Sirtqi bo’limi bt va st ishlari yo’nalishi 22. 09-guruh talabasi Boltaboyeva shoxistaning Tarbiya fanidan


“Muammoli bola” treningni o‘tkazish texnologiyasi


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana15.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1478433
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarbiya texnologiyalarining tarixi va kelajagi

“Muammoli bola” treningni o‘tkazish texnologiyasi. 
Treningni maqsadi: 
Qatnashuvchilarga muammoli bolalar bilan o‘zaro til topishishning hamda 
ular bilan bo‘ladigan turli vaziyatlarda to‘g‘ri yechimni topishlarga yordamlashish. 
Muammoning mohiyatini aniqlashda malakani shakllantirish. 
Tarbiyaning ba’zi usullari bilan tanishtirish, bolalar va o‘smirlar bilan 
ishlashda ushbu uslublarni to‘g‘ri tanlashni o‘rgatish. 
Muammoli bolalarning paydo bo‘lish sabablari va yetakchi tarbiyachilarning 
ushbu muammoni yechishdagi hatti-harakatlarini to‘g‘ri aniqlashni o‘rgatish.
Guruhdan va kollejdan tashqari ishlar barkamol shaxsni har tomonlama 
kamol toptirish va uni hayotga aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga 
ega. Bu ishlar o‘quvchilar qiziqishiga muvofiq tarzda ko‘ngillilik asosida tashkil 
qilinadi.
Pedagogika kolleji va kollejdan tashqari muassasalarning tashkiliy ishlari, 
mazmun va maqsadini belgilab bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga 
olishni talab etmoqda. Pedagogika kolleji va kollejdan tashqari mazkur tarbiyaviy 
ishlar barkamol shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan 
tavsiflanadi.
Guruhdan tashqari ishlar barkamol shaxsdagi ma’naviy madaniyati, ijtimoiy 
faolligi, ijtimoiy ong hamda ahloqiy odatlarini tarkib toptirishning eng muxim 
omilidir. Bu faoliyat ilmiy jamoa, turli konferensiya va munozaralar, siyosiy, 
ahloqiy, ilmiy ommabop va mehnat mavzularidagi ma’ruza va suxbatlar, ijtimoiy 
foydali mehnat, siyosiy axborot, bayram tadbirlari va hokazolarni o‘z ichiga oladi.
Innovatsion tarbiya texnologiyalaridan tashqari tarbiyaviy ishlarda quyidagi 
ish usullaridan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.


 Og‘zaki ish usullari. Turli axborotlar, majlislar, ertalabki yig‘inlar, 
ma’ruzalar, konferensiyalar, munozaralar, uchrashuvlar.
Amaliy ish olib borish usullari. Turli joylarga sayohatlar, sport musobaqalari, 
olimpiada, yosh tabiatshunoslar shanbaliklar.
Ko‘rgazmali ish usullari. Urush va mehnat qahramonlari xonasi, yangi kitob 
yoki rasmlar ko‘rgazmalari.
Tarbiyaviy ishlar guruh rahbaridan butun qobiliyatini ishga solishi, tinmay 
izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, 
ma’nan yetuk, axloqan pok, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo‘lishlari 
lozim.
Guruh rahbarining faoliyati ko‘p qirrali va sermazmundir. U o‘zi rahbarlik 
qilayotgan gurux o‘quvchilarini tarbiyalash bilan bir qatorda o‘quv yili davomida 
nimalar qilish kerakligini talabalar hayotini nima bilan band qilish va tanlangan ish 
turini qanday amalga oshirishni bexato aniqlash kabiy ancha murakkab muammoni 
yechadi. Bu borada gurux raxbariga turli xil manbalar yordam beradi.
Guruh raxbarining ahloqiy obro‘si g‘oyat darajada yuqori bo‘lishi ham bu 
o‘rinda muhimdir. Guruh rahbari ana shunday tarbiyaviy ta’sir kuniga ega bo‘ladi. 
Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy qiyofasi o‘quvchilar ongining va 
xulqining shakillanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Guruh rahbari uchun malaka va 
ko‘nikmalarga ega bo‘lishini o‘zi yetarli emas. U o‘z tarbiyaviy faoliyatida yuksak 
darajadagi insonparvarlik fazilatlari, o‘z ishiga sadoqati, intizomi, odamiyligi, 
axloqiy sifatlari bilan xam ta’sir o‘tkazadi. Chunki, tarbiyachilik qobiliyati juda 
ko‘p sifatlarni: chuqur bilim, keng fikrliylik, ishga jon dildan ko‘ngil qo‘yishi, 
o‘quvchilarga bo‘lgan cheksiz muhabbat, muomala, nazoktliylik, oqil va 
adolatlilik, vazmin kabi fazilatlarning bo‘lishini taqozo qiladi. Bunga yana 
tarbiyachilmk texnikasi qo‘shimcha ishda muvaffaqiyat ta’minlanishi tabiydir. 
Tarbiyachilik texnikasi gurux rahbarinig asosiy qurolidir.
Guruh rahbari pedagoglar, ota- onalar va talabalarni o‘zaro bog‘lovchi 
shaxs sifatida barcha tomonlarinig nuqtaiy nazarini hisobga olish, harakatlarni bir 
markazga birlashtirish, o‘zaro aloqalarning to‘g‘ri bo‘lishiga ta’sir o‘tkazish va 
ayni vaqitda o‘zining pozitsiyasini aniq ta’minlay olishi kerak. Mana shu fazilatlar 
guruh raxbarinig tarbiyaviy ishlari samarasini oshirishga va uning muvaffaqiyatini 
ta’minlashga garov bo‘ladi.
Guruh rahbarinig va o‘qituvchining asosiy vazifasi har bir talabaning 
fikrlashga o‘rnatishdan iboratdir. Ayniqsa talabalar o‘qish qiyinchiliklarini 
yengish, olingan bilimlarni amalda qo‘llash kabi bilim olish uchun zarur bo‘lgan 
sifatlarini shakillantirish katta ahamiyatga egadir.
Guruh rahbari talim- tarbiyaviy ishlarni yakka o‘zi emas, balki shu guruxda 
dars beruvchiboshqa o‘qituvchilar bilan hamkorlikda hal etadi. O‘quv ishlarida 


guruh rahbarinig va shu guruxda ishlaydigan boshqa o‘qituvchilarninig bir 
yoqadan bosh chiqarib ishlashi, o‘quvchilarga nisbatan yagona talabni amalga 
oshirish va o‘quvchilarining bir- biriga o‘zaro yordamlari ta’lim- tarbiya sifatini 
oshiradi.
Guruh rahbarlari o‘tkazilayotgan ishlarni hamda ularning talabalar tarbiyasi 
ko‘rsatgan ta’sirini har kuni tahlil qilishlari, o‘zlari erishgan yutuqlari 
vamuvaffaqiyatsizliklari sabablarini tushunishga harakat qilishlari, jamoasining 
rivojlanishida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni qayd qilishlari kerak. Shunday qilib, 
rejalashtirishning har bir bosqichiga tayyorlanish muntazam olib boriladi. Jamoani 
va ayrim o‘quvchilarni o‘rganish yuzasidan olib borilgan barcha ishlar yakunida 
guruxga pedagogik tavsifnoma yoziladi. Mazkur tavsifnoma gurux jamoasning 
o‘ziga xos aniq xususiyatlarini hisobga olish imkonini beradi.
Tajribali guruh rahbarlari o‘zining kuzatishlari va xulosalarini alohida 
varaqlarga qisqacha qilib yozib boradi. Bular maxsus jildlarda saqlanadi. 
To‘plangan ma’lumotlar o‘quvchilar jamoasi hayotini, uning erishgan yutuqlari va 
kamchiliklarini keyinchalik taxlil qilish uchun xizmat qiladi. Guruh 
rahbarlari 
o‘quv yili oxirida gurux jamoasning ishini tahlil qilishga aloxida e’tibor beradi. 
Bknda rejada belgilangan vazifalarni qanday hal etilganligini, guruh ijtimoiy 
hayotida qanday ishtirok etganligini, mamlakatimizdagi va chet ellarga qanday 
qaraganligini, amalga oshirilgan ishlardan qaysilari muvaffaqiyatli bo‘lgan va 
an’anaga aylanishi kerakligini, o‘quvchilar o‘rtasida qanday munosabatlar vujudga 
kelganligini, guruh faollarining tashabbuskorligi, mustaqilligi, obro‘ e’tibori va 
boshqa masalalarni atroflicha tahlil qilish muhimdir.
Guruh rahbarlari tajriba orttirgan sari ancha murakkab masalalar bilan qiziqa 
boshlaydi. Uni guruxdagi ishlari qanchalik muvaffvqiyatli o‘tgani emas, balki ular 
talabalarga qanday ta’sir ko‘rsatgan, guruxning ijtimoiy foydali ishlarda ishtirok 
etishi emas, balkiishtirok etish sabablari qiziqtiradi.
Shuni nazarda tutish kerakki, guruh raxbari o‘z guruh jamoasi oldiga 
qo‘yadigan aniq tarbiyaviy vazifalari dastlabki vaqtlarda uncha murakkab 
bo‘lmasligi mumkun.
Masalan, guruh rahbari guruhga kelgandan so‘ng deyarli hamma talabalar 
yaxshi ishlashini, lekin ularning bir biri bilan aloqasi yo‘qligini aniqladi. Bunday 
guruhda shunday bir ish kerakki, bu ish hamma o‘quvchilarni yagona maqsadga 
olib borsin. O‘quvchilar uchun bu vazifa avtomobil zavodi uchun metallom yig‘ish 
va jo‘natish shaklida yetkaziladi. O‘z mazmuniga ko‘ra juda oddiy bo‘lgan bu 
topshiriq o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otadi, ularda temir tersak yig‘ishda bir birlari 
bilan musobaqalashib, uni tezroq bajarish ishtiyoqini hosil qiladi.


Xulosa 
Milliy ma’naviyatimiz azaldan qanday omil va mezonlar negizida shakllanib 
kelayotgani xalqimiz uchun eng aziz va eng milliy bayram — sharqona yangi yil 
bo‘lmish Navro‘z ayyomi misolida ayniqsa yorqin namoyon bo‘ladi. 
Barchamiz doimo orziqib kutadigan va katta xursandchilik, shodiyona bilan 
o‘tkazadigan Navro‘z bayrami biz uchun hayot abadiyligi, tabiatning ustuvor 
qudrati va cheksiz saxovatining, ko‘p ming yillik milliy qiyofamiz, olijanob urf-
odatlarimizning betakror ifodasi bo‘lib kelmoqda. 
Shu o‘rinda ma’naviyatning yuksalishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan 
yana bir mezon — muqaddas dinimiz haqida alohida to‘xtalib o‘tishni zarur, deb 
bilaman. 
Barchamizga yaxshi ma’lumki, din azaldan inson ma’naviyatining tarkibiy 
qismi sifatida odamzotning yuksak ideallari, haq va haqiqat, insof va adolat 
to‘g‘risidagi orzu-armonlarini o‘zida mujassam etgan, ularni barqaror qoidalar 
shaklida mustahkamlab kelayotgan g‘oya va qarashlarning yaxlit bir tizimidir. 
“Bu murakkab dunyoning azaliy va abadiy muammolari, shu bilan birga, har 
bir davrning dolzarb masalalariga har tomonlama asosli ilmiy javoblar topilgan 
taqdirdagina ma’naviyat olami yangi ma’no-mazmun bilan boyib boradi. 
Boshqacha aytganda, har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot – bu yangicha fikr 
va dunyoqarashga turtki beradi, ma’naviyatning shakllanishiga o‘ziga xos ta’sir 
o‘tkazadi. 
Shu nuqtai nazardan qaraganda, zaminimizda yashab o‘tgan buyuk 
allomalarimiz, mutafakkir bobolarimizning ibratli hayoti va faoliyati, bemisl ilmiy-
ijodiy kashfiyotlari bugun ham jahon ahlini hayratga solayotganini g‘urur bilan 
ta’kidlash lozim”. 
Pedagogika kolleji o‘quvchilarini Ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashda
ta’lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog‘liqligidir. 
Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu ma’rifat, 
ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi 
deb bilgan.
Albatta, ta’lim-tarbiya — ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va 
uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni, xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va 
boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini va shu asosda 
ongni o‘zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi. 



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling