13.Onixoforalarning erkagi necha yoshda jinsiy xayotga kirishadi(1.4 oylik, 3 oylik)?
Onixoforalar – ikki tomonlama simmetriyali yer usti chuvalchangsimon hayvonlardir. Onixoforalar tuzilishining umumiy belgilari ularni halqali chuvalchanglarga emas, bo’g’im oyoqlilarga yaqin qoyiladi. Onixoforalarning qayd etilgan 110 turi Janubiy Yarim sharning tropik va mo’tadil zonasida uchraydi. Onixoforalar tungi hayvon hisoblanadi. Onixoforalar bir tomondan halqali chuvalchanglarga ikkinchi tomondan ko’p oyoqlilar va hasharotlarga o’xshab ketadi. Olimlarning aniqlashicha onixoforalar paliozoy erasida dengizda yashagan halqali chuvalchanglar ajdodlaridan rivojlangan.Paleontologlarni fikricha hozirgi kunda qazilma holda uchrovchi ko’p tukli dengiz halqali chuvalchanglarini quruqlikda yashovchi avlodlardan rivojlangan.
14.Nemertinlar dastlab qachon va qaysi olim birinchi bo`lib aniqlagan?
Nemertinalar (Nemertini) - deyarli barcha turlari dengizlarda yashay-digan umurtqasiz hayvonlar tipi. Gav-dasi bilaterial simmetriyali, chuvalchangsimon, kiprikli epiteliy bilan qoplangan. Tana boʻshligʻi boʻlmaydi; ichki organlari oraligʻi parenximadan iborat. Tanasi yassi. Qon aylanish sistemasi yaxshi rivojlangan, tutash. Nafas sistemasi yoʻq. Nerv sistemasi bosh miya va 3 ta boʻylama nerv poyasidan iborat. Boshining oldingi uchida hartumchasi bor. Hartumcha ogʻiz yonidagi maxsus chuqurchaga tortib olinishi mumkin. Ovqat hazm qilish sistemasi ogʻiz teshigidan boshlanib, anal teshigi bilan tugaydi. Ayrim jinsli, tuxum qoʻyib koʻpayadi. Tuxumdan pilidiy lichinkasi chiqadi. Jinssiz fragmentatsiya yoʻli bilan ham koʻpayishi mumkin. Deyarli barcha N. yirtqich; boʻgʻimoyoklilar, mollyuskalar va baliqlar bilan oziqlanadi. Ayrim vakillari parazit yoki kommensal. Bu tipga bitta — ne-mertinalar sinfi kiradi. 800 ga yaqin turi maʼlum. 30 turi chuchuk suvlarda va 10 turi quruk/shkda tarqalgan. Uz. 0,5 mm dan 30 metrgacha va undan ham koʻproq (60 m gacha). Kengligi 9 mm gacha.
Do'stlaringiz bilan baham: |