Щзбекистон республикаси олий ва щрта махсус таълим вазирлиги тошкент автомобил-йщллар институти


Download 472.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana25.10.2023
Hajmi472.52 Kb.
#1719413
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari

 
Hisobot tarkibi: 
1.Hisob varaqasi to’ldiriladi.
2.Xatolikni hisoblash jadvallari to’ldiriladi. 
3.Xulosa. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



LABORATORIYa IShI №2 
 
MavzuTransport vositalarining oniy tezligini mavjud ko’cha sharoitida 
aniqlash va tahlil qilish
Ishning maqsadi. Mavjud ko’chaning to’g’ri qismida transport vositalarining oniy
harakat tezligini o’lchash. 
Topshiriq. Jami 120 tadan kam bo’lmagan miqdorda yengil avtomobillarning oniy
tezligini aniqlash va statistik usuli yordamida tahlil qilish. 
Ishni bajarish joyi. Laboratoriya ishi, institut yaqinida joylashgan A.Temur va
Shahrisabz ko’chalarida o’tkaziladi. 
Ishlatiladigan asbob uskunalar. Sekundomer va uzunlik o’lchovchi tasma. 
 
Uslubiy ko’rsatmalar 
 
Transport vositalarining harakat tezligini sekundomer bilan o’lchash uchun 
yo’lning chorraha va to’g’ri qismlarida ma’lum bir masofa belgilab olinadi. Asosan 
o’lchov masofasining uzunligi 50 m.dan (harakat tezligi kichik bo’lgan joylarda) - 
150 metrgacha (harakat tezligi yuqori bo’lgan joylarda) belgilanadi. Transport 
vositalarining kirish va chiqish vaqtini aniq belgilash uchun yo’l yoqasiga oq-qora 
rangli bo’yoq bilan bo’yalgan ishora tayog’i o’rnatiladi yoki yo’lning qatnov qismiga 
ko’ndalang belgi chiziqlari tushiriladi. Kuzatuvchilar (talabalar) harakat tezligini 
o’lchash uchun auditoriyaning derazalari oldida real ko’cha sharoitida o’tayotgan 
transport vositalarini yoki maxsus o’rnatilgan kamera yordamida televizor ekraniga 
uzatilayotgan, shuningdek avvaldan olib qo’yilgan videolavhalardagi transport 
vositalarining tezligini sekundomer yordamida aniqlaydilar. Kuzatuv natijalarini 
oldindan tayyorlangan jadvalga yozib boradi. Kuzatuvchi transport vositasining oldi 
bamperi o’lchov chizig’iga kirganda daqiqa o’lchagichni ishga tushiradi va o’lchov 
masofasidan chiqishda uni to’xtatadi. 



Tezlikni o’lchashdan olingan qiymatlar 3-jadvalga yoziladi. Harakat tezligi 
to’g’risidagi natijalar matematik statistika usuli yordamida qayta ishlanadi. Olingan 
natijalarni statistik qayta ishlash misoli 4-jadvalda ko’rsatilgan. Statistik tahlilning 
birinchi bosqichi bir-biriga eng yaqin qiymatlarni turkumlarga birlashtirishdan iborat. 
4-jadval qiymatlaridan foydalanib taqsimot egriligi va jamlangan taqsimot egrilik 
grafiklari quriladi. 
3-jadval 

Download 472.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling