Hisob so’zlari (numerativlar) Sanoq sonlar bilan qo’llanib, noaniq miqdor tushunchasini ifodalaydigan so’zlar hisob so’zlari (numerativlar) deb ataladi. Bunday so’zlar sanoq son bilan sanaladigan narsalarni bildiradigan so’zlar o’rasida keladi: besh yuz so’m pul, yuz gramm yog’, yuz yil vaqt. Bunday so’zlar aslida ot turkumiga mansub bo’lib, o’z lug’aviy ma’nolarini qisman yo’qotgan holda noaniq miqdor ifodalaydigan bo’lib qolgan so’zlardir. Sanoq sonlar bilan qo’llanib, noaniq miqdor tushunchasini ifodalaydigan so’zlar hisob so’zlari (numerativlar) deb ataladi. Bunday so’zlar sanoq son bilan sanaladigan narsalarni bildiradigan so’zlar o’rasida keladi: besh yuz so’m pul, yuz gramm yog’, yuz yil vaqt. Bunday so’zlar aslida ot turkumiga mansub bo’lib, o’z lug’aviy ma’nolarini qisman yo’qotgan holda noaniq miqdor ifodalaydigan bo’lib qolgan so’zlardir. Hisob so’zlari quyidagi guruhlarga bo’linadi: - predmetlarni yakkalab hisoblash uchun ishlatiladigan: dona, nusxa, tup, bosh, nafar;
- butunning qismini hisoblash uchun: parcha, varaq, burda, og’iz, luqma, siqim, tilim, chimdim, qultum, yutum, ho’plam, tomchi, chaqmoq, nimta, to’g’ram, poy, toqa, bo’lak, shingil;
- to‘dalab ko’rsatuvchi: gala, to’p, guruh, to’da, dasta, bog’, quchoq, shoda, hovuch;
Do'stlaringiz bilan baham: |