Sirtqi bo’limi bt va st ishlari yo’nalishi 22. 09-guruh talabasi Boltaboyeva shoxistaning Tarbiya fanidan


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana15.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1478433
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarbiya texnologiyalarining tarixi va kelajagi

Izyumenka. ( Bolalar bilan ishlashning o‘ziga xos ajoyib tomoni.) 
Qatnashuvchilarning treninga qiziqishini uyg‘otish uchun qisqa baxs boshlang
savollar bering, ta’kidlashlarini so‘rang yoki qandaydir faoliyat turini faraz qiling. 
O‘qish qatnashchilarining avvalgi bilimlari va ularning hayotiy tajribalarini 
bog‘lashga harakat qiling. Trening asosida o‘quvchi yoshlarni ma’nviy-axloqiy 
sifatlarini tarbiyalashdagi ahamiyatini tushuntiring. 
Qatnashuvchilar uchun natijalarini ta’kidlash. Qatnashuvchilarga ulardan 
nima kutilayotganligi tushuntiring. Qatnashuvchilar uchun natijalar quyidagi 
savolga javob berishi kerak: “Bu treningdan keyin qatnashuvchilar nimalarni 
bilishini va qilishini xohlamayman?”. 
Trenerning hissasi. Trening uchun kerakli boshlang‘ich ma’lumot va yetarli 
bilimlar (matn, ma’ruza, xujjatlar, o‘qish) va biror faoliyat turini o‘tkazish uchun 
tarbiya jarayonining mazmunini namoyish qiling. 
Interfaol. Interfaol uslub – bu jamoaviy muhokamani tashkil etish, fikrlarni 
erkin aytish, muhokama, tahlil va faoliyatni baholashdir. Umuman treningdagi 
faoliyatning ushbu turida qatnashishning barcha qadamlarini chizib chiqing. 
Ayniqsa, guruhda ishlash uchun aniq va qisqa tushuntirishlar olib boring. 
Tushuntirishini tekshiring va tushuntirishlar bering. 


Treningni to‘liq yakunlashga vaqt yetishi uchun uning har bir qismini diqqat 
bilan tashkil qiling. Treningni o‘tkazish savollari bu yerda muhim ahamiyatga ega 
(guruhni o‘lchovi, guruhga shaxsiy yordam, tushunishini tekshirish). Aynan shu 
narsalar treningni o‘tishiga yordam beradi. Trener mashqlarni bajarish jarayonida 
qatnashuvchilarni topshiriqlarni to‘g‘ri bajarishini kuzatib boradi. 
Debrifing (xulosa) baholash. Qatnashuvchilar o‘zlari yodlagan, o‘rgangan 
yo‘nalishlari bo‘yicha xulosa qiladilar, olingan ma’lumotlar va malakalarni boshqa 
holatlarda, bolalar bilan ishlashda qo‘llashni muhokama qiladilar. 
Bu – treningni baholash qismidir. «Qatnashuvchilar nimani o‘rgandilar?”. 
Trening davomida o‘rganganlari yoki ko‘rsatganlari natijalar bilan mos kelishini 
tekshiring. Tarbiya texnologiyalari asosida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy 
sifatlarini tarbiyalashda treninglarning ahamiyati katta. Masalan o‘quvchilarni 
ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalashda ularning hatti-harakatlaridagi ijobiy 
o‘zaro munosabatlarni to‘g‘ri tanlay olishida muhim o‘rin tutadi. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling