Синфдан ва мактабдан ташқари тарбиявий ишларни режалаштириш методикаси
Download 139 Kb.
|
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish metodikasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Ma’naviyat va burch tarbiyasi
ShAKLLARI
Sinf rahbari tomonidan o’tkaziladigan barcha tarbiyaviy tadbirlar shu bo’limga kiritilib, sinf tarbiyaviy soatlari deb yuritiladi (yil davomida 30-34 soat dars jadvaliga kiritiladi), u soddalashtirilgan, barcha sinflar uchun qulay quyidagi andozaga tushirilishi mumkin. Avvalgi adabiyotlarda berilgan rejalashtirish chizmasiga "Bajarilish turi" qo’shimcha sifatida kiritildi. Maqsad, rejalashtirilgan mavzu masalan, "Ota-onam - suyangan tog’im" yuzasidan suhbat, kecha, konferentsiya uchrashuv, ekskursiya va hokazolar o’tkazish mumkin. Albatta, bu tadbirlarning barchasini bir o’quv yilida o’tkazib, sinf rahbarining tarbiyaviy ish rejasida bu mavzu har yili takrorlanib, bajarilish turi o’zgartirib boriladi. Sinf rahbari mehnatining unumli bo’lishida bu usul ancha samara beradi.
Sinf tarbiyaviy soatlarning mavzulari tubandagi tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi va yuqoridaga andozaga tartib bilan jamlanadi. I. Ma’naviyat va burch tarbiyasi Ma’naviyatimizning kadimiyligi, mazmun va mohiyati, o’ziga xos xususiyatlari, asosiy tamoyillari, uning jamiyatimiz taraqiyotidagi roli va ahamiyati, Prezidentimiz asarlari va nutqlarida insonni jonli mavjudodlardan ajratib turadigan ong va til, aql-idrok va tafakkur, odamgarchilik, muruvvat va sahovat, rahm-shavqat, mehr-oqibat, iymon-e’tiqod, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, halollik, poklik, tabiatni e’zozlash, ilm va fanni, adabiyot va san’atni, madaniyatni sevib ardoqlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat, o’zi va o’zga millat kishilarini, ularning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilish va qadrlash xislatlarini tarbiyalash asosiy maqsad qilib olinadi. Tarbiyaviy soat mavzulari: Ma’naviyat insonga xavodek, suvdek zarur. Insonni hayotini bezaydigan, go’zallashtiradigan omil ma’naviyatdir. Davlat va millat ma’naviyati bilan ko’rkamdir. Ma’naviy barkamol kishilar hayoti biz uchun namuna. Xalollik va rostguylik - inson fazilati. Bugun niyat - ertangi haqiqat. Chin va yolg’on dustlik. Haqiqiy va qalbaki qaxramonlik. Yomon odatdan saqlan. Iymonsizda Vatan tuyg’usi bo’lmaydi. O’z g’ururingni himoya qila olasanmi? Quroni karim va Hadisi sharifdan parchalarni o’qish va muhokama qilish. Eslatma. Yuqoridagi va endi tavsiya qilinadigan mavzularni sinf o’quvchilarining qabul qilish darajasiga qarab soddalashtirshp, murakkablashtirish mumkin. Download 139 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling