Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Mashg’ulot bosqichlari:
№
|
Bosqichlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni bayoni
|
12 daqiqa
|
4
|
Mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish
|
3 daqiqa
|
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2.Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:
Xromning olinishi: Sof xromni olish uchun xromm( III) oksidi AI metallic bilan qaytariladi
Cr2O3 + 2AI = AI2O3 +Cr
Xromli temirtosh koks bilan qaytarilsa, xrom va temir aralashmasi olinadi
FeO* Cr2O3 +4C = 2Cr +Fe +4CO
Fizikaviy xossalari: Xrom kumushsimon oq rangli , yaltiroq, issiqlikni va elertrni yaxshi o’tkazadigan metall
Kimyoviy xossalari: Xromning sirti yupqa oksid parda bilan qoplangani sababli kimyoviy jihatdan ancha barqaror. Hatto kislotalar bilan ham qiyinchilik bilan reaksiyaga kirishadi
Suyultirilgan sulfat va xlorid kislotalar bilan qizdirilganda reaksiyaga kirishadi.
2Cr + 3H2SO4 = Cr2(SO)4 + 3H2
Cr + 2HCI = CrCI2 + H2
Yuqori haroratda xrom bir qator oddiy moddalar bilan ham reaksiyaga kirishadi
2Cr +N2 = 2CrN
2Cr + 3S = Cr2S3
Qizdirilgan xrom suv bug’lari bilan reaksiyaga kirishadi.
2Cr + 3H2O = Cr2O3 + 3H2
Ishlatilishi: Korroziyaga chidamli bo’lganligi sababli metal buyuimlar sirti xrom bilan qoplanadi.
Temir bilan turli nisbatlarda xrom qo’shilib har xil xossalarga ega bo’lgan yuqori sifatli po’latlar ishlab chiqariladi
Do'stlaringiz bilan baham: |