Sigirlarni sog‘ish va sutga dastlabki ishlov berishni mexanizatsiyalash


SUTGA DASTLABKI ISHLOV BERISHNI MEXANIZATSIYALASH. SOVITISH QURILMALARI


Download 1.37 Mb.
bet3/4
Sana22.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1646478
1   2   3   4
Bog'liq
Sigirlarni sog‘ish va sutga dastlabki ishlov berishni mexanizatsiyalash

2. SUTGA DASTLABKI ISHLOV BERISHNI MEXANIZATSIYALASH. SOVITISH QURILMALARI


Sutga dastlabki ishlov berishning ahamiyati va texnologiyasi. Sut-biologik suyuqlik, sut emizuvchi hayvonlarning fazali polidispers aralashmadan iborat bo‘lgan sut bezi sekreti. U dispersion muhit-plazmadan (unda mineral tuzlar va sutdagi qand moddasi erigan holda bo‘ladi), koloid fazadan (oqsillar va tuzlarning bir qismidan) hamda mayda dispersion fazadan (oqsil-liðoid qobiq bilan o‘ralgan sharchalar ko‘rinishdagi sut yog‘idan) iborat. Sutda o‘rtacha 3,8% yog‘, 3,3% oqsil, 87,5% suv, 4,7% laktoza (sut qandi), 0,7% mineral moddalar bor. Sutda vitaminlar, gormonlar, fermentlar, limon va sut kislotalari ham bo‘ladi.
Sut sovitish qurilmasi. Yangi sutni qanchalik uzoq vaqt saqlashga to‘g‘ri kelsa, atrofdagi muhitning temperaturasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uni sovitish temperaturasi shunchalik past bo‘lishi kerak. Yozda sut 2—4°C gacha, qishda esa 8°C gacha sovitiladi. Sutni sovitish uchun buloqlar, artezian quduqlarining sovuq suvidan foydalaniladi.
Sutni past temperaturagacha sovitish mashinalari yoki frigatorlardan hosil qilinadigan sun’iy sovuq hisobiga sovitiladi. Sutni sovitish uchun eng oddiy qurilma bo‘lib suvi almashinib turadigan yoki muz-suv aralashmali hovuz yoxud vanna xizmat qiladi, ularning ichiga suv yoki qaymoq to‘ldirilgan flagalar va quloqli katta yog‘och chelaklar botirib qo‘yiladi.
Maxsus apparatlarda-sut sovitgichlarda sut sovitish jarayoni ancha samarali o‘tadi. Konstruksiyasi va sovitish usuliga qarab, suv yuvib o‘tadigan ochiq va berk apparatlar, qarshi oqimli va parallel oqimli, quvurli va plastinkali apparatlar bo‘ladi.
Ikki xil sovitish agentlari (oqimli suvlar va sovitilgan namokob) dan foydalanilganda bosqichli sovitish yoki ikki seksiyali sovitgichlar ishlatiladi. Ikki seksiyali sovitgichlar sutni past temperaturagacha sovitishda eng yaxshi natija beradi.
Pasterizatorlar. Pasterizatsiyalash jarayoni va pasterizatorlarning turi. Amalda pasterizatsiyalashning quyidagi uchta rejimi qabul qilingan: uzoq muddatli — sutni 63°C gacha isitish va shu temperaturada 30 minut davomida tutib turish; qisqa muddatli — sutni 72°C gacha isitish va shu temperaturada 20—30 sek davomida tutib turish; oniy — sutni 85—90°C gacha isitish (amalda tutib turilmaydi).
Uzoq muddatli pasterizatsiyalash uchun konstruksiyasi bo‘yicha bir-biriga o‘xshash bo‘lgan turli sig‘imdagi ÂÄÏ tiðli uzoq muddatli pasterizatsiyalash vannalari ishlatiladi. Qisqa muddatli pasterizatsiyalash siqib chiqariladigan barabanli bug‘ pasterizatorlarida va issiq suv yordamida isitiladigan plastinkali apparatlarda amalga oshiriladi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling