Sifat va sifat menejmenti tizimi tushunchalari


Sifatni boshqarish raqobatchDikda korxona muvaffaqiyat qozonishining omili sifatida


Download 17.48 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi17.48 Kb.
#1489790
1   2   3   4
Bog'liq
20-mavzu sifat menejmenti

Sifatni boshqarish raqobatchDikda korxona muvaffaqiyat qozonishining omili sifatida
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatiga tubdan boshqacha talablami qo'yadi. Bu hozirgi vaqtda har qanday firmaning yashab qolishi, tovar va xizmatlar bozoridagi barqaror holati uning raqobatbardoshlik darajasiga ko‘ra belgilanishi bilan bog'liq. O'z navbatida, raqobatbardoshlik ikkita ko'rsatkich - mahsulot narxining darajasi va sifatining darajasiga bog'liq bo'lib, bunda ikkinchi ko'rsatkich o'z ahamiyatiga ko'ra mehnat unumdorligi, resurslaming barcha turlarini tejash ko'rsatkichlaridan o'zib ketib, asta-sekin birinchi o'ringa chiqmoqda. Sifat raqobatbardoshlik omili sifatida butun milliy iqtisodiyotga tarqaladi. U resurslardan oqilona foydalanishga yordam beradi. Bundan tashqari, mahsulot sifati - bu korxona faoliyatining muhim ko'rsatkichi.
Mahsulot sifatini oshirish - jahondagi barcha yetakchi firmalar uchun xos bo'lgan ish yo'nalishidir.
Raqobatbardoshlik - raqobatga bardosh berish, unga qarshi tura olish qobiliyati. Bunda “raqobatbardoshlik” tushunchasi ham tovarlar (xizmatlar), ham korxonalar, firmalar va boshqa tashkilotlarga nisbatan qo'llaniladi.
Ishlab chiqaruvchining raqobatbardoshligi - bu uninham mahsulotning sifat tavsiflariga, ham boshqa ishlab chiqaruvchi-raqobatchilarga nisbatan olib boradigan aniq maqsadga yo'naltirilgan faoliyati hisobiga sotish bozorlarini saqlab qolish va kengaytirish qobiliyati. Yangi sotish bozorlariga chiqish, tashkiliy tuzilmani qayta tuzish, modifikatsiyalash va mahsulotning yangi 13 turlarini o‘zlashtirish, uni ishlab chiqarish hajmlarini o'zgartirish, asosiy ishlab chiqarish jamg‘armalarini almashtirish, xo‘jalik aloqalarini va marketing siyosatini o‘zgartirish bilan bog‘liq barcha yechimlar korxonaning raqobatbardoshligini ta’minlashga bo‘ysundirilgan.
Tovar va korxonaning raqobatbardoshligi toifalari o‘zaro uzyiy bog‘liq bo‘lishi bilan birga, muhim farqlarga ham egadir:
1) mahsulotning raqobatbardoshligi tovaming hayot sikliga mos vaqt oralig‘ida baholanadi va tadqiq etiladi, korxona raqobatbardoshligini tadqiq etish asosida esa korxona faoliyat ko‘rsatib turadigan davrga mos bo‘lgan ancha uzoq vaqt yotadi;
2) mahsulotning raqobatbardoshligi uning har bir turiga nisbatan ко‘rib chiqiladi, korxona raqobatbardoshligi esa ishlab chiqariladigan mahsulotning barcha o‘zgaruvchi nomenklaturasilii va uning ishlab chiqarish-texnik salohiyatini qamrab oladi;
3) korxonaning raqobatbardoshlik darajasi uning o‘zi tbmonidan tahlil qilinadi, tovaming raqobatbardoshligini baholash esa iste’molchining alohida huquqi. 0 ‘z strukturasiga ko‘ra korxonaning raqobatbardoshligi mahsulotning raqobatbardoshligidan ancha murakkab, chunki uning obyekti - korxonaning butun ishlab chiqarish-iqtisodiy faoliyati.

Download 17.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling