Щзбекистон республикаси фавыулодда


III. Ish boshlashdan oldin amal qiladigan xavfsizlik talablari


Download 68.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana18.06.2023
Hajmi68.11 Kb.
#1597180
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
16 mavzu Mehnat xavfsizligiga dоir yо‘l yо‘riq о‘tkazish (2)

III. Ish boshlashdan oldin amal qiladigan xavfsizlik talablari
3.1. Ish boshlashdan oldin xodim o‘z ish joyini tekshirib, uni yetarli darajada yoritilganligi va narsalar bilan
to‘sib qo‘yilmaganligiga ishonch hosil qilish zarur.
3.2. Elektr tarmog‘iga ulangan rozetka, vklyuchatellar sozligini, kompyuterni elektr ta’minoti tarmog‘iga
himoyalangan elektr uzaytirgich orqali ulanganligini tekshirish lozim.
3.3. Yong‘inga qarshi vositalarning mavjudligi va sozligini tekshirish kerak.


IV. Ish vaqtida amal qiladigan xavfsizlik talablari
4.1. Ish jarayonida xodim barcha xavfsizlik talablariga rioya qilishi shart.
4.2. Ishchi o‘rinlarini toza va ozoda saqlashi lozim.
4.3. Kompyuter va nusha ko‘paytirish uskunalari o‘rnatilgan xonalardagi pol, stollar har kuni xo‘l latta
bilan artib turilishiga e’tibor berishi kerak.
4.4. Jihozlarning soz, ish holatida bo‘lishi ustidan nazorat olib borishi, harakatdagi mexanizm va
texnikalarning harakatlanuvchi joylariga, kuchlanishdagi elektr simlarga tegmasligi lozim.
4.5. Ish jarayonida ehtiyotkor bo‘lishi, notanish bo‘lgan uskuna va texnik vositalarni texnik yo‘riqnomasi
bilan tanishmasdan, ularni ishlatmaslik kerak.
4.6. O‘zini yomon his qilganda ishni to‘xtatishi, ish o‘rnini xavfsiz holatga keltirishi, rahbariyatni ogoh
qilishi va shifokorga murojaat qilishi kerak.
4.7. Xonalarda kompyuterlar shunday joylashtirilishi kerakki, monitorning orqa va yon taraflariga
xodimlar 0,5 metrdan yaqin masofaga kelishiga yo‘l qo‘yilmaslik lozim.
4.8. Kompyuter texnikasida ishlashda quyidagi xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish kerak: - stulning
balandligi unda o‘tirib ishlovchiga shunday moslashtirilishi kerakki, uning ko‘zlari monitor ekranining
yuqori qismiga to‘g‘ri kelsin; - monitor bilan operator ko‘zlari orasidagi masofa 60-70 sm bo‘lishi kerak; -
kompyuterda uzoq muddat ishlash natijasida bosh aylanishi, ko‘ngil ozishini oldini olish maqsadida har
soatda 10-15 daqiqa dam olish kerak, bunda monitor qarshisida o‘tirmaslik tavsiya etiladi; -
kompyuterda ishlayotganda bukchaymasdan, oldinga salgina engashgan holda to‘g‘ri o‘tirish hamda
tirsak va tizzalarning bukilish burchaklari kattaligi 90 gradusdan kam bo‘lmasligi kerak; - kompyuterdan
odatdagidan tashqari ovoz chiqsa, kuygan hid sezilsa yoki o‘zo‘zidan o‘chib qolsa, elektr rozetkadan uzib,
“Texnik xizmat ko‘rsatish” muhandislariga zudlik bilan murojaat qilish lozim; - kuchlanish o‘zgarib tursa
yoki elektr toki o‘chib qolsa, kompyuterni tarmoqdan uzib qo‘yish lozim.
4.9. Kompyuterlarda ishlash vaqtida quydagilar qat’iyan man etiladi: - kompyuterda ishlash qoidalari
bilan tanishmasdan ishlash; - kompyuterni birikturuvchi kabellarning o‘rnini o‘zgartirish; - monitor,
protsessor va klaviaturaning ichini ochish; - protsessorni o‘chirgandan keyin darhol uni qayta yoqish
(qayta yoqish uchun kamida 3 daqiqa kutish lozim); - nam kiyim yoki kir va xo‘l qo‘llar bilan ishlash; -
kompyuter yoqilmagan bo‘lsa, klaviatura tugmalarini bosish; - kompyuter texnikasi joylashgan
xonalarda ovqatlanish.



Download 68.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling