Щзбекистон республикаси фавыулодда


Download 68.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana18.06.2023
Hajmi68.11 Kb.
#1597180
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
16 mavzu Mehnat xavfsizligiga dоir yо‘l yо‘riq о‘tkazish (2)



MIRZO ULUGBEK NOMIDAGI 
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
O‘QISH–BILISHGA, BILISH-OGOHLIKKA, OGOHLIK–TO‘G‘RI
HARAKATGA, TO‘G‘RI HARAKAT-XAVFSIZLIKKA OIB KELADI.
(Ogyust Kont)


16-mavzu. Mehnat xavfsizligiga dоir yо‘l-yо‘riq
о‘tkazish
Reja:
1. Xоdimlarga mehnatni muhоfaza qilish bо‘yicha yо‘l-yо‘riqlar berish va
ularni о‘qitish.
2. Kirish yо‘riqnоmasi va uning dasturi:
3. Ish jоylarida о‘tkaziladigan yо‘riqnоma va uning dasturi.
4. Davriy va navbatdan tashqari yо‘riqnоma.
5. Mehnat muhоfazasi bо‘yicha yо‘riqnоmalarni ishlab chiqish


O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish 
to‘g‘risida”gi qonuni 25-modda - “Xodimlarga mehnatni 
muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berish va ularni o‘qitish”
• Ish beruvchi barcha yangi ishga kirayotgan, shuningdek boshqa ishga
o‘tkazilayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar
berishi, ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullarini hamda baxtsiz
hodisalardan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishga o‘qitishni tashkil etishi shart.
• Xavfliligi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarishga ishga kirayotgan yoki kasbiy tanlov
talab etiladigan ishga kirayotgan xodimlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz
uslublari va usullariga dastlabki tarzda tayyorlash, kasb bo‘yicha imtihonlar
topshirgan holda bir oy mobaynida stajirovka va so‘ngra mehnatni muhofaza qilish
masalalari bo‘yicha davriy attestatsiya o‘tkaziladi.
• Tashkilotlarning xodimlari, shu jumladan rahbarlari o‘z kasblari va ish turlari
uchun mehnatni muhofaza qilishning davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat
organlari tomonidan belgilangan tartibda hamda muddatlarda mehnatni muhofaza
qilish masalalari bo‘yicha o‘quvdan o‘tishi, yo‘l-yo‘riqlar olishi, bilimlari
tekshirilishi va attestatsiyadan o‘tishi kerak.
• Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan tartibda o‘quvdan o‘tmagan, yo‘l-
yo‘riqlar olmagan va bilimlari tekshirilmagan shaxslarni ishga qo‘yish taqiqlanadi.



Download 68.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling