Щзбекистон республикаси фавыулодда


Ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnoma


Download 68.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana18.06.2023
Hajmi68.11 Kb.
#1597180
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
16 mavzu Mehnat xavfsizligiga dоir yо‘l yо‘riq о‘tkazish (2)

Ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnoma:
• Barcha ishchilar kirish yo‘riqnomasidan tashqari ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnomalarni ham 
bilishlari lozim. Ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnomadan maqsad - har bir ishchini to‘g‘ri va 
xavfsiz ish usullariga o‘rgatish hisoblanadi. Yo‘riqnomani o‘tkazish jarayonida ishchiga u 
ishlaydigan uskunada bajariladigan texnologik jarayon, uning harakat uzatish mexanizmlari
xavfli joylari, konstruktiv xususiyatlari, paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavflar, ishni xavfsiz 
bajarish usullari, ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish va shu kabi masalalar tushuniladi. 
• Yo‘riqnoma o‘tkazish ishchining bevosita rahbari bo‘lgan ustaga yuklatiladi. Ayrim hollarda bu 
yo‘riqnoma tegishli mutaxassislar (mexanik, energetik, texnolog) ishtirokida o‘tkaziladi. 
• Elektr xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazish bosh energetik zimmasiga yuklatiladi.
• Ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnoma ishni xavfsiz olib borish qoidalari asosida sex boshliqlari 
tomonidan tuzilgan va korxona bosh muhandisi tasdiqlagan dastur bo‘yicha olib boriladi. Bu 
yo‘riqnomalar ro’yxatini korxona bosh muhandisi kasaba uyushmasi raisi bilan birgalikda 
tasdiqlaydi. Ish joyida o‘tkaziladigan dastlabki yo‘riqnoma ishchini mustaqil ishlashga 
qo‘yishdan oldin yoki ish xarakteri o‘zgargan hollarda o‘tkaziladi. 
• Korxonaga ishga kirayotgan shaxs kasbiy malakasini malakali va tajribali ishchiga biriktirib 
qo‘yish orqali oshiradi. Bunday biriktirib qo‘yish sex boshlig‘ining vazifasi hisoblanadi. 
• Dastlabki yo‘riqnoma o‘tkazish yo‘riqnomalarni rasmiylashtirish jurnaliga yozib qo‘yish orqali 
mustahkamlanadi. Barcha ishchilar o‘ta xavfli ishlarni bajarishga vazifa olishlaridan avval 
javobgar rahbar tomonidan yo‘riqnoma olishlari va bu haqda jurnalga xavfsizlik choralari 
ko‘rsatilgan holda rasmiylashtirilishi kerak. 



Download 68.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling