Simsiz aloqa tizimlariga kirish reja: Simsiz aloqa tizimlariga kirish Radioaloqani tashkil etish prinsiplar


Download 251.78 Kb.
bet3/4
Sana22.03.2023
Hajmi251.78 Kb.
#1285953
1   2   3   4
Bog'liq
1-simsiz

Bir tomonlama uzatish ko‘pincha radioaloqada emas, balki ovoz va TV uzatishda, matbuot agentliklari uchun ma’lumotlarni, metrologik ma’lumotlarni, aniq vaqt, aniq signallarini uzatish xizmatlarida va boshqalarda ishlatiladi. Qurilmalardan foydalanish samaradorligini yaxshilash va radioliniyaning o‘tkazish polosasini oshirish uchun zichlashtirish apparaturasi qo‘llaniladi (1.3-rasm). turli 1a–1n ma’lumotlar manbalari signallaridan 2a–2n o‘zgartirgichlar orqali o‘zgartirilgan yagona guruh signalini hosil qiladi. Bu apparaturaning qabul qiluvchi qismi signallarni ajratadi, ularni o‘zgartirishni amalga oshiradi (5a–5n), bundan keyin ular 6a-6n iste’molchilarga beriladi. Bitta manbadan xabarlarni oluvchiga uzatilishini ta’minlaydigan texnik vositalar majmui radioaloqa kanali deyiladi. Radioliniyalar zichlashtirilgan radioaloqa tizimi ko‘p kanalli radioaloqa deyiladi.

Ikki tomonlama radioaloqa quyidagi variantlar bo‘yicha tashkil etilishi mukin: 1. Har ikkala uzatkichlar o‘sha bitta chastotada ishlaydi, ya’ni qabullagichlar ham o‘sha bir chastotaga sozlanadi. Bu holda radioliniya bir vaqtda ikkita yo‘nalishda ishlay olmaydi. Bunday aloqa simpleks aloqa deyiladi. 2. Uzatkichlar turli chastotalarda ishlaydi, mos ravishda qabullagichlar ham turli chastotalarga sozlanadi. Bu holda radioliniya bir vaqtda ikkita yo‘nalishda ishlay oladi. Ishlash navbatma-kavbat yo‘nalishlardan birida amalga oshiriladi. Bunday aloqa dupleks aloqa deyiladi. 3. Radioaloqa qabullash va uzatish chastotalaridan foydalanish orqali, lekin dupleks radioalqaga qaraganda bir vaqtda emas, balki navbatma-navbat amalga oshiriladi. Signal bitta chastotada qabul qilinadi, boshqa chastotada uzatiladi. Vaqtning bir momentida abonent “qabullash” yoki “uzatish” rejimida bo‘lishi mumkin. Bunday aloqa yarim dupleks (ikki chastotali simpleks) aloqa deyiladi.

YArim dupleks aloqa quyidagi rejimlarda ishlatiladi. Odatda istalgan aloqa tizimining birinchi vazifasi talab qilinadigan (juda katta) aloqaning olis masofaliligini ta’minlash hisoblanadi. Lekin olis masofalilik planeta sirtining egriligi ufqning chegaralari ortida aloqani amalga oshirishga imkon bermaydigan shardan iboratligi tufayli cheklangan. Bu esa portativ radiostansiyalar orasidagi ochiq tekislik joydagi aloqa 5 km atrofidagi masofalarda bo‘lishi mumkinligini bildiradi. Agar katta masofalar (99,9 % hollarda) talab qilinsa, u holda retranslyatorlar qo‘llaniladi. Retranslyator bu radiosignalni qabul qiladigan va uni efirga uzatadigan qurilma hisoblanadi. Kosmosdagi Erning sun’iy yo‘ldoshiga o‘rnatilgan retraslyator eng katta qamrab olish zonasiga ega bo‘ladi. Erda berilgan qamrab olishni ta’minlash uchun sun’iy yoki tabiy baland inshoatda (bino, machta, do‘nglik) retranslyator o‘rnatiladi. Deyarli hech bir zamonaviy aloqa tizimi retranslyatorsiz ishlay olmaydi. Retranslyasiyalash prinsipi 1.4-rasmda keltirilgan.


Download 251.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling