Sirdaryo viloyati Sardoba tumani xtbga qarashli 11- sonli umumiy o’rta talim maktabining “Fizika” fani o’qituvchisi Boboqulov Mansurjon Madaminjonovichning
Download 78.7 Kb.
|
Temperaturadan 9-sinfga
Issiqlik muvozanati. Temperatura haqidagi bu yuzaki tasavvurlarga aniqlik kiritish va kengaytirish zarur.
Agar temperaturalari har xil bo'lgan ikkita jismni bir-biriga tekkizib turilsa, tajribadan ma'lum bo'ladiki, biror vaqt o'tgandan so'ng jismlarning temperaturalari bir xil bo'lib qoladi. Bunda issiqroq jism temperaturasi kamayadi, sovuqroq jism temperaturasi esa ortadi. Masalan, agar issiq metall sharni sovuq suvga tushirilsa, u holda biror vaqtdan so'ng shar va suv bir xil temperaturaga ega bo'ladi. Moddalarning issiqlik almashinishi natijasida temperaturalari tenglashishiga issiqlik muvozanati deyiladi. Issiqlik muvozanati holatida bo'lgan sistemaning hamma qismlarida temperatura ayni bir qiymatga ega bo'ladi. Bu issiqlik muvozanatini gazlarda ham qo'Ilash mumkin. Masalan, 5-a, rasmda tasvirlangan idishning o'ng tomonidagi gazni idishning chap tomonidagi gazga qaraganda juda yuqori temperaturagacha isitib, isitkich va gazlarni ajratib turgan to'siq olib qo'yilsa (5-b, rasm), biror vaqtdan so'ng butun idishdagi gaz temperaturasi bir xil bo'ladi. Shunga o'xshash ko'pgina kuzatishlardan issiqlik almashinishida bo'lgan jismlar temperaturasi tenglashadi deb xulosa chiqarish mumkin. Xalqaro birliklar sistemasida temperaturaning absolyut shkalasi qabul qilingan. Ya'ni gaz hajmi o'zgarmas bo'lganda bosim nolga intiladigan temperatura, yoki gaz bosimi o'zgarmas bo'lganda hajmi nolga intiladigan temperatura qabul qilingan. Bu temperatura absolyut nol (°K) temperatura deb ataladi. Bu mumkin bo'lgan temperaturalarning eng quyisi bo'ladi. Absolyut noldan boshlab hisoblanadigan temperatura temperaturaning termodinamik shkalasi yoki Kelvin shkalasi deyiladi. Temperaturaning absolyut shkalasida manfiy temperatura bo'lmaydi. Mazkur shkala bo'yicha absolyut nol— 273°C ga teng (aniqrog'i — 273,16°C). Kelvin shkalasida ternperaturani T orqali belgilanadi. Selsiy shkalasidagi t temperatura Kelvin shkalasidagi temperatura bilan quyidagicha bog'langan: T=t+273
6-rasm. Selsiy va Kelvin shkalasi 6-rasmda ko'rsatilgan va biridan ikkinchisiga o'tish nisbatlari berilgan. Download 78.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling