sinf anorganik va organik kimyo 68 soat, haftasiga soat,A


Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar


Download 0.65 Mb.
bet110/236
Sana05.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#210437
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   236
Bog'liq
9 sinf anorganik kimyo konspekt komp

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar

Mashg’ulot bosqichlari:



Bosqichlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3

Yangi mavzuni bayoni

12 daqiqa

4

Mustahkamlash

15 daqiqa

5

Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish

3 daqiqa

Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov. Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2.Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.

Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.

Yangi mavzuni bayoni: 

O'zbekistonda metallurgiya sanoati, asosan, Bekobodda joylashgan bo'lib, Bekobod metallurgiya zavodida qora metall mahsulotlari: po'lat va cho'yan ishlab chiqariladi.Cho'yan - tarkibida 2,14 % dan ko'p uglerod tutgan temir va uglerod qotishmasi.Po'lat - tarkibida 2,14 % dan kam uglerod tutgan temir va uglerod qotishmasi.Cho'yanning olinishi. Cho'yan tarkibi, asosan, temir oksidlaridan iborat bo'lgan temir rudalaridan domna pechlarida-domnalarda suyuqlantirib olinadi. Domna pechlari o'tga chidamli g'ishtlardan qurilgan, balandligi 27-31 m gacha bo'ladigan minoralardir. Domnaning yuqori qismidan temir rudasi, koks - C, flyus - ohaktosh va qum aralashmasi beriladi. Domnaning pastki qismidan furmcdar - maxsus teshiklar orqali 600-800°C gacha qizdirilgan havo purkaladi. Ko'pincha havo bilan toza kislorod ham purkaladi (kislorodli purkama). Koksning yonishidan domnada yuqori harorat hosil qilinadi. Kislorodli purkama haroratning ko'tarilishi va cho'yan suyuqlantirishning tezlashishini ta'minlaydi. Domnada koks harorat va qaytaruvchi vazifasini bajaruvchi CO manbayi bo'lib hizmat qiladi.Domnada quyidagi kimyoviy jarayonlar sodir bo'ladi:koksning bir qismi yonib, C02 hosil qiladi:c + o2 co2yuqori haroratda C02 koks bilan ta'sirlashib, CO ga aylanadi:C02 + C 2CO CO temir rudasini erkin temirgacha qaytaradi:3Fe203 + CO -»■ 2Fe304 + C02 Fe304 + CO -»■ 3FeO + C02 FeO + CO Fe + C02

Cho'yan-temirning uglerod bilan hosil qilgan qotishmasi bo'lib, tarkibida 2-4,5% uglerod bo'ladi. Shuningdek, cho'yan tarkibida 1,5% gacha Mn, 4,5% gacha Si va oz miqdorda S hamda P bo'ladi. Legirlangan cho'yan tarkibida Cr, Ni, Si va Mn lar bo'ladi.Cho'yan domna pechlarida olinadi. Xom­ashyo temir rudasi: Fe,0,, Fe304 va koks.Cho'yan qora metallurgiyaning birlamchi mahsuloti. Po'lat cho'yandan olinadi.Quyma cho'yan kulrang bo'lib, undagi uglerod grafit shaklida mavjud. Undan trubalar, ko'priklar uchun panjaralar, mashina qismlari, kimyoviy uskunalar tayyorlanadi.To'yingan cho'yan oq rangli bo'lib, unda­gi uglerod temir karbid shaklida bo'ladi. Undan po'lat olishda foydalaniladi.Po'lat - tarkibida 2% gacha uglerod bo'lgan temirning qotishmasi.Uglerodli po'lat - tarkibida 2% gacha C, 0,1-1% gacha Mn, 0,4% gacha Si, S va P bo'lgan po'latdir.Legirlangan po'lat - po'latga alohida xossalar (mexanik puxtalik, korroziyaga bardoshlilik, elektr, magnit xossalari) berish uchun Cr, Ni, Mo, Al va boshqa qo'shimchalar qo'shib tayyorlanadi.Marten pechlarida, kislorodli konvertorlarda po'lat olinadi. Marten pechla- rining xomashyosi cho'yan va po'lat hamda cho'yan buyumlarining chiqindilaridir.Po'latni toblash, qizdirish, sementlash, azotlash, bolg'alash yo'llari bilan xossalari o'zgarishini qadimdan mahalliy hunarmandlar, temirchilar, pichoqchilar juda yaxshi bilishgan.Konstruksion po'latlar yuqori darajada mustahkamlikka va plastiklikka ega bo'lib, ularga bosim ostida ishlov berish, ularni kesish, payvandlash qiyinchilik tug'dirmaydi. Ulardan mashina qismlari, konstruksion buyumlar va binolar qurishda foydalaniladi.Asbob-uskunabop po'latlar yuqori darajada mustahkamlikka va qattiqlikka ega, yemirilishga chidamli bo'ladi.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling