Sipunkulidlar (Sipuncula) yer yuzida 150


Halqali chuvalchanglar nechta kenja tipga bo`linadi(belbog`chalilar va belbog`chasizlar)?


Download 140.89 Kb.
bet7/37
Sana19.06.2023
Hajmi140.89 Kb.
#1625347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
Bog'liq
feruzbek034

8.Halqali chuvalchanglar nechta kenja tipga bo`linadi(belbog`chalilar va belbog`chasizlar)?

Halqali chuvalchanglar (AppePya) — umurtqasiz hayvonlar tipi. 8 mingga yaqin turi maʼlum. Gavdasi bir necha mm dan 3 m gacha (tro-pik yomgʻir chuvalchangi). Segment (hal-qa)larga boʻlingan tanasi ikki tomonlama simmetriyali. Har bir segmentda qilli oʻsimta — parapodiyalar bor.Qon aylanish sistemasi birinchi boʻlib halqali chuvalchanlarda rivojlangan hisoblanadi. Qon oʻtkazish sistemasi yopiq. Teri, baʼzilari jabra orqali nafas oladi.Terisi shilimshiq modda ishlab chiqaruvchi bezlardan iborat. Chiqarish organi nefridiyalardan iborat. Bosh miya, halqum osti gangliyasi va qorin nerv zanjirlari nerv sistemasini tashkil etadi. Ayrim jinsli yoki germafrodit (qarang Ger-mafroditizm). 4 sinfi: koʻp tukli chuvalchanglar, kamtukli halqalilar, zuluklar va exiuridlar bor.
9.Onixoforalar qanday organizm (qadimgi namlikni qorong`ulikni sevuvchi organizmlar)?


Onixoforalar (Onychophora), birlamchi traxeyalar (Protracheata) — umurtqasiz hayvonlar tipi. Tanasi boʻgʻimlarga boʻlingan (13 tadan 43 tagacha), qurtga oʻxshash, uz. 15 sm gacha, yupqa kutikula bilan qoplangan. Boʻgʻimlarida 1 juftdan kalta, xitin tirnoqli sodda tuzilgan oyoqlari bor. Boshi gavdasidan aniq ajralmagan, unda ogʻzi, 1 juft uzun moʻylovlari, ular orasida 1 juft koʻzlari joylashgan. Gavda boʻshligʻi aralash, bosh miyasi 3 boʻlimdan iborat, qorin nerv stvoli 2 ta. Nafas olish organlari — kuchsiz rivojlangan traxeya naychalari. Qon aylanish sistemasi tutash emas, hazm qilish sistemasi nayga oʻxshash. Ayirish organlari oyoklari asosiga ochiladigan naychalardan iborat. Ayrim jinsli, koʻpchiligi tirik tugʻadi. 1 ta sinfi — onixoforalar, 70 ta turi bor. Janubiy yarim sharning tropik va moʻʼtadil iqlimli oʻrmonlar toʻshalmasida yashaydi. Yirtqich, ogʻiz soʻrgʻichlari aj-ratib chiqaradigan yopishqoq shilimshiq modda yordamida oʻlja tutadi. Ilgari O.ga halqali chuvalchanglar bilan boʻgʻimoyoklilarni bogʻlab turadigan oraliq formalar sifatida qaralgan. Hozir ular halqali chuvalchanglardan ajralib chiqqan hayvonlarning mustaqil tipi hisoblanadi.



Download 140.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling