Sirtqi bo’limi bt va st ishlari yo’nalishi 22. 09-guruh talabasi Boltaboyeva shoxistaning Tarbiya fanidan


O‘quvchining jamoa bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi uchun o‘qituvchi


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana15.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1478433
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarbiya texnologiyalarining tarixi va kelajagi

O‘quvchining jamoa bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi uchun o‘qituvchi 
quyidagi omillarga e’tibor berishi shart: 
- har bir o‘quvchiga alohida pedagogik topshiriqlar qo‘yish; 
- jamoada o‘zaro xayrixohlik, o‘zaro yordam muhitini shakllantirish; 
- oilaning tarbiyaviy ta’siridan o‘z o‘rnida fodalanish
- o‘quvchilarning o‘zaro aloqalarini kuchaytiruvchi, ijodiy faoliyatini
rivojlantiruvchi faoliyatlarini tashkil qilish; 
- o‘quvchilarga o‘zaro teng, adolatli munosabatda bo‘lish. 
Agar tarbiyaviy vosita, usul va metodlar orqasida yetakchi g‘oya turmasa, 
texnologik tizim va ijtimoiy psixologik munosabatlar tizimi maqsadli tarbiyaviy 
natijalar bermaydi. O‘qituvchining har bir harakati, o‘quvchilarning ma’naviy 
madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Tarbiyachi faoliyati hayotiy meyor va 
qadriyatlar asosida olib borilishi kerak, shundagina, o‘quvchining tarbiya 
jarayonidagi faolligi ta’minlanadi. Dunyoqarashi hali to‘la-to‘kis shakllanmagan 
o‘quvchilar uchun o‘qituvchining hayotiy tajribalari, shaxsiy namunalari ham 
ma’naviy tarbiyaviy ta’sir kuchiga egaligini unutmaslik kerak. Shuning uchun 
o‘qituvchining jamoaga nisbatan diqqat motivlarini shakllantirishda avvalo 
tarbiyachining estetik jihatdan tarbiyalanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalanganlikning yuqori darajasini belgilovchi vosita 
bo‘lib, uning talablarini bir maromda o‘quvchi ongiga singdirib borish uchun har 
bir o‘quvchi, sinf, maktab jamoasi harakat qiladi. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaviy
tizimda ulkan tarbiyaviy maqsadlarga erishish uchun o‘qituvchidan nihoyatda 


mohirona talabchanlik, ijobiy ta’sir etish vositalarining birligiga erishish talab 
etiladi:
- tarbiyada o‘quvchilar jamoasi muhitining birligi;
- o‘quvchilar mustaqilligi va o‘z-o‘zini tarbiyalashning birligi;
- fuqarolik va insoniylikning birligi
- talabchanlik va ishonch birligi;
- o‘quvchi shaxsiga ehtiyotkorona munosabat; 
- jinsiy tafovutlarni hisobga olish; 
- bolalarning axloqiy va jismoniy sog‘ligi haqida qayg‘urish;
- axloq meyorlariga amal qilish.
O‘z-o‘zini anglash. Mamlakatimizda mustaqillikdan keyin joriy etilgan 
“Ta’limning yangi modeli, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning 
shakllanishiga olib keladi. O‘zining qadr qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, 
iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash 
imkoniyatiga ega bo‘lamiz”._ O‘qituvchining vazifasi va burchi tarbiya natijasida 
o‘quvchida milliy qadriyatlarga e’tiqod, milliy mafkura, demokratik qarashlar va 
hayotiy pozitsiyani shakllantirishdan iborat. Tarbiya mazmunining eng muhim 
xususiyatlaridan biri – bu insonning hayotiy jihatdan o‘z-o‘zini anglashi, uning 
shaxsiy hayoti va faoliyati o‘zi yashab turgan muhitning subekti sifatida e’tirof 
etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy jihatdan 
o‘z-o‘zini anglash muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi o‘quvchilarni, o‘z-o‘zini 
tarbiyalashga, ya’ni o‘z ustida ongli, batartib ishlashga o‘rgatsagina tarbiya 
jarayoni samarali natijalar beradi. O‘quvchilarni o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlariga 
ko‘nikma hosil qildirish o‘qituvchining mahoratiga, tarbiyaviy faoliyatni to‘g‘ri 
tashkil etishiga bog‘liq. O‘quvchilar odatda yaqin kishilarining, ba’zan 
o‘qituvchilarining xulq-atvoriga taqlid qiladilar. Shuning uchun o‘qituvchi o‘z 
pedagogik mahoratiga tayanib, o‘quvchi qalbida o‘ziga nisbatan ishonch, mehr 
tuyg‘ularini uyg‘ota olishi lozim. O‘quvchilar o‘qituvchining darsda va hayotda 
o‘zini qanday tutishini, kiyinishi, muomalasini, kishilar bilan o‘zaro munosabatini 
kuzatib boradilar. Bu ham o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalashda ta’sirchan 
vosita hisoblanadi va ijtimoiy mavqeini oshirishning muhim usulidir. O‘quvchilar 
o‘qituvchining bevosita nazoratida ta’lim va tarbiya jarayonida, dam olishda, 
jamoat ishlarida, o‘z-o‘zini tarbiyalash usullariga ko‘nikma hosil qiladilar, bu 
usullar o‘quvchilarni tashabbuskorlikka, mustaqil fikr-mulohaza yuritishga 
undaydi.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling