1
|
Tayyorlov qismi. O‘quvchilarni saflash, salomlashish, navbatchi o‘quvchi axborotini tinglash, davomatni aniqlash, darsda qatnasha olmaydigan (kasal) o‘quvchilarni aniqlash.
|
5 daqiqa
|
O‘quvchilarning sport kiyimiga e’tibor berish
|
2
|
Saf mashg‘ulotlari. Mashg‘ulotlarni turgan joyda bajarish, joyida tomonlarga burilish, yurish yugurish..
|
Gavdani tik tutishga e’tibor qaratish
|
3
|
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.
|
Mashqlarni to‘g‘ri va mukam-mal bajarilishiga erishish
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
1
|
O‘tgan darsda o‘quvchilarga o’tilgan akrobatika mavzusi bo’yicha nazariy bilimlarni mustahkamlovchi savol-javob o‘tkazish.
|
5 daqiqa
|
Nazariy bilimlarning to‘gri anglashi va mashq(lar)ni to‘liq va to‘g‘ri bajarishiga e’tibor berish
|
2
|
O‘tgan darsda o‘quvchilarga o’tilgan akrobatika mavzusi bo’yicha amaliy bilimlarni mustahkamlovchi savol-javob o‘tkazish.
|
Asosiy qism
|
1
|
Yangi mavzuni tushuntish. Muvozanatni saqlash mashqlari:
Yakkacho'p ustida mashq bajarish. O’quvchilar, yakkacho'p ustida mashq bajarishni boshlashdan avval unda yurishni, aylanishni, bir va ikki oyoqda o'tirib-turishni o'rganib olishingiz kerak. Bir oyoqda turib "qaldirg'och" mashqini bajarish. Bunday mashq bilan nafaqat qizlar, balki o'g'il bolalar ham shug'ullanishlari mumkin. Chunki muvozanat saqlashni yaxshilab o'rganish uchun yakkacho'p ustida ko'p mashq qilib turish lozim, sababi bu mashqlar harakat koordinatsiyasini (harakatlaming o'zaro muvofiqligini) rivojlantiradi. Bundan tashqari, bu sizga tor joylardan epchil sakrab o'tishga, balandlik va pastliklarga tez chiqib-tushganda boshingiz aylanmaydigan bo'lishiga yordam beradi. Yakkacho'p ustida mashq qilayotganda aylanish va burilishlar oyoq uchida bajariladi. Qo'llar yon tomonga yoziladi. Masalan, chap tomonga aylanish oldidan chap oyoqni o'ng oyoqning orqasiga qo'yib, oyoq uchlarida 180 0 ga aylaniladi. D'ng tomonga aylanganda o'ng oyoq orqaga qo'yiladi. Mabodo, yakkacho'p ustida ikki kishi uchrashib qolsa, o'zaro yordam qilishib, muvozanatni saqlab qolishga harakat qilinadi. Buning uchun har qaysi tomon o'ng oyoq bilan bir qadam oldinga chiqadi, sheriklar o'zaro yelkadan ushlashib, biroz chap tomonga egilib, joy
almashib, so'ng tarqalishadi.
|
20
daqiqa
|
O‘z-o‘zining xavfsizligini ta’minlash qoidalariga rioya etish. Bajarilishi kerak bo‘lgan shartlarni ko‘rsatib, tushuntirib berish.
|
|