sinf anorganik va organik kimyo 68 soat, haftasiga soat,A
Download 0.65 Mb.
|
9 sinf anorganik kimyo konspekt komp
Foydalangan adabiyot: Kimyo fanidan uzviylashtirilgan o’quv dasturi asosida nazorat ishlarini o’tkazish bo’yicha metodik tavsiyalar (7,8,9-sinf). Toshkent-2010 y. O’zbekiston Respublikasi Ta’lim markazi.
Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2. Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish. Nazorat ishini bayoni: I variant Tajriba: Metallarning tuzlar eritmafari bilan o'zaro ta'siri. Birinchi probirkaga mis (ll) sulfat yoki mis (li) nitrat eritmasidan 1 — 2 ml quying, ustiga kichkina mixni ipga bog'lab tushiring va kuzating. Ma'lum bir vaqt o'tgandan keyin mixda qanday o'zgarish sodir bo'ladi? ikkinchi probirkaga kumush nitrat yoki qo'rg'oshin (II) nitrat eritmasidan quying, ustiga mis simni bo'lakchasidan soling va kuzating. Mis simi bo'lakchasida qanday o'zgarish sodir bo'ladi? lkkala probirkada sodir bo'ladigan hodisaning reaksiya tenglamasini molekular va ionli ko'rinishda yozing. Il variant Tajriba: Anorganik moddalar orasidagi genetik bog'lanish. Quyidagi o'zgarishlarni tajribalar asosida bajaring: Cu → CuO → CuSO4 → Cu(OH)2 → CuO. Mis plastinkasini spirt lampasi yordamida qizdiring, natijad.~ plastinka qorayadi. Qoraygan qismini pichoq yordamida filtr qog'oziga qirib tushiring. Buni bir necha bor takrorlang. Hosil bo'Igan mis (II)-oksidini toza probirkaga solib, ustiga 1 — 2 ml sulfat kislota eritmasidan quying. Reaksiyani tezlatish maqsadida probirkani tutqichda ushlab, spirt lampasi yordamida qizdiring. Hosil bo'lgan havorang eritmaga nartiy gidrooksid eritmasidan 1 — 2 ml quying, natijada havo rangli mis (ll) gidrooksid cho'kmasi hosil bo'ladi. Cho'kmani filtr qog'ozi yordamida filtrlang va ozgina quritib, chinni kosachaga solib, spirt lampasi yordamida qizdiring. Nima kuzatiladi? Tajriba xufosalarini va sodir bo'Igan reaksiya tenglamalarini daftaringizga yozing. lll variant Probirkalarga 3 — 4 tomchidan kalsiy va bariy tuzlari eritmalaridan tomizib, ular ustiga 3 — 4 tomchidan natriy karbonat eritmasidan qo'shing. Har bir probirkada hosil bo'Igan cho'kmalar ustiga suyiltirilgan xlorid kislota eritmasidan qo'shing va ohista chayqating. Ularni erish tezligiga ahamiyat bering. lkkala probirkada sodir bo'ladigan hodisaning reaksiya teng larnasini yozing. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling