Sifatlarning yasalishi Reja
Download 20.12 Kb.
|
Sifatlarning yasalishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Orttirma daraja.
Sifat darajalari
Predmetdagi belgini boshqa predmetdagi xuddi shunday belgiga nisbatlab farqlash hodisasi sifat darajalari deyiladi. Sifat darajalari predmetdagi bir xil belgini bir-biriga chog'ishtirish, solishtirish asosida yuzaga keladi. Sifatlarda uch xil daraja mavjud: oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja. Predmet belgisi boshqa predmetdagi xuddi shunday belgiga qiyoslanmasa oddiy daraja deyiladi: katta, uzun, keng, epchil.Predmet belgisini boshqa predmetdagi shunday belgiga qiyoslanishidan qiyosiy va orttirma daraja sifatlari vujudga keladi. Qiyosiy daraja. Predmet belgisini boshqa predmetdagi shunday belgidan ortiq yoki kamligini bildiradigan daraja qiyosiy daraja deyiladi. Qiyosiy daraja sifatlarga -roq qo'shimchasini qo'shish bilan shakllanib: a) belgini oddiy darajadagi sifatlarga nisbatan ham kamligini ifodalaydi. Masalan, bu yo'l,narigi yo'lga nisbatan qisqaroq, bu uy narigi uyga nisbatan pastroq; b) belgini ortiqligini ifodalaydi. Bu o'zidan ham ko'ra Saidiyga qattiqroq ta'sir qildi. (A.Q.) Havo musaffo bo'lgani uchun pastda yoqilayotgan olovning tutuni odatdagidan tiniqroq ko'rindi. (P. Q.) Belgini yanada ortiqligini ko'rsatishda - roq qo'shimchali sifatdan oldin yana ham so'zlari keltiriladi. Nigora bu sehrli manzarada, oydinda yana ham sirliroq tuyilgan ko'hna qo'rg'onga tikilib uzoqroq turdi. (O Yo.) Orttirma daraja. Predmet belgisini boshqa predmetdagi xuddi shunday belgidan juda ko'p ekanligini ifodalaydigan daraja orttirma daraja deyiladi. Orttirma daraja oddiy daraja sifatlaridan oldin eng, juda, g'oyat, g'oyatda, nihoyatda, benihoyat so'zlarini keltirsh bilan hosil bo'ladi. Qiyosiy daraja sifatlar morfologik usul bilan, orttirma daraja sifatlar esa sintaktik usul bilan hosil bo'ladi. Download 20.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling