1.4-rasmdan nima uchun yarim dupleks (ikki chastotali simpleks) aloqa kerakligi ko‘rinib turibdi. Retranslyator qabul qilingan signallarni uzluksiz uzatadi (dupleks), u holda u buni o‘sha bitta chastotada amalga oshira olmaydi (uzatkichning signallarini shu yordayoq qabullagich qabul qiladi, yopiq aylana hosil bo‘ladi). Radioaloqa liniyasi bir necha yoki ko‘plab bo‘laklardan iborat bo‘lishi mumkin, ularning chegaralarida radiosignallarni uzatish qabullash-uzatish qurilmalari jamlanmalari orqali ta’minlanadi. Bitta punktdan signallar boshqa punktda qabul qilinadi, kuchaytiriladi va keyin uchinchi punktga uzatiladi, u erda yana kuchaytiriladi va to‘rtinchi punktga uzatiladi va h.k.. Radioliniyaning bunday qurilishi radioreleli aloqa liniyasi (1.5-rasm) deyiladi, uning shartli belgilanishi 1.6-rasmda keltirilgan Shunga o‘xshash tarzda aloqa sun’iy yo‘ldoshlari (1.7-rasm) ishlaydi. Bitta er usti stansiyasidan signal Erning sun’iy yo‘ldoshida (ESY) qabul qilinadi, kuchaytirilidi va yo‘ldoshning uzatkichi orqali birinchi er usti stansiyasidan katta masofalarda joylashgan boshqa er usti stansiyasiga uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |