Sirtqi bo’lim Iqtisodiyot kafedrasi
-rasm. Tadbirkorlik faoliyatining biznes-rejasi
Download 164.41 Kb.
|
Biznes reja mohiyati va vazifalari U.Halilov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi bolim.
- Uchinchi bolim.
1.1-rasm. Tadbirkorlik faoliyatining biznes-rejasi
Biznes-reja tuzuvchilarning diqqat markazida, markaziy, ustuvor masaladan tashqari, boshqa maqsad va vazifalar ham turishi kerak. Masalan, ijtimoiy maqsadlar, tadbirkorlik maqomini ko'tarish, maxsus maqsad va vazifalar, homiylik tadbirlari va boshqalar. Ikkinchi bo'lim. «Biznes-rejaning umumiy xulosasi, asosiy parametr va ko'rsatkichlari» umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo'lib, biznes-reja asosiy g oya va mazmunining qisqacha korinishidir. U rejani ishlab chiqish jarayonida yaratilib, aniqlanadi va biznes-rejani tuzgandan keyin yakunlanadi. Umumlashtiruvchi bo'limda quyidagilar taqdim etiladi: bosh maqsadning loyihasi (bitim); ishlab chiqariladigan mahsulot, tuzilayotgan reja yakunining qisqacha tavsifi va ularning o'zaro farqi; qo'yilgan maqsadlarga erishish yo'l va usullari; loyihani amalga oshirish muddatlari; uni amalga oshirish bilan bog'liq sarf-xarajatlar; kutilayotgan samara va natija;olinganfoydaniqo'llashsohasi. Umumlashgan natija ko'rsatkichlari: umumiy yakunlovchi ko'rsatkichlar (ishlab chiqarish hajmlari, mahsulotning sotilishi, xizmatlarning ko'rsatilishi; sotishdan tushgan mablag ; shaxsiy va zayom sifatida olingan vositalar (samaradorlik); maxsus ko'rsatkichlar (sotilayotgan tovar va ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati, ularning o'ziga xos xususiyati, iste’molchilarnint talabi va didini qoniqtirishi; qilingan xarajatlarning qoplanishi; tavakkalning past darajaliligi; rejalashtirilayotgan natijani olish kafolati). Uchinchi bo'lim. «Tadbirkorning iste’molchiga taqdim qilayotgan mahsulot, tovar va xizmatlarning tavsifi» deb nomlanib, unda quyidagilar taqdim etiladi: tadbirkor ishlab chiqargan mahsulot ko'rsatkichlari yoki uning tavsifi: ta’rifi, modeli, sur’ati va boshqalar; ishbilarmon ishlab chiqargan tovar iste’molchilari va u qoniqtirmo qchi bo'lgan iste’mollar (xaridorning tovarni sotib olishga qodirligi haqida bashorat; tovar sotib oluvchi hudud, aholi guruhi, tashkilotlar haqida ma’lumot; tovarlarni ma’lum vaqt doirasida iste’mol qilishi haqida ma’lumot, tovarga nisbatan talabga ta’sir etuvchi omillar); ishlab chiqarilgan tovarning sotish narxini bashorat qilish. Download 164.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling