Синие и оранжевые волны


Download 267.47 Kb.
bet5/8
Sana09.01.2022
Hajmi267.47 Kb.
#266439
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sonning leksik-grammatik xususiyatlari. Bugayenko Lyubov

Jamlovchi son

Jamlovchi son narsa-buyumning umumiy sonini bildiradi va sanoq songa quyidagi qo’shimchalarni qo’shish bilan yasaladi:

1) –ov qo’shimchasini qo’shish bilan: uchovi, to’rtovi;

2) –ala qo’shimchasini qo’shish bilan: ikkala, uchala;

3) –ovlon qo’shimchasini qo’shish bilan: beshovlon, oltovlon.

Jamlovchi son

Ikki, olti, yetti sanoq sonlaridan jamlovchi son hosil qilinganda, o’zakdagi i tovushi tushib qoladi: ikkovi, oltovi, yettovi.

Uch, to’rt sonlariga –ala qo’shilganda, uchchala, to’rttala tarzida aytilsa ham, uchala, to’rtala deb yoziladi.

Jamlovchi sonlar ko’pincha 1 dan 7 gacha bo’lgan sonlardan yasaladi (nutqda o’nala, o’novi shakllari uchraydi) va ular ma’no jihatdan otlarga yaqin turadi.

Taqsim son

Taqsim son narsa-buyumlarning taqsimlanish miqdorini anglatadi va sanoq songa –tadan qo’shimchasini qo’shish bilan hosil qilinadi: ikkitadan, o’ntadan. Ba’zan sanoq son takrorlanib, taqsim son yasalishi mumkin: Ikki-ikki bo’lib yurdik. (Miqdor bildiruvchi so’z qatnashsa, -ta tushiriladi: beshtadan – besh kilogrammdan)


Download 267.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling