sinf anorganik va organik kimyo 68 soat, haftasiga soat,A


Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar


Download 0.65 Mb.
bet6/236
Sana05.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#210437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   236
Bog'liq
9 sinf anorganik kimyo konspekt komp

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.

Darsning borishi :

Tashkiliy qism: 1. Salomlashish.

2. Davomadini aniqlash.

3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.

Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.

Yangi mavzuni bayoni: 

1869-yilda rus olimi D.I.Mendeleyev kimyoviy elementlarning Davriy qonuniga quyidagicha ta’rif berdi:

"Oddiy jismlarning, shuningdek, elementlar birikmalarining shakli va xossalari  elementlar atom og‘irligining qiymatiga davriy ravishda bog‘liq boiadi".

Dmitriy Ivanovich Mendeleyev (1834-1907) Buyuk rus olimi. Davriy qonun kashfiyotchisi. Ele­mentlar davriy jadvalining foydalanish uchun qulay bo‘lgan dastlabki namunasini taklif  etgan.

Ø  1869-yilda D.LMendeleyev davriy qonunni kashf etdi. Davriy qonun — tabiat qonuni va u tabiatda mavjud bo‘lgan bog‘liqliklarni aks ettiradi. D.I. Mendeleyev tomonidan davriy qonunning kashf etilishida elementlar atom massalari bilan xossalari orasida o‘zaro uzviy bog‘liqlik borligi atroflicha o‘rganib chiqildi. Bir qator elementlarning oksidlari, asoslari, kislotalaridagi valentliklari o‘zgarishi asosida jadvallar tuzdi.

1911-yilda ingliz olimi E.Rezerford atomlar bo‘linmaydigan sharsimon zarralardir deb qarovchi g‘oyalarni inkor etdi va atom tuzilishining planetar modelini taklif etdi. Rezerford o‘z tajribalari natijalariga asoslanib atom tuzilishining planetar modelini taklif etdi.

Ø  Atom markazida musbat zaryadlangan yadro bor.

Ø  Yadro atrofida manfiy zaryadlangan elektronlar harakatlanadi.

Ø  Atom yadrosining zaryadi son jihatdan elementning tartib raqamiga teng.

Ø  Yadrodagi musbat zaryadli protonlar soni elektronlar soniga teng.

Protonlar zaryadi +1, massasi 1 ga teng bo‘lgan zarracha bo‘lib, xp bilan belgilanadi. Protonlar zaryadi va massasi 1 ga teng bo‘lgan vodorod atomining yadrosidir. Neytronlar zaryadsiz zarrachalar bo‘lib, massasi 1 ga teng. Neytron \n bilan belgilanadi. Atom yadrosi atrofida man­fiy zaryadlangan elektronlar harakat qiladi.

Elektronlarning massasi protonlarning massasidan 1840 marta kichik? demak, uning massasini amalda hisoblash qiyin bo‘lganligi sababli 0 deb olamiz. zaryadi esa -1 bo‘lgan zarrachalardir. Elektronni e bilan belgilaymiz. Atomning elektroneytral zarracha ekanligini bilamiz. Demak, atomlarda protonlar soni elektronlar soniga teng deb ayta olamiz.

Ø  Atom  musbat zaryadlangan yadrodan  va  manfiy zaryadlangan  elektronlardan tashkil topgan yadro qobig‘idan iborat. Ø  Kimyoviy elementning tartib raqami uning atom yadrosi zaryadi bilan mos keladi.

Ø  Vodorod atomining yadrosida 1 ta proton boladi. Zaryadi +7, massasi 1a.m.b. Uning yadrosi atrofida 1 ta elektron harakat qiladi.

Ø  Atomning massasi uning yadrosidagi protonlar va neytronlar yig‘indisiga teng: Ar=N + Z

N — neytronlar soni,  Z — tartib raqami (ptotonlar soni). Demak, atom musbat zaryad­langan protonlar va zaryadsiz zarra-cha — neytronlardan iborat yadrodan hamda protonlar soniga teng boigan sondagi yadro atrofida harakatlanu-vchi elektronlardan tashkil topgan elektroneytral zarrachalardir

Atom tuzilishining electron nazariyasiga ko’ra , kimyoviy reaksiyalar asosida electron munosabatlar-- atom electron pog’onalarning qayta qutilishi jarayonlari yotadi. Bunda asosan tashqi electron qavatidagi elektronlar ishtirok etadi


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling