Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish
Xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha
____ - son yo‘riqnoma
I. Kirish
1. Ushbu yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
tomonidan tasdiqlangan va 2000 yil 7 yanvarda Adliya vazirligida 870-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan
“Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqish to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq ishlab
chiqilgan.
Yo‘riqnoma 1-umumta’lim maktabi xodimlarining sog‘lig‘i va mehnati muhofaza qilinishini ta’minlashga
qaratilgan.
Mehnatni muhofaza qilish - bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning
mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihatsalomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan
ijtimoiyiktisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari
tizimidan iborat.
1.1. Har bir xodim, shu jumladan rahbarlar ishga qo‘yilishidan oldin mehnatni muhofaza qilish va ishni bexatar
olib borish bo‘yicha yo‘riqlardan o‘tkazilishi va ushbu haqida maxsus jurnalga qayd etilishi lozim.
1.2. Xodimlar o‘zlarining malakasi va ish stajidan qat’iy nazar, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik
texnikasi bo‘yicha ish joyida “Dastlabki” va har chorakda “Davriy” yo‘l-yo‘riq oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: