Transliteratsiya - Biror tilning yozma yodgorliklarini yoki ma’lum bir arab alifbosidagi yohud boshqa alifbodagi yodgorliklarni nashr etishda shu yodgorliklarning yozuv tizimini boshqa til yoki yodgorlik bosilayotgan xalqning mavjud yozuv tizimi orqali ifodalash transliteratsiya deb ataladi. Transliteratsiya biror yozuv harflari bilan yozilgan matnni boshqa bir yozuv harflari bilan almashtirish usulidir.
- (arabcha matn---> hozirgi yozuvda)
- eski o‘zbek yozuvi matni ----> hozirgi yozuvda)
- lotin yozuvi matni ----> hoz. yozuvda).
Transkripsiyada so‘zning tovush tarkibini, har bir tovushning talaffuzdagi xususiyatlarini bilish mumkin bo‘lgani qadar to‘la, o‘zidek berishga harakat qilinadi, ya’ni eshitilganidek yoziladi. Bu yozuv ilmiy maqsadda - biron shevaning til tomondan tekshirish uchun qo‘llaniladi. bunda o‘sha shevaning fonetik xususiyatlari hisobga olinadi. - Transkripsiyada so‘zning tovush tarkibini, har bir tovushning talaffuzdagi xususiyatlarini bilish mumkin bo‘lgani qadar to‘la, o‘zidek berishga harakat qilinadi, ya’ni eshitilganidek yoziladi. Bu yozuv ilmiy maqsadda - biron shevaning til tomondan tekshirish uchun qo‘llaniladi. bunda o‘sha shevaning fonetik xususiyatlari hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |