51.Halqali chuvalchanglar nechta kenja tipga bo`linadi(belbog`li va belbog`sizlarga)?
Belbog‘chalilar (Clitellata) taksoni. Kam tuklilar (Oligochaeta) sinfi vakillari va tarqalishi.
Belbog’lilar – Clitellata asosan kam tukli chuvalchanglar va zuluklar bo’lib, ularning barchasida tanasining oldingi qismida alohida zona (belbog’li) bo’lishi bilan harakterlanadi.
Kam tukli yoki oz qilli halqali chuvalchanglar – chuchuk suvlarda, chirindi ko‘p zax joylar, ekinzorlar, yaylovlar tuprog‘ida hamda dengizlarda tarqalgan. 3500 ga yaqin turi bor. Qilchalar soni kam. Hammasi deyarli qo‘sh jinsli, jinsiy organlari tanasining bosh qismida joylashgan, pilla qo‘yib ko‘payadi.
Yomg‘ir chuvalchangi tuzilishi va hayoti. Yomg‘ir chuvalchangi: chirindilari ko‘p zaxroq joylarni, ko‘pincha ariqlarning atrofi yoki nam ko‘p bo‘lgan tuproq ostini kovlab hayot kechiradi. Gavdasi 10-30 sm uzunlikda bo‘lib, qizg‘ich shilimshiqli (buni shilimshiqli) teridagi maxsus ho‘jayralar ajratib chiqaradi. Yomg‘ir chuvalchangini bahor va yoz oylarida ko‘plab uchratish mumkin. Yomg‘irdan so‘ng yer yuziga chiqqani uchun shu nom berilagn.
Yomg‘ir chuvalchangini yelka (orqa) tomoni qoramtir, qorin tomoni esa oqishroq, bosh va dum tomonlari bir oz ingichkalashgan bo‘ladi. Bosh tomoni yo‘g‘onlashgan.
Kamar segmentlari bor. Bu kamar ko‘payish vaqtida rol o‘ynaydi. Gavdasi (100-120 ta) segmentga bo‘lingan. Gavdasining birinchi segmentida og‘iz teshigi, ohirgi segmentida esa chiqaruv teshigi joylashgan. Har qaysi bo‘g‘imda sakkiztadan tuklar mavjud. Yomg‘ir chuvalchangining gavdasi bir-biriga zich yondashgan bir qavat ho‘jayralar bilan qoplangan.
Chuvalchang terisining ustki qismi, kutikula bilan qoplanib, uning ostidagi bir qavatli epiteliyaga halqali muskullar, ularga esa juda yaxshi rivojlangan cho‘ziq muskullar rivojlangan. Kutikulada bir ho‘jayrali shilimshiq bezlar juda ko‘p bo‘ladi. Kutikula yomg‘ir chuvalchangini ichki organlarini tashqi muhitdan saqlasa, shilimshiq modda terini qurishdan saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |