Sipunkulidlar (Sipuncula) yer yuzida 150
Echiura va Sipuncula tiplari vakillari xilma-xilligi va filogeniyasi
Download 140.89 Kb.
|
feruzbek034
4. Echiura va Sipuncula tiplari vakillari xilma-xilligi va filogeniyasi.
Exuridalar - dengiz va okeanlarning tubida, sohil doirasidan tortib okeanning katta chuqurliklari – abissal zonasida qum va baliq yorib hayot kechiruvchi chuvalchanglardir. Echiura larning150 turi ma’lum. Bularning tashqi ko‘rinishi yuqorida ko‘rib o‘tilgan halqalilarga o‘xshamaydi. Tanasi qopchiqsimon, bosh tomonda uzun xartumchasi bor. Tanasida segmentlar saqlanmagan, ikkilamchi tana-selom bo‘shlig‘i umumiy ichki bo‘shliqni tashkil etadi. Lekin, exiuridalarning hamma avlodlarida teri qilchalarining oz bo‘lsada, mavjudligi, bir necha juft nefridiya “voronkacha” larining bo‘lishi, qon aylanish sistemasining tuzilishi va xususan troxofora lichinkalari shaklida rivojlanishi bularning halqalilar avlodi ekanligini dalolat beradi. Exiuridalarning 20-30sm gacha kattalikdagi qopchiqsimon tanasi hamma vaqt deyarli qum yoki balchiqli dengiz tubida maxsus “joy”ga botgan holda joylashib ko‘pincha kam harakat bo‘ladi. Tananing bosh tomonidagi uzun “xartum” o‘simtasi esa juda harakatchan; bu exiuridaning oziq oluvchi va nafas oluvchi organidir. Bonsila viridis degan turda 1 m uzunligidagi xartumning uchi ayri-ikkiga ajralgan bo‘lsa, exiurus, talassema kabi avlodlarida xartum kalta, ba’zilarida bu organ bo‘lmaydi. Xartumning ichki (qorin) tomoni ariqchalik, u mayda kiprikchalar bilan qoplangan, uning pastki qismi og‘izga tutashgan. Exiuridaning qoirn tomonida “bosh”dan pastigacha cho‘zilgan ariqcha chizig‘iga qarab, qorin tomonini aniqlash oson. Shu tomonda og‘izga yaqin qorin qilchalari va jinsiy yo‘llarining teshikchalari joylashgan. Tananing nastki qismida anal teshigi, uning atrofida-anal qilchalari bor. Exiuridalarining teri-muskul xaltasi sirtqi kutikula, epiteliya qavati, halqali va cho‘ziq muskullar ham ichki seloteliya hujayra qavatlaridan tarkib topgan. Bundan boshqa ularda ko‘ndalang-qiya muskullar ham bo‘ladi. Ikkilamchi tana bo‘shlig‘i bitta katta selomdan iborat bo‘lib, u maxsus tana suyuqligi bilan to‘lgan. Mazkur bo‘shliqning oldingi qismida bir-ikki juft nefridiya voronkachalari bor; ular jinsiy mahsulotni chiqarishga xizmat etadi. Xitonlar (Polyplacophora) sinfi vakillari Xitonlar yoki pansirli mollyuskalarni birlashtiradi. Suv ostidagi qattiq substratga yopishib yashaydi. Chig’anog’i 8 ta yonma - yon joylashgan.Yassi plastinkalardan tuzilgan muskulli oyog’i keng va yupqa shaklda. Bu substratga maxkam yopishish uchun hizmat qiladi. Hozirgi paytda 800 ta turi uchraydi. Ichki organlari tuzilishi tipik mollyuskalarga xos. Xitonlarni ko’pchilgi toshlarga yopishgan holda yashaydi, suv o’tlari va boshqa organizmlar bilan oziqlanadi. Download 140.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling