Sinonimiya va darajalanish munosabati


  Kelishiklar va ko‘malchilar orasidagi sinonimlik


Download 158.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana18.06.2023
Hajmi158.59 Kb.
#1573864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
madinaxon kurs ishi 222 (2) (2) (3)

1.3. 
Kelishiklar va ko‘malchilar orasidagi sinonimlik
Sinonimlik deyarli barcha kelishik shakllarida oʻzaro boshqa kelishik shakli bilan,
shuningdek, koʻmakchilar bilan almashina olishda namoyon boʻladi. Ayniqsa,
chiqish kelishigi shakli barcha kelishiklar oʻrnida qoʻllanilishi, hatto
koʻplabkoʻmakchilar bilan oʻrin almasha olishi mumkin. Malakaviy ishda ushbu
hodisalaratroflicha oʻrganildi. Uning ilmiy yangiligini quyidagilar tashkil etadi:
1. Bosh kelishik shakli:
– chiqish kelishigi bilan ma’nodosh boʻla oladi:Masalan: Bu sumkadan sizda ham
bor ekan-da. Demak, ega faqat bosh kelishikdagi soʻz bilan emas, shartli ravishda
chiqish kelishigidagi soʻzlar ham ifodalanadi. Ammo sumkadan bor jumlasiga
nisbatan boshqaruvli soʻz birikmasi emas, predikativ aloqa sifatida qarash oʻrinli. 
[12]


2. Qaratqich kelishigi shakli:
– chiqish kelishigi bilan ma’nodosh boʻla oladi. Bunda qaratqich kelishigidagi soʻz
koʻp miqdordan o‘z miqdorni ajratib ifodalash, belgiga ta’kid berish, butunning
qismini ifodalash ma’nosida keladi: Qizlarning eng kichigi xonadan birinchi boʻlib
chiqdi – Qizlardan eng kichigi xonadan birinchi boʻlib chiqdi. Koʻchalardan
toʻrttasiga kirib chiqdik – Koʻchalarning toʻrttasiga kirib chiqdik. Bolalardan
ikkitasi orqada qoldi – Bolalarning ikkitasi orqada qoldi. 
3.Tushum kelishigi shakli:
–tushum kelishigi shakli quyidagi kelishiklar bilan o‘rin almashinishi mumkin:
Chiqish kelishigi: Yigit choydan ichib gaplashib o‘tirdi – Yigit choyni ichib
gaplashib oʻtirdi. Joʻnalish kelishigi: Gapingizni tushunmayapman–gapingizga
tushunmayapman. Har ikki holatda ham tushum kelishigi bilan sinonim boʻlgan
soʻz vositasiz toʻldiruvchi boʻlib keladi, soʻz birikmasi sifatida boshqaruvli
birikma hisoblanadi.

Download 158.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling