Sipunkulidlar (Sipuncula) yer yuzida 150


Xitonlarning nerv sistemasi qanday tuzilgan(polixetalar nerv sistemasidek tuzilgan)


Download 140.89 Kb.
bet37/37
Sana19.06.2023
Hajmi140.89 Kb.
#1625347
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
feruzbek034

58.Xitonlarning nerv sistemasi qanday tuzilgan(polixetalar nerv sistemasidek tuzilgan)


59.Molluskalar tipining yonbosh nervlilar kenja tipiga ta`rif bering?


Yonbosh nervlilar (Amphineura) kenja tipi. Bu kenja tipga kattaligi bir necha mm dan 
35 sm gacha bo‘lgan bi8lateral simmetriyali molluskalar kiradi. Chig‘anog‘i o‘zaro harakatchan 
tutashgan plastinkalardan iborat. Tanasini orqa tomondan yopib turadi. Ko‘zlari, 
paypaslagichlari, statotsistlari bo‘lmaydi. Nerv sistemasi tana boylab o‘tgan ikki juft nerv 
stvolidan iborat. Yonbosh nervlilar qalqondorlar (xitonlar) va qalqonsizlar (egatcha qorinlilar) 
sinflariga ajratiladi. 
Yon nervlilar (Amphineura) - tuban mollyuskalar kenja tipi. Chigʻanogʻi oʻzaro harakatchan birikkan 8 ta plastinkadan iborat yoki boʻlmaydi. Nerv sistemasi halqum atrofi nerv halqasi va undan ketadigan ikki juft boʻylama nerv poyalari, jumladan ikkitasi plevrovitseral nervlar tana boʻylab jabra (galsama) egatchalari ustida, ikkitasi (pedal) nervlar oyogʻi ustida joylashgan. Yo. n. sovutlilar va egat qorinlilar sinflariga boʻlinadi. Yo. n. orasida xitonlar dengizlarning sohilga yaqin joylarida keng tarqalgan. Xitonlar yassi oyoklari yordamida toshlarga yopishib hayot kechiradi. Egat qorinlilar sinfiga dengiz tubida yashovchi chuvalchangsimon, sodda tuzilgan yirtqich mollyuskalar kiradi. Tanasining uz. 30 sm ga yetadi. Yon nervli mollyuskalardan Neomenia va Chaetoderma urugʻlari keng tarqalgan
60.Zulluklarda necha juft metanefridiylardan iborat(17 juft)?
Zuluklar (Hirudinea) — halqali chu-valchanglar tipining sinfi. Tanasining uz. bir necha sm dan 15 sm gacha, baʼzan undan ham uzunroq. Tanasi orqa va qorin tomondan yassilashgan, baʼzan silindrsimon, 33 ta tashqi hal-qadan iborat. 3. tanasining tashki hal-qalari soni ichki halqalari soniga teng boʻlmaydi, odatda, har bir ichki halqaga 3—5 ta tashqi (ikkilamchi) halqa toʻgʻri keladi. 400 ga yaqin turi chuchuk suv havzalari va dengizlarda tar-qalgan. Koʻpchilik 3. ning 2 soʻrgʻichi boʻlib, ulardan biri tanasining ol-dingi, ikkinchisi keyingi qismida joylashgan. Ogʻiz teshigi soʻrgʻich yoki Hartum bilan oʻralgan. 3. yirtqich (hartumli 3.) yoki parazit (jagʻli 3.) hayot kechiradi. Yirtqich 3. mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziklanadi, parazit 3. turli umurtqali hayvonlar va odam qonini soʻradi. Jagʻli 3. ichagining yon tomonidagi juda keng xaltalariga koʻp qon soʻrib oladi. 3. soʻlagi tarkibidagi girudin qonni ivitmaydi. 3. terisi orqali nafas oladi. Ayirish sistema-si — metanefridiylar. Jagʻli 3. ning qon aylanish sistemasi kon tomirlari devori epiteliysi boʻlmasligi bilan boshqa halqali chuvalchanglardan farq qiladi, qon tomiri tana boʻshligʻi qol-digʻidan hosil boʻladi. 3. germafrodit, urugʻlangan tuxumlarini pilla ichiga qoʻyadi. Lichinkasi pilla ichida oʻzga-rishsiz rivojlanadi. 2 kenja sinf: qad. (Archihirudinea) va haqiqiy 3. (Euhiru-dinea) ga boʻlinadi. Haqiqiy 3. hartumli (Rhynchobdellida) va jagʻli 3. (Gna-tobdellida) turkumlariga boʻlinadi. Tibbiyot 3. (Hiruda medicinalis) dan tromb hosil boʻlishi bilan bogʻliq qon tomirlari kasalliklari (gipertoniya, sklerozning boshlangʻich davrlari, insult va b.) ni davolashda foydalaniladi. Tibbiyot 3. maxsus zavodlarda koʻpaytiriladi. Ayrim 3. baliklarga jiddiy zarar yetkazadi. Oʻrta Osiyo suv xavzalarida chigʻanokli 3.(Glossiphoniacomplanata), soxta ot 3. (Haemopis sanguisida), turkiston 3. i (Limnatus turkistanica) uchraydi. Seylon va Zond arxipelagi tropik oʻrmonlarida quruklikda yashov-chi 3.(Haemodipsaceylomca) odam va sut emizuvchilar qonini soʻradi.


61.Nemertinlarning tanasi qanday tuzilga(segmentlashmagan)?
Download 140.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling