Синфдан ва мактабдан ташқари тарбиявий ишларни режалаштириш методикаси


IX. Eng yangi yangiliklar va tarixiy sanalarni nishonlash tadbirlari


Download 139 Kb.
bet7/7
Sana10.02.2023
Hajmi139 Kb.
#1186557
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish metodikasi.

IX. Eng yangi yangiliklar va tarixiy sanalarni nishonlash tadbirlari

Mustaqillik tufayli hayotimiz kundan-kunga farovonlashib borishi shubxasiz. Albatta buning negizida Prezidentimiz va hukumatimizning yangi-yangi farmon, buyruq va ko’rsatmalari yotadi. Buni biz shartli ravishda rejaga “Eng yangi yangiliklar” deb kiritdik. Bu bo’lim rejaning eng oxirgi tadbirlaridan hisoblanadi va rejaning oxiriga kiritiladi. Tarixiy sanalardan so’ng qayd qilinadi. Tarbiyaviy tadbirlarda ularni o’rganish va hayotga tadbiq etish zarur, ya’ni zamon talablariga ko’ra chiqarilgan yangiliklar reja tuzilgandan so’ng e’lon qilinsa, sinf rahbari belgilagan tarbiyaviy tadbirni o’quv yilining qaysi yarim yilligidan qat’iy nazar, tarixiy sanalardan keyin mavzuni qayd etadi va tegishli tadbir o’tkazadi.


Maktab rahbarlari rejani tasdiqlayotgan vaqtlarida bu bo’limning qay tarzda aks etganligiga ahamiyat berishlari zarur.
Tarbiyaviy papkada nimalar bo’lishi kerak?
Sinf tarbiyaviy papkasi sinf rahbarining tarbiyaviy sohasida olib boriladigan ishlar to’plamidir. Bunda faqat o’quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab tarbiya borasida kerak bo’ladigan materiallar bo’lishi kerak.
Yuqoridagi tajribalardan kelib chiqib, sinf rahbarining tarbiyaviy ish rejasi bir katta daftarda bo’lishi maqsadga muvofiq, deb topgan edik. Sinf rahbari mehnatini ixchamlashtirish, nazoratni va boshqaruvni ilmiy asosda tashkil etish uchun reja mundarijasi tubandagi bo’lishini tavsiya etamiz.

  1. Sinfga qisqacha tavsifnoma.

  2. Tarbiyaviy vazifalar.

  1. O’quvchilarga tarbiya berishning asosiy turlari va shakllari (Eslatma: mundarija mazmuni 1-3 bulimlarda tavsiya etilganidek yoritiladi
    va daftar bo’lim hajmiga ko’ra mundarijalanadi).

  2. O’quvchi, o’qituvchi, ota-onalar bilan suhbatlar alohida-alohida
    betlarda qayd etiladi.

  3. Tarbiyaviy soatlarni hisobga olish (Tarbiyaviy soatga bir soat
    darsga qanday tayyorlansa, bu tadbir uchun dam shunday hozirlik ko’rish talab etiladi).

Mundarijaning bu qismida xar hafta o’tkazilgan tarbiyaviy soatning mavzusi, bajarilish turi, vaqti, kim tomonidan bajarilganligi (haqidagi qisqacha bayonnoma qayd etiladi. Demak tarbiviy papkada:

  • tarbiyaviy ishlar rejasi;

  • rejalashtirilgan mavzuga oid risolalar;

- yo’l harakati xavfsizligi va yong’indan saqlanish qoidalari yuzasidan dastur va ko’rsatmalar hamda tarbiya borasida kerak bo’ladigan zarur materiallargina bulsa bas.
Xaftalik tarbiyaviy tadbirni rejalashtirishda sinf rahbari mavsumni, tarixiy sanani, eng yangi yangiliklarni hisobga olishi kerak. Rahbarning esa, tarbiyaviy soatni to’laqonlik va qiziqarli o’tishida yuqoridagilar uning nazaridan chetda qolmasligi zarur.


Adabiyotlar ro'yxati.
I. А. Kаrimоv. Yuksаk mа`nаviyat еngilmаs kuch. T. Shаrq 2008.
2. I. А. Kаrimоv. Bаrkаmоl аvlоd O’zbеkistоn tаrаqqiyotining pоydеvоri. T. 1997.
3. Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi T. 1997.
4. Оchilоv M. Оliy mаktаb pеdаgоgikаsi.T. 2008.
5. Оchilоv. M. Muаllim қаlb mе`mоri. T. 2003.
6. Munаvvаrоv. Pеdаgоgikа. T. O’qituvchi 1996.
Download 139 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling