‘zida ingliz-amerika, fransuz va nemis maktablariga xos xususiyatlarni birlashtiradi. Bu tizim mamlakatda 4 ta rasmiy til — fransuz, nemis, italyan va retoromat tillarining amal qilishi natijasida shakllangan. Zamonaviy Shveytsariya 26 ta har biri mustaqil kichik ma’muriy hududiy bo‘linma va viloyatlarga bo‘lingani bois, mamlakatdagi boshlang‘ich va o‘rta maktablar kichik bo‘linmalarga, universitetlar esa federal hukumatga bo‘ysunadi. Shuningdek, Shveytsariya ta’limda mehmondo‘stlik modelini boshlab bergan birinchi davlat bo‘lib, uning maktab va universitetlari sayyohlik biznesining asosi hisoblanadi.

Shveytsariyalik bolalar 4—6 yoshda maktabgacha ta’lim muassasasi, 6—12 yoshda boshlang‘ich ta’lim, 12—16 yoshda o‘rta ta’lim va nihoyat, 18—22 yoshda oliy ta’limda tahsil oladi. Mamlakatda bolalarning maktabgacha ta’lim olishi majburiy. Shu bois, barcha ota-onalar farzandini muddatidan kechiktirmay davlat yoki xususiy bog‘chaga joylashtiradi. Maktabgacha ta’lim jarayoni hatto davlat bog‘chalarida ham pullik bo‘lib, hukumat zarur to‘lovning bir qisminigina to‘lab beradi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga odatdagidek matematika, o‘qish va yozish kabilar o‘qitilmaydi. Boisi, Shveytsariya hukumati bolaga ortiqcha yuklamalarni yuklash unda yaqinni ko‘ra olmaslik, skolioz belgilarini paydo qiladi, degan fikrda. Shuning uchun bog‘chalarda asosiy e’tibor bolalarning toza havoda o‘ynashi, so‘zlar, jumlalar, she’r va qo‘shiqlarni takrorlashiga qaratiladi. Bu tajriba bolaning yaxshi kayfiyatda, jismonan sog‘lom rivojlanishi, tili esa biyron bo‘lishiga xizmat qilar ekan.

Mamlakatda ta’limning birinchi bosqichi 6 yoshdan boshlansa-da, ayrim maktablarda iqtidorli bolalar 4 yoshdan qabul qilinadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari­ning ta’lim dasturida asosiy e’tibor bolaning bilimini rivojlantirish hamda chet tillarni o‘qitishga qaratiladi. Hukumat bola xorijiy tillarni o‘rganishni qancha erta boshlasa, unga moslashishi shuncha oson kechadi, deb hisoblaydi. Maktablarda har bir chet tilini o‘qitish bo‘yicha alohida xalqaro dasturlar mavjud bo‘lib, ularni tamomlagan o‘quvchilarga maxsus sertifikat beriladi.

Shveytsariya maktablari o‘quvchilarga ingliz-amerika, fransuz, nemis, shveytsar, italiyan ta’lim tizimidan istalgan birida o‘qish imkoniyatini taqdim etishi bilan ajralib turadi. Maktablarda darslar oliy o‘quv yurtlarida yuqori baholanadigan International Baccalaureate universal xalqaro dasturi asosida o‘tiladi. O‘qish davomida bolalarga mahalliy tildan tashqari, kamida yana 2 ta xorijiy til o‘rgatiladi. Yuqori sifatli ta’lim tizimi bilan jahonda yetakchilik qilayotgan Shveytsariya maktablarining barchasi o‘quvchilarni dunyoning istalgan oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirishga tayyorlash imkoniyatiga ega. Bu yerdagi bilim maskanlarida o‘g‘il-qizlarning yay­rab o‘qishi uchun barcha sharoit muhayyo. Maktablarda eng zamonaviy jihozlar, sport anjomlarini ko‘rasiz. O‘quvchilar qishda xokkey, snoubord, tog‘ chang‘i sport turlari, yozda esa tog‘larda yurish, kemada suzish, ot minish kabi qiziqarli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib, darslardan tashqari vaqtini maroqli o‘tkazadi.

Boshlang‘ich va o‘rta maktablar turli kichik ma’muriy bo‘linmalarga bo‘ysungani bois, barcha maktablar uchun yagona majburiy dastur mavjud emas. 26 ta bo‘linmaning har biri maktablarda o‘quvchilarni o‘z o‘quv rejasi asosida o‘qitadi. Matura deb nomlanuvchi Shveytsariya federal dasturi esa ayrim tanlangan maktablargagina tavsiya etiladi.

Xorijliklarning aksariyati farzandlari­ni Shveytsariyadagi xususiy maktablarda o‘qitadi. Ammo hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan davlat maktablari ham ta’lim sifati borasida xususiy maktablardan qolishmaydi. Shunchaki, davlat maktablari hududida bolalarning yashab o‘qishi uchun yotoqxonalar yo‘q. Shu bois, ularda xorijliklar, asosan, mamlakatda uzoq vaqt yashovchi diplomatlar, xalqaro tashkilotlar a’zolarining farzandlari tahsil oladi.

Ammo yashab-o‘qishga mo‘ljallangan xususiy maktab-pansionlarda o‘quvchilar uchun yotoqxonalar mavjud. Shveytsariyada 260 ta xususiy maktab bo‘lib, ular mamlakatning noyob “mahsuloti” hisoblanadi. Bu maktablar o‘zining sifatli ta’limi, yuqori darajadagi qulayligi, xavfsizligi, mashhurligi, va albatta, o‘qish pulining nihoyatda qimmatligi bilan nom chiqargan. Bu yerda oddiy oilalarning farzandlarini deyarli uchratmaysiz. Asosan Shveytsariya va fransuz bankirlari, arab shayxlari, Amerika diplomat va yirik biznesmenlari­ning farzandlari o‘qiydi.

Shveytsariyadagi birinchi xususiy maktabga XIX asrda Iogann Pestalossi, Mariya Montessori va Rudolf Shtayner kabi mashhur pedagoglarning g‘oyalari ta’sirida asos solingan. Hozirgacha maktablarda ular taklif etgan o‘qitish usullaridan foydalaniladi. Xususiy maktablar ilk davrlardayoq xalq tiliga tushgan bo‘lsa-da, I jahon urushidan keyingina xalqaro darajadagi mashhurlikka erishdi. O‘sha kezlari mamlakatda betaraflik tamoyili amal qilgani bois, bu yerga boshqa millat vakillari ko‘chib kela boshladi. Natijada maktablarda turli tillarda o‘qitish tizimi paydo bo‘ldi.

Bugun Shveytsariyadagi xususiy maktablarning aksariyati o‘zining katta hududiga ega bo‘lib, unda o‘quv binosi va yashash uchun qarorgohdan tashqari, sport maydonlari, usti yopiq sport komplekslari hamda boshqa ko‘ngilochar maskanlar yaratilgan. Bu yerda bolalar darslardan so‘ng ilmiy laboratoriyalarda qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borishi, bo‘sh vaqtida musiqa chalib, qo‘shiq aytishi, dramatik san’at turlari bilan mashg‘ul bo‘lishi mumkin. Mamlakatda ayniqsa, sportga katta e’tibor qaratiladi. Har bir maktabda futbol, regbi, kriket, tennis, chim ustida xokkey sport turlari uchun maxsus maydonlar ajratilgan. Shuningdek, bolalar bo‘sh vaqtini yanada mazmunli o‘tkazishi uchun maktablar tomonidan Italiya va Fransiyaga bepul ekskursiyalar ham tashkil etiladi.

Shveytsariyadagi maktablarda yashash ham ancha qulayligi bilan boshqa davlatlarnikidan ajralib turadi. Bu yerda har bir o‘quvchi alohida xonalarda yashaydi. 2 kishilik xonalarni kamdan-kam uchratish mumkin.

Xususiy maktablarning aksariyati tog‘ yonbag‘irlarida joylashgani bois, bir qarashda sihatgohni eslatadi. Aslida, har bir bolaga bo‘lgan alohida e’tibor hamda o‘quvchilarga beriladigan 5 mahal ovqat hech bir sanatoriynikidan qolishmaydi. Maktablar rahbariyati Shveytsariyaning go‘zal manzarasidan hamisha unumli foydalanadi. Bu yerda aksariyat darslar so‘lim tabiat bag‘rida o‘tiladi. Ayniqsa, amaliy fanlarni o‘tish uchun bu ayni muddao.

Shveytsariya maktablari o‘zaro raqobat asosida yanada rivojlanadi. Mamlakatdagi maktablar “Shveytsariyada xalqaro ta’lim” guruhiga kirish uchun bor kuchini ishga soladi. Chunki bu guruhdan ta’lim sifati yuqori bo‘lgan eng mashhur maktablargina o‘rin oladi.

Shveytsariyada 120 ta kollej bor. Ular­ning aksariyati tor mutaxassislikka yo‘naltirilganiga qaramay, yoshlarga professional ta’lim beradi. O‘qish muddati 3-4 yildan iborat bo‘lgan kollejlarda, asosan, ish faoliyatida zarur bo‘ladigan hisobchilik, kotibalik va mehmonxona ishlari o‘qitiladi. Kollejni tamomlaganlar ixtiyoriy tarzda o‘qishni oliy o‘quv yurtlarida davom ettirishi mumkin.

Shveytsariya oliy ta’limining eng kuchli jihati amaliyotga yo‘nalganligidir. Bu yerdagi davlat universitetlari aniq fanlar va huquq sohasida o‘qitish bo‘yicha mashhur. Shveytsariyadagi birinchi universitetga 1460-yili Bazelda asos solingan bo‘lib, bugun mamlakatda 12 ta davlat va bir qancha xususiy oliy o‘quv yurtlari mavjud.

Universitetda talabalar tanlagan fakultet va mutaxassisligiga ko‘ra 4-6 yil davomida tahsil oladi. Aytish joizki, Shveytsariyada boshqa Yevropa mamlakatlari va Ameri­kadagi kabi gigant universitetlar yo‘q. Mamlakatdagi eng katta universitet Syurixda bo‘lib, unda 20 ming talaba o‘qiydi. Qolgan universitetlarda esa talabalar soni undan bir necha barobar kam. Bu yerda bir qancha xalqaro xususiy universitetlarning filiallari ham mavjud. Ularni tamomlagan bitiruvchilarga litsenziat darajasi beriladi. U maqomiga ko‘ra magistr darajasiga teng. Doktorlik darajasini olish uchun esa yana 3 yil o‘qish kerak.

Shveytsariya xizmat ko‘rsatish sohasini ilm-fan darajasiga aylantira olgan yagona davlat sanaladi. Bu fanni hatto ma­gistr darajasigacha davom ettirish mumkin. Mamlakatda dunyodagi eng yaxshi mehmonxona menejmenti va turizm institutlari mavjud. Ularda turizm, boshqaruv, mehmonxona biznesida marketing va moliya, kurort va ko‘ngilochar komplekslarni boshqarish, spa-mehmonxonalarni rivojlantirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Sir emaski, mehmonxona biznesini boshqarish allaqachon istiqbolli va serdaromad sohalardan biriga aylangan. Shveytsariya esa mehmonxona biznesining markazi hisoblanadi. Bu yerda sayyohlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar muhayyo. Mamlakatning ajoyib iqlimi va so‘lim tabiatining o‘ziyoq xorijlik sayyohlar oqimining hamisha yuqori bo‘lishini ta’minlaydi.

Biznes sohasi rivojlangani bois, mamlakatda biznes-maktablar maqomi ham juda yuqori. Bu yerda abituriyentlarga 1 yillik o‘rta ta’lim dasturi MBA hamda 2 yildan 4 yilgacha davom etadigan bakalavr bosqichida o‘qish taklif etiladi.

Universitetlar o‘qish dasturiga har yili 4-6 oy davomida o‘tiladigan malaka oshirish ham kiritilgan bo‘lib, talaba amali­yot o‘tash uchun ish joyini Shveytsariya yoki boshqa Yevropa mamlakatlari orasidan tanlashi mumkin. Jarayonda yosh mutaxassislar ishga rasman qabul qilinadi va ularga yashash xarajatlarini qoplashga yetarli bo‘lgan oylik maosh to‘lanadi.

Shveytsariya universitetlariga o‘qishga topshirishdagi qoidalar oliy o‘quv yurtining qaysi ma’muriy bo‘linmada joylashgani va nomdorlik darajasiga ko‘ra belgilanadi. Xorijlik abituriyentlardan olinadigan yagona imtihon sentabr-oktabr oylarida o‘tkaziladi. Unda talabalikka nomzodlar uchta asosiy — chet tili, matematika va tarix hamda tanlov asosida ikkita qo‘shimcha fandan imtihon topshiradi.



Ammo universitetlarning tibbiyot fakultetlariga xorijlik talabalar deyarli qabul qilinmaydi. Chunki mamlakatda bu soha ancha ommalashgan bo‘lib, joylarni mahalliy talabalarning o‘zi band etishiga imkoniyat yaratilgan. Farmakologiya, fiziologiya va stomatologiya mutaxa­s­sisliklari uchun ajratilgan o‘rinlar ham faqat shveytsariyalik talabalarga beriladi. Aytgancha, Shveytsariyada abituriyentlarni baholashda aniq mezonlar mavjud emas va har bir oliy o‘quv yurti bu masalaning yechimini o‘zi hal etadi.
Download 379.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling