Sifatlarning yasalishi Reja


Download 20.12 Kb.
bet4/7
Sana17.10.2023
Hajmi20.12 Kb.
#1706644
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sifatlarning yasalishi

Sifatlarning yasalishi 
Boshqa so'z turkumlari singari sifatlar ham asosan morfologik va sintaktik
usullar bilan yasaladi. Morfologik usul bilan sifat yasash eng sermahsul usuldir. So'z
o'zak, negiziga maxsus sifat yasovchi qo'shimchalar qo'shish orqali yangi sifatlar
yasalishi morfologik usul bilan sifat yasalishi deyiladi. O'zbek tilida sifat yasovchi
qo'shimchalar boshqa turkumlardan farqli ravishda o'zakdan oldin va o'zakdan keyin
qo'shilgan holda ham sifat yasaydi. O'zakdan oldin qo'shilib sifat yasovchi
qo'shimchalar tojik tilining ta'siri natijasida yuzaga kelgan.O'zakdan oldin qo'shilib
sifat yasovchi qo'shimchalar: 1. -ser. Ot turkumidagi so'zlarga qo'shilib negiz orqali
ifbdalangan predmetning ko'pligini ortiqligini bildiruvchi sifat yasaydi: sersuv,
serdaromad, sergap kabi.
2.
-be: Otlarga qo'shilib negiz orqali ifodalangan predmetgaega emaslikni
bildiruvchi sifat yasaydi: beor, benomus, betayin,bebaxt.
3.
-ba: Otlarga qo'shilib negiz orqali ifodalangan predmetningortiq ekanligini
bildiruvchi
sifat
yasaydi:
badavlat,
basavlat,baquvvat.
4. -no:Ot va sifat o'zaklarga qo'shilib, negiz orqaliifodalangan predmetning
yo'qligini, mavjud emasliginibildiruvchi sifat yasaydi: nohaq, noinsof, noloyiq,
noqulay
kabi
5. -bad: Ot negizlarga qo'shilib. salbiy belgi bildiruvchi sifatyasaydi: badbashara,
badxulq.
O'zakdan
keyin
qo'shilib
sifatyasovchi
qo'shimchalar:
1. -li qo'shimchasi. O'zbek tilidagf sifat yasovchi eng mahsuldorqo'shimcha bo'lib,
asosan ot, qisman sifatdosh va ravishdoshlargaqo'shilib sifat yasaydi.
1.
o'zakdan anglashilgan ma'noda ega ekanlikni ifodalovchisifat yasaydi: aqlli
yigit, mevali bog', bilimli talaba.
2.
-r(-ar) qo'shimchali sifatdosh shakliga qo'shilib. undananglashilgan belgiga
ega ekanligini ifodalovchi sifat yasaydi:tushunarli kitob, qiziqarli suhbat.

3.
-sh (-ish) qo'shimchali ravishdoshga qo'shilib o'zakdananglashilgan ish-


harakatga ega ekanlikni bildiruvchi sifat yasaydi:borishli, kelishli o'qimishli kabi.
2.
-siz: ot negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalanganpredmetga ega emaslik
ma'nosidagi sifatlar yasaydi: suvsiz, ishsiz,mazasiz, kuchsiz kabi.
3.
-chan: ot, harakat norni va ravishdoshlarga qo'shilib, negizorqali ifodalangan
ma'noning ortiqligini bildiruvchi, sifatlar yasaydi:qiziquvchan, talabchan.
4.
-chil: ot negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalangan predmetbelgisini ortiq
ekanligini bildiruvchi sifatlar yasaydi: epchil,dardchil.
5.
-aki: ot va sifat negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalanganpredmet
belgisining soxtaligini bildiravchi sifatlar yasaydi:qalbaki,zo'raki, yuzaki.
6.
-ag'on: fe'l negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalanganpredmet ma'nosiga
ega ekanlikni bildiruvchi sifatlar yasaydi:bilag'on, topag'on.
7.
-mon (-man): Bu qo'shimcha bilan belgini ortiq ekanliginiifodalovchi sifatlar
yasaladi. -mon qo'shimchali sifatlar -ag'onqo'shimchali sifatlarga sinonimdir:
bilarmon, toparmon, bilag'on,topag'on
8.
-ma: fe'l negizlarga qo'shilib negiz orqali ifodalanganharakatning natijasida
hosil bo'lgan belgini ifodalovchi sifatlaryasaydi: qaynatma sho'rva, qovurma go'sht,
yasama tish,uydirma gap.
9.
- in: ot, va fe'llarga qo'shilib sifatlar yasaydi: erkin odam,tekin daromad, to'kin
kuz.
10.
-parvar: ot negizlarga qo'shilib negiz orqali ifodalanganpredmet ma'nosi bilan
bog'liqlikni ifodalovchi sifatlar yasaydi:vatanparvar, adolatparvar, xalqparvar.
11.
-parast: ot negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalanganpredmet ma'nosiga
moyillikni bildiruvchi sifatlar yasaydi:mansabparast, shuhratparast, uyquparast.
12.
-xo'r: ot negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalanganpredmetni yaxshi
ko'ruvchi, uni xushlovchi ma'nosidagi sifatlaryasaydi: oshxo'r, go'shtxo'r. Bu
qo'shimcha orqali yasalgansifatlar ko'chma ma'nolarda ham ishlatiladi: odamxo'r,
g'amxo'r,qonxo'r, nonxo'r("hech ish qilmaydigan kishi'' ma'nosida) kabi.

13.
- mang: ot negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalanganpredmet ma'nosining


ortiq ekanligini bildiruvclii sifatlar yasaydi:davlatmand, hunarmand kabi.
14.
-don: Ot negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalanganpredmet ma'nosining
ortiqligini bildiruvchi sifatlar yasaydi:bilimdon, gapdon,
15.
-dor: ot negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalanganpredmet ma'nosining
ortiqligini bildiruvchi sifatlar yasaydi: bo'ydor,etdor, puldor, moldor.
16.
-dek, -day: ot negizlarga qo'shilib, negiz orqali ifodalangan predmetga
o'xshashlik ma'nosini bildiruvchi sifatlar yasaydi:asalday qovun, gulday qiz,
tog'dayyelka
kabi.
17. -k, -q, -ik, -iq, -uk, -uq, -oq, -ak: fe'l negizlarga qo'shilib.negiz orqali
ifodalangan harakat yoki holatining natijasini bildiruvchisifatlar yasaydi: kemtik, 

Download 20.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling