Синяя Диагональные Блоки Базовая Простая Презентация


Download 0.5 Mb.
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1285867
Bog'liq
Синяя Диагональные Блоки Базовая Простая Презентация


Navoiy Davlat Konchilik universiteti ----guruh talabalari Sirojova Saxovat va Aliqulova Umida tomonida ------ fanidan tayorlagan slaydi.

Mavzu:Tog' jinslarining kimyoviy va fiziki xususiyatlari.


Reja:
1) Tog’ jinslari haqida umumiy tushuncha.
2) Tog’ jinslarining xususiyatlari.
3) Tog' jinslarining kimyoviy va fiziki xususiyatlari.

1-Reja:Tog’ jinslari haqida umumiy tushuncha.

Togʻ jinslari - Yer poʻstini tashkil qiluvchi, mustaqil geologik jism hosil qiluvchi doimiy tarkibga ega boʻlgan tabiiy mineral agregatlardir. "Tog’ jinslari" termini hozirgi maʼnoda 1798 yildan beri ishlatilib kelinadi. Odatda tog’ jinslari deb faqat qattiq jismlarni tushuniladi, keng maʼnoda esa ularga suv, neft va tabiiy gazlar ham kiradi. Tog’ jinslarining kimyoviy va mineral tarkibi bilan bir qatorda, struktura va teksturasi ham muhim diagnostik belgi hisoblanadi. Tog’ jinslaridagi minerallar foizi, ularning mineral tarkibini aniqlaydi. Kelib chiqishiga qarab ular 3 guruhga boʻlinadi: magmatik (otqindi), choʻkindi va metamorfik jinslar . Yer poʻstining 90% ga yaqin qismi magmatik va metamorfik, qolgan 10% choʻkindi togʻ jinslaridan iborat, ammo yer yuzasining 75% maydonini choʻkindi togʻ jinslari egallaydi. Tog’ jinslariningning kelib chiqishida mineral tarkibidagi farqi, ularning kimyoviy tarkibi va kimyoviy xususiyatlarida oʻz aksini topgan.


Tog` jinslari.

2-Reja:Tog’ jinslarining xususiyatlari.


Tog‘ jinslarini tarkibi. Xossa va hususiyatlari ularni qanday yo‘l bilan (magmatik, cho‘kindi, metatorfik) hosil bo‘lganligiga, ular tarqalgan hududlarni eng avvalo tektonik, gemorfologik, klimatik, gidrogeologik sharoitiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. SHu bilan birga odamlarning injenerlik, xo‘jalik faoliyatlari (erlarni o‘zlashtirish, suv omborlari, kanallar, imoratlar, yo‘llar qurish va b.q.) oqibatida er sathining tabiiy tuzilishi, er osti suvlarining tabiiy holatini (sathi oqish yo‘nalishi, oylik va yillik rejimi va x.k.) o‘zgarishi o‘z navbatida tog‘ jinslarini tabiiy strukturasini,namligini o‘zgarishiga ta’sir etadi. O‘z navbatida tog‘ jinslari er osti suvlarini ximiyaviy tarkibiga xossa va hususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, tog‘ jinslarini tashkil qilib turgan mineral zarralarning o‘lchamiga (kattakichikligiga), shakliga, ularni bir-birlariga nisbatan joylashish holatiga qarab er osti suvlarining harakat tezligi va qator hususiyatlari ham har xil bo‘lishi mumkin

3-Reja: Tog' jinslarining kimyoviy va fiziki xususiyatlari.


Togʻ jinslarining kelib chiqishida mineral tarkibidagi farqi ularning kimyoviy tarkibi va kimyoviy xususiyatlarida oʻz aksini topgan. Asosan, silikatli minerallardan iborat magmatik Togʻ jinslarining kimyoviy tarkibida kremniy kislota koʻp boʻladi. Tarkibidagi SiO2 miqdoriga qarab magmatik Togʻ jinslari nordon (65% dan ortiq), oʻta (55—65%) va asosli (50% dan oz) jinslarga boʻlinadi. Bundan tashqari, tarkibida SiO2 juda koʻp boʻlgan (75% dan ortiq) oʻta nordon va juda kam (40% dan kam), lekin, magniy oksidiga boy — oʻta asosli jinslar buladi. Ishqorli metallarga boy jinslar ishqorli jinslar deyiladi. Choʻkindi Togʻ jinslarining kimyoviy tarkibi magmatik jinslarnikidan differensiyalanganligi, jins hosil qiluvchi komponentlar tarkibining turlicha boʻlishi, suv, karbonat kislota, organik uglerodning koʻp miqdorda boʻlishi bilan farqlanadi. Metamorfik Togʻ jinslari tarkibiga koʻra, choʻkindi (tub jins) jinslarga yeki magmatik jinslarga yaqin turadi, qayta kristallanish va metasomat jarayonida koʻpgina rudali elementlar jamlanib rudali konlar hosil qiladi.
Togʻ jinslari zichlik, elastiklik, pishiqlik, issiklik, elektr va magnit xususiyatlariga ega. Togʻ jinslarining xususiyatlari ularning mineral tarkibi, tuzilishi va tashqi sharoitiga bogʻliq. Gʻovaklik va darzlik Togʻ jinslari xossalarini aniklaydigan muhim parametrlardir. Gʻovakchalar qisman suyuqlik bilan toʻlgan boʻlishi mumkin, shuning uchun Togʻ jinslarining xossalari kattik., gazsimon va suyuq fazalarning xususiyatlari va ularning nisbiy miqdoriga ham bogʻliq. Gʻovaklik va darzlik Togʻ jinslarini neft va suv kollektori sifatida baqolashda, hamda ularning buloqqa, burgʻi qudugʻi va boshqalarga oqib kelish tezligini aniklashda muhimdir. Togʻ jinslarining namlik va gaz sigʻimi, suv va gaz oʻtkazuvchanligi ham ularning gʻovakliligi bilan aniqlanadi. Magmatik Togʻ jinslarida gazli boʻshliklar miqdori 60— 80% ga yetadi (mas., pemza va pemza tuflari). Choʻkindi Togʻ jinslarida choʻkindi hosil boʻlish jarayonida gʻovakchalar vujudga kelib, sementlanish vaqtida berkilishi yoki saklanib qolishi mumkin. Metamorfik Togʻ jinslarida gʻovakchalar kam buladi, faqat yoriklar (darzliklar) boʻlib, ular jinslar soviyotganda paydo boʻladi. Togʻ jinslarining zichligi ularning gʻovakligi va mineral tarkibi bilan bogʻliq. Rudali minerallar yuqori zichlikka ega (mas., piritda — 5000 kg/m3 gacha, galenitda 7570 kg/m3gacha); choʻkindi togʻ jinslari minerallarining zichligi kam (mas., tosh tuzining zichligi 2,2 g/ sm3). Togʻ jinslarining issiklik sigʻimi, xajmning issiklikdan kengayish koeffitsenti va boshqa birinchi galda ularning mineral tarkibi bilan aniklanadi. Togʻ jinslarining mustahkamlik, taranglik xususiyatlari issiklik va elektr utkazuvchanligi, asosan, jinslarning tuzilishi va ayniqsa donachalarnin.

7 из 7

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

  • G‘. U. Yusupov. B.M .Xolbayeb Gealogiya va Gidragealogiya asoslari.
  • O`zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005)
  • maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling