Sipunkulidlar (Sipuncula) yer yuzida 150


Nemertinalar -nemertini sinfi


Download 140.89 Kb.
bet2/37
Sana19.06.2023
Hajmi140.89 Kb.
#1625347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
feruzbek034

Nemertinalar -nemertini sinfi
Tashqi tuzilishi. Tanasi cho’ziq, odatda silindr shaklida, ba’zan dorzo-ventral (orqa-qorin) yo’nalishda yassilashgan. Kattaligi 1-2 smdan 2 m gacha, ba’zan 30m ga yetadi. Ko’pchigi qoramtir tusli, ba’zi vakillari yashil, qizil, pushti yoki chipor tusda bo’ladi. Og’iz teshigi tanasi oldingi qismining qorin tomonida joylashgan. Tanasining eng uchki qismida joylashgan teshigidan uzun xartumi dumbadan chiqarilib turiladi. Tanasi xilpillovchi epiteliy bilan qoplangan. Epiteliy ostida bazl membrana, uning ostida esa muskullarjoylashgan. Bir gurux nemertinalarda muskullar tashqi halqa va ichki bo’ylama qavatlardan iborat. Boshqalarda halqum muskullar bilan birga epiteliy orasida yana bitta bo’ylama muskullar qavati joylashadi. Bundan tashqari orqa-qorin muskullar boylami ham rivojlangan. Ichki organlar oralig’I g’ovak parenxima bilan to’lgan.
Ichki tuzilishi. Ichagi to’g’ri nay shaklida bo’lib, tana bo’ylab joylashgan. Ectodermal oldingi ichak qizilo’ngach deyiladi. Endodermal o’rta ichakning ikki yonida yon o’simtalar, ya’ni cho’ntakchalar hosil bo’ladi. Orqa ektdermadan kelib chiqqan bo’lib, anal teshigiga ochiladi. Nemertinalar yirtqich hayot kechiradi, mayda hayvonlar (chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar) bilan oziqlanadi. Xartumi yordamida o’ljasini tutadi. Lekin xartum hazm qilish sistemasi bilan bog’liq emas. U tanasining orqa tomonida joylashgan maxsus qin ichiga joylashgan naydan iborat. Xartum qin ichiga xuddi qo’lqopning teskari ag’darilgan barmoqlari singari kirib turadi. Qinning muskullari qisqarganida xartum qo’lqopning barmoqlari singari qayta ag’darilib tashqariga chiqariladi. Bir qancha nemertinalar xartumida ignaga o’xshash o’tkir stelet bo’ladi. Qurollanmagan nemertinalar xartu zaxarli secret ishlab chiqaradi. 
Chuchuk suvda yashovchi bitta turda tashqari barcha nemertinalar dengizlarda hayot kechiradi. Asosan, mu,tadil iqlimda va arktika suvliklarida, dengizning soxil yaqinidagi qum tashloq tubida yashaydi. Ayrim turlari suv qa’rida suzib yuradi. Bunday turlarning tanasi kalta, tanasining keyingi qismi kengayib suzgichga aylangan. Ayrim nemertinalar krablar va molyuskalar tanasida parazitlik qiladi. Shimoliy dengizlarda Malacobdella nemertinasi iki pallali mollyuskalar mantiya bo’shlig’ida parazitlik qiladi. Uning tanasi keying qismida kuchli so’rg’ichi bo’ladi. 

Download 140.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling