Xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab kabi so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar qo‘shib yoziladi: qabulxona, tabriknoma, taklifnoma, bedapoya, xushxabar, hamsuhbat.
SIFATNING TUZILISHIGA KO’RA TURLARI
O‘zaro yaqin yoki zid ma’noli ikki asosning juft kelishidan hosil bo‘lgan sifat juft sifat hisoblanadi. Juft sifat qismlari chiziqcha bilan yoziladi: Qing‘ir-qiyshiq, g‘adir-budur, egri-bugri, katta-kichik, yengil-yelpi, mayda-chuyda, eski-tuski, uzuq-yuluq, qora-qura.
ESDA TUTING. Juft sifat qismlari -u, -yu vositasida bog‘lansa, ular ajratib yoziladi: yakka-yu yagona.
Bir asosning aynan takrorlanishidan hosil bo‘lgan sifat takroriy sifat sanaladi: katta-katta, yangi-yangi, mayda-mayda, qiziq-qiziq, lo‘ppi-lo‘ppi, lo‘nda-lo‘nda,
oppoq-oppoq, shirin-shirin, achchiq-achchiq, chaqqon-chaqqon, shoʻx-shoʻx, yirik-yirik. Takroriy sifatlar belgini ta’kidlab, kuchaytirib ifodalaydi. Takroriy sifat qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
ASLIY VA NISBIY SIFATLAR
Belgini to‘g‘ridan to‘g‘ri ifodalaydigan va uni darajalab ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan sifatlar asliy sifatlar deyiladi: go‘zal, chiroyli, shirin, oq,
aqlli, yuzaki. Bunday sifatlar -roq qo‘shimchasini qabul qiladi.
M-n:aqlli-aqlliroq, chiroyli –chiroyliroq.
Berilgan so‘zlarni eng, juda, sal so‘zlari bilan birika oladigan va birika olmaydigan guruhlarga ajrating.
Qora, qizil, qishki, soyaki, xushbichim, do‘ppili, beor, serg‘alva, devsifat, devoriy.
Belgini to‘g‘ridan to‘g‘ri emas, balki boshqa bir tushunchaga nisbatlagan holda ifodalaydigan va daraja ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmagan sifatlar nisbiy sifatlar deyiladi: qishki, ko‘chma, derazali, devoriy, ro‘molli, sermeva, erksevar, paxtali, tonggi, so‘nggi, kuzgi, chillaki, yuzaki. Bunday sifatlar -roq qo‘shimchasini qabul qilmaydi.
Nisbiy sifatlar: iroqi, oilaviy, sharsimon, koʻchma, derazali, qishki, devoriy.
Nisbiy sifatlar odatda, otlashmaydi, lekin ba’zan otlashishi ham mumkin: kuzgi bugʻdoy – bugʻdoyning kuzgisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |