Sifat va sifat menejmenti tizimi tushunchalari


Sifatni oshirishning ahamiyati


Download 17.48 Kb.
bet4/4
Sana16.06.2023
Hajmi17.48 Kb.
#1489790
1   2   3   4
Bog'liq
20-mavzu sifat menejmenti

Sifatni oshirishning ahamiyati
ГОСТ 15467-79 “Mahsulot sifatini boshqarish. Asosiy tushunchalar. Atama va tariflar” ga muvofiq sifat deyilganda mahsulot xossalarining majmui tushuniladi, bu xossalar mahsulot qanday maqsadlarga mo'ljallanganligiga muvofiq ravishda uning muayyan ehtiyojlami qondirishga yaroqliligini ta’minlaydi.
Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotning (ISO 8402-94 standarti) talqin etishiga ko‘ra sifat - mahsulot yoki xizmatlaming xossalari va tavsiflarining majmui bo‘lib, ular ushbu mahsulot yoki xizmatlarga ular qondirishi shart bo'lgan yoki kutilayotgan ehtiyojlami qondirish qobiliyatini baxshida etadi.
Mahsulot sifatining mohiyatini yanada to‘laroq tavsiflash uchun u bilan bog‘liq quyidagi tushunchalarni aniqlash zarur: mahsulotning texnik darajasi; sifat halqasi; sifat ko'rsatkichlari; tovarning raqobatbardoshligi.
Mahsulotning texnik darajasi - mahsulot sifatining nisbiy tavsifi bo'lib, baholanayotgan mahsulotning texnik jihatdan mukammalligini tavsiflovchi ko'rsatkichlaming qiymatlarini tegishli bazaviy ko'rsatkichlaming qiymatlari bilan solishtirishga asoslangan. Mahsulotning texnik darajasi mahsulot sifatining tarkibiy qismi hisoblanadi, turli ko'rsatkichlarda aks ettiriladi va original konstruktorlik yechimlami qo'llash, yangi material lardan foydalanish, ishlab chiqarishning ilg'or texnologik jarayonlarini joriy etish va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini nazorat qilish natijasida oshiriladi.
Sifat halqasi - mahsulotning hayot sikli, sifatni boshqarishni amalga oshiradigan quyidagi bosqichlami o'z ichiga oladi: marketing, bozorni izlash va o'rganish, texnik talablarni loyihalash va ishlab chiqish, mahsulotni ishlab chiqish, moddiy-texnika ta'minoti, ishlab chiqarish jarayonlarini tayyorlash va ishlab chiqish, nazorat, sinovlar va qabul qilish, joylash va saqlash, mahsulotni taqsimlash va sotish, montaj va ishlatish, texnik va kafolatli xizmat ko'rsatish, utillashtirish.
Sifat ko'rsatkichlari - mahsulot ko'rsatkichlarining o'zaro bog'liq majmui bo'lib, uning qanday maqsadlarga mo'ljallanganligi, ishonchliligi, texnologikligi, standartlashtirish va unifikatsiyalash darajasi, estetik, ergonomik, ekologik xossalari, patent-huquqiy jihatlari, tashishga yaroqliligi, xavfsizligi va iqtisodiy parametrlarini tavsiflaydi.
Tovarning raqobatbardoshligi - buyumning sifati va qiymatining tavsiflari ushbu bozorning talablariga va iste’molchilaming baholariga yuqori darajada muvofiqligi tufayli uning xuddi shu turdagi va ayni shunday maqsadlarga mo‘ljallangan boshqa buyumlarga nisbatan iste’mol uchun ancha o‘ziga tortadigan bo‘lish qobiliyati.
Download 17.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling