Sinf rahbari ishni rejalashtirish va xisobga olishda pedagogik jamoaning o’rni


Download 406.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/16
Sana05.01.2022
Hajmi406.79 Kb.
#224300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
sinf rahbari ishini rejalashtirish va xisobga olishda pedagogik jamoaning orni

     O’quvchilarni  o’rganish.Sinfga  rahbarlik  qilsh,  odatda,  sinfni  va  alohida-

alohida  har  qaysi  o‟quvchini  o‟rganishdan  boshlanadi.  Buning  natijasida,  sinfda 

tarbiyaviy  ishlarni  to‟g‟ri,  ratsional  tarzda  yo‟lga  qo‟yish  uchun,  o‟quvchilarga 

individual  yondashishni  amalga  oshirish  uchun  zarur  bo‟lgan  sharoit  yuzaga 

keladi.  o‟quvchilarni  o‟rganish,  ularni  butun  o‟qitish  muddati  mobaynida  davom 

etib boradi. Sinf o‟quvchilar jamosini  tashkil etish va tarbiyalash. 

 Sinf  o‟quvchilar  jamosini  uyushtirish  va  tarbiyalash  sinf  rahbari  ishining  asosiy 

qismlaridan biridir. Sinf rahbari o‟quvchilarni inoq va ma`lum maqsadni ko‟zlagan  

jamoga jipslashtirar ekan, o‟quv-tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli hal etish uchun 

zamin  yaratadi.  U  ayrim  o‟quvchilarga  va  butun  sinfga  o‟z  obro‟-e`tibori  kuchi 




 

11 


bilangina  emas»  balki  sinf  jamosining  jamoat  fikrini  tarkib  toptirish  yo‟li  bilan 

ham ta`sir etadi. Sinf birdaniga jamo  bo‟lib shakllanib qo‟ya qolmaydi. Sinfda sinf 

rahbari, kamolot va sinf faollari  birgalikda faoliyat ko‟rsatish tajribasi to‟plangan 

taqdirda, aktiv o‟sib chiqqan, ijobiy  traditsiyalar barpo etilgan takdirda, o‟rtoqlik 

aloqalari  rivojlanib    mustahkamlangan,  umummaktab  jamosi  bilan  to‟g‟ri 

munosabatlar o‟rnatilgandan keyingina, sinf jamosi bo‟lib shakllanadi. 

       O‟quvchilar  bilimi  sifatini  oshirish  hamda  ularning  tartib-intizomini 

mustaxkamlash.  

       Bilimlarning  yuksak  darajada  bo‟lishi  va  ongli  intizom  sinfda  ta`lim-tarbiya 

ishlarini  to‟rri  yo‟lga  qo‟yshning  eng  muhim  ko‟rsatkichlaridir.  Sinf  rahbari 

o‟quvchilar  bilimi  sifatini  oshirish  to‟g‟risida  g‟amho‟rlik  qiladi,  ayrim 

o‟quvchilarning keyinda qolishini va o‟z sinfida ikki yil o‟tirib qolishining oldini 

olishga  harakat  qiladi.  o‟quvchilarni  ongli  intizomlilik  ruhida  tarbiyalash,  ularni 

mustaqqilik jamiyati, turmush qoidalarini ixtiyoriy bajarishga o‟rgatish sinf rahbari 

faoliyatida katta o‟rin tutadi.  

   Darsdan  (sinfdan)  tashqari  tarbiyaviy  ishlarni  tashkil  etish  va  ularni  o‟tkazish. 

Maktablarda  darsdan  (sinfdan)  tashqari  tarbiyaviy  ishlarning  turli-tuman  shakllari 

tarkib  topib,  muvaffaqiyatli  qo‟llanib  kelmoqda.  Darslarda,  talim  berish 

pjarayonida beriladigan tarbiya darsdan tashqari turli-tuman tarbiyaviy ishlar bilan 

to‟ldiriladi.  Bu  ishni  sinf  doirasida  sinf  rahbari  sinf  faollari  yoki  kamolot 

tashkilotlari bilan birgalikda o‟tkazadi. Bunda boshqa o‟qituvchilar, ba`zan esa ota-

onalar  ham  muhim  yordam  ko‟rsatadilar.  Sinfdan  tashqari      tarbiyaviy  ishda 

fuqoralik    tarbiyasi  o‟quvchilarda  barqapop  hayotiy  yo‟lni  tarkib  toptirish,  ularni 

ijtimoiy  hayotga  va  xalq  xo‟jaligi  hamda  madaniyatning  turli  sohalarida  mexnat 

faoliyatiga aktiv ishtirok etishga tayyorlash markaziy o‟rinni egallaydi. 

      O‟quvchilarning  ota-onalari  bilan  ish  olib  borish.  Har  bir  o‟qituvchi 

o‟quvchilarning  ota-onalari  bilan  mustahkam  aloqada  bo‟ladi.  Maktabning  oila 

bilan  yanada  mustahkam  aloqasi  sinf  rahbarlari  orqali  amalga  oshiriladi.  Ular 

o‟quvchilarning  ota-onalari  bilan  ko‟proq  muomalada  bo‟ladilar,  ularga  o‟quv 

ishlari  va  bolalar  xulq-atvori  to‟g‟risida  axborot  berib  turadilar,  bolalarni 




 

12 


tarbiyalash  borasida  hamkorlikda  qilinadigan  ishlarni  belgilab  oladilar.  Hozirgi 

sharoitda  oilaning  tarbiya  berish  vazifasi birmuncha ortdi, bolalar tarbiyasi uchun 

ota-onalar  mas`uliyati  oshib  bormokda.  SHuning  uchun  xam  sinf  rahbarining 

o‟quvchilar oilalari bilan hamkorligi katta ahamiyat kasb etib bormokda.  

    Sinf  rahbari  tarbiyaviy  ishining  asosiy  qismlari  mana  shulardan  iborat.  Bu 

qismlarning  hammasi  bir-biri  bilan  uzviy  bog‟langan.  Masalan,  sinf  rahbari 

faoliyatn  doirasidan  o‟quvchilarni  o‟rganishning  olib  tashlanishi  o‟quvchilar 

jamosini  tashkil  etishni  muvaffakiyatsizlikka  olib  keladi,  o‟quvchilar  bilimining 

sifati va sinfda tartib-intizom uchun kurash olib borishnn "birmuncha qiyinlashtirib 

qo‟yadi.  Ota-onalar  bilan  ishlashga  etarlicha  baho  bermaslik  sinf  rahbari  barcha 

tarbiyaviy ishlarining pasayib ketshiga olib kelgan bo‟lur edi. 

     O‟quvchilarni  tarbiyalashda  tizimliilikka  erishish  oson  emas,  lekin  shunday 

qilish  kerak.  Aks  holda  sinf  rahbarining  tarbiyaviy  ish  faoliyati  muvaffaqiyatli 

bo‟lmaydi.  Ayrim  tarqoq    tarbiyaviy  tadbirlarni  o‟tkazishga  ko‟pgina  kuch  va 

g‟ayrat sarflashi  mumkin,  lekin baribir tarbiyada kerakli natijaga erisha olmaydi. 

Ko‟pincha  sinf  rahbarlari  o‟quvchilar  bilan  foydali  ishlarni  boshlab  qo‟yib,  uni 

hamma  vaqt  ham  oxiriga  etkazavermaydilar.        Masalan,  o‟quvchilar  yiqqan 

ko‟pgina  temir-tersak  maktab  hovlisida  oylab  to‟planib  yotadi.  O‟qituvchilar 

rahbarligida  o‟quvchilar  maktab  hovlispga  ko‟chat  va  butalar  o‟tqazadilar,  lekin 

ular  parvarisiz  qoladi.  Ekinzorlarni  yovvoyi  o‟t  bosib  ketadi.  Bunday  hollar  ham 

bo‟ladi.  Sinf  rahbari  qiziqarli    suhbat  yoki  kitobxonlar  konferentsiyasi  o‟tkazadi. 

Ularning  natijalari  o‟quvchilar  faoliyagida  mustaxkamlanmaydi.  Og‟zaki  ta`sir 

ko‟rsatish konkret ishlar bilan mustahkamlanmaydi. O‟quvchilarni tarbiyalashdagi 

tizim,  o‟z-o‟zidan  ma`lumki,  sinf  rahbarlari  tashabbusiga  salbiy  ta`sir 

ko‟rsatmasligi,  ularni  tarbiyaviy  ta`sir  ko‟rsatish  mazmuni,  shakl  hamda 

metodlarini  mustaqil  tanlab  olishlaridan  mahrum  etmasligi  darkor.  Bu  tizimni  bir 

qolipga  solib  qo‟yish  mutlaqo  yaramaydi.  Tarbiya  berish  bu  ijodiy  jarayondir. 

Bunda  fikr  dadilligi,  ijodiy  izlanish,  tashabbuskorlik  va  har  qaysi    o‟quvchi 

shaxsiga aniq ravshan, e`tiborli  munosabatda  bo‟lish kerak. 



 

13 


  Sinf  rahbari  ishining  barcha  turli-tumanligi  uning  butun o‟quvchilar kollektiviga 

va  alohida  har  qaisi  o‟quvchiga  qiladigan  ta`sirini  o‟z  ichiga  oladi.  Ilg‟or  tajriba 

shuni ko‟rsatadiki, tarbiyaviy ishning muvaffaqiyatli bo‟lishi ayrim qulay metodlar 

va  usullardan  emas,  balki  o‟quvchilarga  milliy  tarbiya  berishning  asosiy 

mazmunini  aks  ettiruvchi  puxta  o‟ylangan  shakl,  metod  va  usullar  kompleksidan 

iboratdir. 




Download 406.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling