Синие и оранжевые волны


Qadimgi o’zbek tilida lak (yuz ming), tuman (o’n ming) sonlari ham bo’lgan


Download 267.47 Kb.
bet3/8
Sana09.01.2022
Hajmi267.47 Kb.
#266439
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sonning leksik-grammatik xususiyatlari. Bugayenko Lyubov

Qadimgi o’zbek tilida lak (yuz ming), tuman (o’n ming) sonlari ham bo’lgan.

Sonning ma’no turlari

Sonlar ma’no va grammatik jihatdan dastlab 2 guruhga bo’linadi:

  • Miqdor son;
  • Tartib son.

Miqdor son

Mikdor son shaxs, narsa-buyumlarning qanday miqdorini ifodalashiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:

  • sanoq sonlar;
  • dona son;
  • chama son;
  • jamlovchi son;
  • taqdim son;
  • kasr son.

Sanoq sonlar

Sanoq sonlar bir turdagi narsa-buyumlarning umumiy sonini, miqdorini bildiradi: besh kun, ellik uch yosh.

Sanoq sonlar jumlasiga kiradigan bir so’zi sanoq bildirishdan tashqari quyidagi ma’nolarni ham ifodalaydi:

  • Noaniqlik (bunda u qandaydir olmoshiga sinonim bo’ladi): Eshikni bir kishi taqillatyapti.
  • Kuchaytirish (bunda u juda so’ziga sinonim bo’ladi): Bir yugurdim, bir yugurdim.
  • Ketma-ketlik (bunda u dam, goh bog’lovchilariga sinonim bo’ladi): Bir menga, bir unga qaraydi.
  • Chegaralash (bunda u faqat yuklamasiga sinonim bo’ladi): Hamma keldi, bir Asqar kelmadi.
  • Tenglik (bunda u teng so’ziga sinonim bo’ladi): Qonun oldida hamma bir.

Download 267.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling