Щзбекистон республикаси фавыулодда
Navbatdan tashqari yo‘riqnoma
Download 68.11 Kb. Pdf ko'rish
|
16 mavzu Mehnat xavfsizligiga dоir yо‘l yо‘riq о‘tkazish (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishchilarni bilimini tekshirish.
- Davriy tekshiruv
Navbatdan tashqari yo‘riqnoma:
• texnologik jarayon o‘zgarganda, bir uskuna o‘rniga boshqa uskuna o‘rnatilganda va mehnat sharoiti o‘zgartirilganda; • sex bo‘limi yoki brigadada baxtsiz hodisa yoki avariya ro‘y berganda; • ishlarni xavfsiz bajarish bo‘yicha yangi qoida va yo‘riqnomalarni ishchilar diqqatiga yetkazish zarurati tug‘ilgan hollarda; • ishlab chiqarish intizomi qoida va yo‘riqnomalarni talablari buzilishi aniqlangan hollarda. • Navbatdan tashqari yo‘riqnomada dastlabki yo‘riqnomaning shu yo‘riqnoma o‘tilishiga sabab bo‘lgan qismigina ko‘rib chiqiladi. • Bu yo‘riqnoma ham dastlabki va davriy yo‘riqnoma singari bevosita rahbar (usta) tomonidan o‘tkaziladi va jurnalga yozib rasmiylashtiriladi va sababi ko‘rsatiladi. Ishchilarni bilimini tekshirish. • Dastlabki yo‘riqnomadan va malaka oshirishdan keyin (mustaqil ishlashga ruxsat berishdan yoki boshqa ishga o‘tkazishdan avval) ishchilarning xavfsiz ishlash usullari bo‘yicha bilimlarini tekshirish kerak bo‘ladi. Buning uchun korxona ma’muriyati tomonidan maxsus komissiya tuziladi va unga rais qilib sex boshliqlaridan biri belgilanadi. • Ishchiga dastlabki tekshiruvdan keyin ma’lum nusxada rasmiylashtirilgan shahodatnoma beriladi. • Bilimlarni tekshirish yo‘riqnoma dasturi asosida sex boshliqlari tomonidan tuzilgan savollar yuzasidan o‘tkazilib, dastlabki, davriy va navbatdan tashqari turlarga bo‘linadi. • Davriy tekshiruvdan ishchilarning bilimlarini maxsus tartibda tekshirib turiladi. Bu tartib jadvali usta tomonidan tuziladi va sex boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi. • Navbatdan tashqari tekshiruv texnologik jarayon o‘zgarganda, yangi mexanizm va uskunalar o‘rnatilganda, yangi qoida, yo‘riqnomalar tadbiq qilingan hollarda hamda qoida yo‘riqnomalar bo‘yicha bilim yetarli bo‘lmagan hollarda davlat nazorat tashkilotlari, korxona rahbarlari talabi bilan o‘tkaziladi. • Bilimlarni tekshirish natijalari jurnalga qayd qilinadi va ishchining shahadotnomasiga yozib qo‘yiladi. Ishchining bilimiga baho qo‘yishdan (yaxshi, qoniqarli, qoniqarsiz) tashqari uni mustaqil ishlashga ruxsat berish haqida jurnalga ham qayd qilishi kerak. • Agar tekshiruv paytida ishchi bilimining qoniqarsizligi aniqlansa unga mustaqil ishlashga ruxsat berilmaydi va ikki haftadan oshmagan muddat ichida qayta tekshiruvdan o‘tishi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling