Sinonimiya va darajalanish munosabati
. Sinonimlarning turli ko‘rinishlari (leksik sinonimiya, frazeologik
Download 158.59 Kb. Pdf ko'rish
|
madinaxon kurs ishi 222 (2) (2) (3)
1.2
. Sinonimlarning turli ko‘rinishlari (leksik sinonimiya, frazeologik sinonimiya) 6 Ot birikmalari sinonimikasi va ularning ma’no turlari. «O‘zbek tili va adabiyoti» jurnali, 1973, ¹1 . [10] Ular o‘rtasidagi farqlarni L. G. Barlas quyidagicha izohlaydi: variantlilik bir xil, sinonimiya har xil til birliklariga xos xususiyat. Variantlar deyilganda, shakliy jihatdan bir oz farq qiladigan bir til birligining turli ko‘rinishlari tushuniladi. Ular bir so‘z, bir so‘z shakli yoki qurilishini tashkil etgani uchun ham leksik va grammatik ma’nolarda farqlar bo‘lmasligi kerak. Sinonimlar esa ma’nolari bir- birlariga yaqin bo‘lgan turli so‘zlar, so‘z shakllari, qurilmalardir. Sinonimlar tasnifi ham uning tadqiqotchilari diqqat-e’tiborida bo‘lib kelgan. Sh.Rahmatullayev bu hodisaning til qatlamlarida mavjudligidan kelib chiqib, ularni dastlab lug‘aviy va grammatik sinonimiyaga ajratadi. Yana o‘z navbatida lug‘aviy sinonimiyani leksik, frazeologik va leksik-frazeologik turlarga bo‘ladi. Ma’no qirralarining farqlanishiga ko‘ra esa ularning ma’no sinonimlari (ideografik sinonimlar), uslubiy sinonimlar va nutqiy sinonimlar singari turlarini sanab o‘tadi. Sinonimlarni o‘rganish va tushunishni osonlashtiradigan bu kabi tasniflar orasida I. B. Golub tasnifi e’tiborga loyiq. Uning fikricha, ma’no ottenkalari bilan farqlanuvchi sinonimlar semantik sinonimlar, bir xil ma’noga ega bo‘lib, uslubiy bo‘yoqdorligi bilan ajralib turuvchi sinonimlar uslubiy sinonimlar deyiladi. Uslubiy sinonimlarga turli vazifaviy uslublarga taalluqli bo‘lgan hamda bir vazifaviy uslubga tegishli bo‘lib, turli emotsional-ekspressiv ottenkalari bilan farqlanadigan sinonimlar kiradi. Ham ma’nolari, ham uslubiy bo‘yog‘i bilan farqlanadigan sinonimlar esa semantik-uslubiy sinonimlar hisoblanadi 7 .Sinonimlar tasnifi haqida Z. I. Xovanskaya quyidagilarni yozadi: «lug‘aviy sinonimlar – bir so‘z turkumiga tegishli bo‘lgan, o‘z ma’nosida jins va tur alomatlarini saqlaydigan, mavhumlikning bir xil sathiga aloqador bo‘lgan va denotativ yoki ma’noning uslubiy komponentlari bilan farq qiladigan til birligidir.Uslubiy tadqiqot uchun shu narsa favqulodda muhimki, sinonimik munosabatlar faqatgina til tizimida mavjud bo‘lmasdan, balki u ham til birliklarining uslubiy 7 Nizomjonov H. Oybekning sinonimik vositalar ustida ishlashi haqida. («Navoiy» romani materiallari asosida), «O‘zbek tili va adabiyoti» jurnali, 1985, ¹ 3. 24-28-betlar. [11] tarmoqlanishida ishtirok etadigan, ham muomala jarayonida uslubiy vazifalarni bajaradigan barcha til sathlari birliklari hisobiga yaratiladigan matnda ham paydo bo‘ladi. Bu xildagi sinonimlar matniy sinonimlar deyiladi».Sinonimlik hodisasi ham dastlab leksik sathda o‘rganilgan bo‘lsa-da, keyinchalik morfologik va sintaktik sinonimlar ham mavjudligi aniqlanadi. Barcha sathdagi sinonimlarga quyidagi ta’rifni berish mumkin: “Sinonimlar bir umumiy ma’no-mazmunga ega bo‘lgan lekin emotsional-ekspressiv hamda funksional jihatdan farqlanuvchi til birliklaridir”. Sinonimlik variantlilikdan farqli ravishda fonetik sathda mutlaqo uchramaydi. Leksik sinonimlar semadagi ma’no bo‘yog‘ining darajalanishi, uslubiy xoslanishi, ba’zan salbiy-ijobiy bo‘yoqqa egaligi bilan farqlanadi. Nafaqat sinonimlar, balki boshqa lug‘aviy birliklarning semantik darajalanishi uchun ham ular kamida uchta bo‘lishi kerak. Ular orasida uslubiy betaraf, semantik bo‘yoqlarsiz so‘z shakli markazdan o‘rin oladi va domen, ya’ni dominant so‘z bo‘ladi. Semantik bo‘yoqdorligi salbiy bo‘lganlari chapdan, ijobiylari esa o‘ngdan tartib bilan joylashtiriladi. Download 158.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling