Hisob so’zlari quyidagi guruhlarga bo’linadi: 4) juftlab ifodalovchi: juft, para; 5) og’irlikni o’lchaydigan: gramm, kilogramm, sentner, tonna, misqol, pud, botmon, qadoq, paysa, dahsar; 6) uzunlik o’lchovini bildiradigan: millimetr, santimetr, metr, kilometr, chaqirim, gaz, qarich, quloch, yog’och, qadam; 7) yosh o’lchovini bildiradigan: yashar, yoshlik, oylik, kunlik; Hisob so’zlari quyidagi guruhlarga bo’linadi: 8) vaqt o’lchovini bildiradigan: soniya…, soat, kun, oy, hafta, yil; 9) maydon o’lchovini bildiradigan: sotix, gektar, tanob; 10) qiymat o’lchovini ifodalaydigan: so’m, tiyin, tanga, miri, paqir. Bulardan tashkari, quyidagi hisob so’zlari son va fe’l orasida kelib, harakat miqdorini bildiradi: marta, navbatda, karra, bor, hissa, qatla, sidra, daf’a. Gapda otning so’rog’iga javob bo’ladigan va ot kabi ko’plik, egalik, kelishik shakllarida kela oladigan son otlashgan son deb ataladi: beshga, uchni, ikkimiz, ikkinchilar. Besh – o’nning yarimi. Beshni uchga qo’shsa, sakkiz bo’ladi. Imtihonlar yigirmaninchida bo’ladi. Sonlarning tuzilish jihatdan turlari Sonlar tuzilish jihatdan quyidagi turlarga bo’linadi: Sonlar tuzilish jihatdan quyidagi turlarga bo’linadi: - Sodda sonlar bir o’zakdan iborat bo’ladi: bir, uch;
- Qo’shma sonlar ikki yoki undan ortiq sonning birga yozilishidan tuziladi: o’n uch, bir yuz o’n sakkiz;
- Juft sonlar ikkita turli o’zakning juftlashishidan tuziladi: besh-olti, o’n besh-o’n olti;
- Takroriy sonlar bir o’zakning takrorlanishidan tuziladi: to’rtta-to’rtta, ikki-ikki.
Tilchi olimlar sakson va to’qson sonlarining sakkiz va o’n, to’qqiz va o’n so’zlaridan tuzilganligini aniqlashgan. Son tahlili namunasi - So’rog’i.
- Butun yoki kasrligi.
- Ma’no turi.
- Hisob so’zi bor-yo’qligi.
- Otlashgan yoki otlashmaganligi.
- Tuzilish turi.
- Gapdagi sintaktik vazifasi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |