Sirtqi bo’limi bt va st ishlari yo’nalishi 22. 09-guruh talabasi Boltaboyeva shoxistaning Tarbiya fanidan


Dastur asosida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida tarbiyaviy ishlar rejasi


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana15.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1478433
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarbiya texnologiyalarining tarixi va kelajagi

Dastur asosida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida tarbiyaviy ishlar rejasi 
tayyorlanadi: 
1. O‘quvchi olamining hayotiy yo‘nalishlarini diqqat bilan o‘rganish. 
2. Xarakteri va xulqidagi og‘ishganlik sabablarini o‘rganish. 
3. Ijobiy yo‘nalishga, o‘zgarishga ta’sir etuvchi hayotiy ko‘rinishlarni
tanlash. 
4. Muloqotni o‘smirning «psixologik hudud»idan izlash. 
5. O‘quvchilar xulqida namoyon bo‘ladigan har xil o‘zgarishlar ustidan


doimiy nazorat o‘rnatish. 
Ma’lumki, tarbiyalanganlik natijalarini hisobga olish o‘quvchilar xulqida, 
ularning o‘qish va mehnatga munosabatlaridagi o‘zgarishlarni ifodalaydigan 
pedagogik o‘lchamdir. Tarbiyaviy faoliyat samaradorligini aniqlash masalasi 
murakkab masaladir. Hech qachon tarbiya natijalarini o‘tkazilgan tadbirlar, 
ishtirok etgan o‘quvchilar soni bilan belgilab bo‘lmaydi. Tarbiyaviy ish 
samaradorligi o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi bilan baholanadi. 
Tarbiyachi-o‘qituvchi o‘quvchilarning qiziqish va ehtiyojlarini chuqur his 
etgan holda, vaziyatni hisobga olib mavzu tanlashi, uni tayyorlash va o‘tkazishda 
o‘quvchilarni keng ko‘lamda jalb etishi, yuksak samaradorlikni ta’minlanishiga 
e’tibor berish bilan birga, har bir o‘quvchiniig xohishini hisobga olishi, keskin rad 
etmasdan, yana o‘ylab ko‘rish, qiziqarliroq, soddaliroq yo‘llarini topishing 
mumkin deb umidvor qilish o‘rinlidir. Tarbiyachi ijodkor bo‘lishi, o‘quvchilarni 
ham ijodiy faoliyat yuritishga jalb etishi, har bir tarbiyalanuvchida o‘zini va 
o‘zgalarni hurmat qilishga ishonch hosil qilishi lozim.
Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. 
Insonni tarbiyalash uni bilim olishiga mehnat qilishiga undash va bu hatti-
harakatini asta-sekin ko‘nikmaga aylantira borishi lozim. Insonni mushohada qilish 
qobiliyatini tarbiyalaydi va mushohada qilish aqlini peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. 
Ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta-sekin 
takomillashib komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va 
tarbiyalanuvchidan uzoq davom etadigan ma’suliyat, sharafli mehnat va qunt 
irodani talab etadi. Buning uchun bolalarni yosh xususiyatlarini hisobga olish 
zarur. Ma’naviy, insoniy sifatlarining shakllanishida oiladagi, atrofdagi, 
jamiyatdagi muhit va bolalarga bo‘lgan munosabat muhim rol o‘ynaydi. Ota-
onalarimiz va atrofdagilarning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini ko‘rgan bola 
shunga qarab shakillana boradi.
Tarbiya har bir insonning xayotda yashashi jarayonida orttirgan saboqlari va 
intellektual salohiyatlarini ijobiy ko‘nikmasini o‘zgalarga berish jarayoni.
Tarbiyaviy ishlarga yangicha munosabat mustaqillik ma’naviyati negizi 
asosida hukumat qarorlarida, xalq ta’lim tizimidan islohotlarda olimlar va ijodkor 
o‘qituvchilarning izlanishlarida o‘z aksini topmoqda.
O‘zbekistonning uzluksiz ta’lim tizimidagi barcha o‘quv muassasalari yosh 
avlodga milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda, ma’naviyatni milliy merosimiz 
bilan birgalikda, yosh vatanparvarlarni tarbiyalashda yangicha ish uslublari asosida 
ijodiy yondoshmoqdalar.
Innovaion tarbiya texnologiyalar asosida barkamol shaxsini tarbiyalashda 
yana bir omil ya’ni jamoaning roli ham katta hisoblanadi. Chunki jamoa har 
qanday bola tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga soladi va tarbiya texnologiyalari asosida 


tarbiya jarayonini tashkil etishda jamoaviy harakatning ahamiyati katta. Guruh 
jamoasini oladagan bo‘lsak, agar shu guruhda yomon hulqli, tarbiyasi jihatdan 
yomon bo‘lsa, shu guruh jamoasiga uni asta sekinlik bilan o‘z ta’sirini albatta 
o‘tkazadi.
Ma’naviy tadbirlar yoki sayyohatlar tashkil etilganda jamoaning jipsligi 
ahamiyati juda katta. YA’ni jamoada har xil bolalar bo‘lib, ular bir biriga qarab 
ham o‘zlarini tarbiyalaydilar. Bu xislatlar esa ularning barkamol shaxs bo‘lib 
shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Guruxdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo 
barkamol shaxsni ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalashning eng zamonaviy va 
qulay yo‘nalishlarini topib joriy etishga bog‘liq. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga 
javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar 
qaytadan ko‘rib chiqilishi, asosiy e’tibor barkamol shaxsga qaratilishi, tarbiya 
jarayoniga innovatsion tarbiya texnologiyalarni joriy etish, yillar davomida 
to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi.
Yuqoridagi barcha hayotiy ehtiyojlarni vujudga keltirishda o‘zaro 
hamkorlikning ta’sir doirasi orqali shaxsni tarbiyalash va tarbiyaning birligini 
ta’minlagan holda uning shaxs sifatida shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan 
muhitdan himoya qilish.
Pedagogika kollejlaridagi innovatsion tarbiya texnologiyalari asosida 
tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning bosh maqsadi - yosh avlodni ma’naviy- 
ahloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy- tarixiy an’analarga, urf- 
odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, 
pedogogik shakl va vositalarini ishlab chiqib amalga joriy etishdir.
Pedagogika kollejlaridagi innovatsion tarbiya texnologiyalari asosida 
tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda treninglardan foydalanish alohida ahmiyatga ega. 
Bugungi kunda pedagogika kolleji o‘quvchilarining ta’lim jarayonidagi faollligini 
oshirishga qaratilgan bir nechta o‘qitish uslublari ishlab chiqilgan: muammoli 
o‘qitish, ish faoliyatini ifodalovchi turli rolli o‘yinlar, treninglar, bahs 
munozaralarni tashkil qilish va hokazolardir. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish 
jarayonida esa tarbiyaviy treninglarning o‘rni beqiyosdir. Sababi trening o‘tkazish 
jarayonida o‘quvchilarning nutqi o‘sadi, tafakkuri rivojlanadi, muloqatga tez 
kirisha oladigan bo‘ladi. Shu sababli trening verbal va noverbal ko‘rinishda tashkil 
etish mumkin. 
Treningni noverbal (so‘zsiz, mimika, pantomimika, qarash va hakozolar) 
ko‘rinishda tashkil qilgan tarbiyachi gapirayotganida har bir qatnashuvchini ko‘z 
ostida tutishi, hammaga bir xil e’tibor berishi va guruhdagi ba’zi odamlarga
xayrixoh bo‘lib qolmasligi lozim. Xonada guruhning diqqatini buzmasdan harakat 
qilishi (tez-tez va maqsadsiz yurishlardan qochishi, shuningdek, guruhga o‘zi


ko‘rinmaydigan joydan turib gapirishi) kerak bo‘ladi. Qatnashuvchilarning bosh 
qimirlatishi, tabassumi va xatti-harakatlari nimanidir aytmoqchi ekanligiga,
xohishi borligiga e’tibor berishi kerak bo‘ladi. 
Treningni verbal ko‘rinishda tashkil etilsa, guruh rahbari savollarni shunday 
tuzishi kerakki, asosan qatnashuvchilar gapirsin. Bunda tarbiyachiga ochiq savollar 
yordam beradi: “Siz bu haqda nima deysiz? ”, “Nimaga?”, “Qanday...?”, “Agar…” 
va hokazolar. Agar qatnashuvchi “Ha”, “Yo‘q” deb javob bersa, “Nimaga shunday 
gapirayapsiz?” deb so‘rash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bundan tashqari boshqa
qatnashuvchilardan ham so‘rash kerak tasdiqlangan fikrlarga qo‘shiladimi? 
Guruh rahbari trening o‘tkazish jarayonida o‘z ovozining ohangiga e’tibor 
berishi, sekin va aniq gapirishi kerak bo‘ladi, qatnashuvchilarni ko‘proq gapirishga 
undash kerak. Tarbiyachi o‘zining va qatnashuvchilarning so‘zga chiqishi vaqtini 
hisoblashi lozim bo‘ladi. Hamma savollarga faqat o‘zi javob bermasligi, 
qatnashuvchilar bir-birlarining savollariga javob berishi mumkinligini
unutmasligi lozim. Bahs natijalarini xulosa qilishda har bir mashg‘ulot
qatnashchisining 
muhokama qilinayotgan muammoni mohiyatini to‘g‘ri 
tushunayotganini aniqlab, keyin umumiy xulosa chiqarish kerak. Agar 
tarbiyachining shaxsiy tajribasi mazkur bahsga mos kelsa, qatnashuvchilar 
fikrlarini mustahkamlab, “Bu menga o‘tgan yilgi voqeani eslatadi” – deyishi
mumkin.Yaxshi trening o‘tkazishning bir nechta tarkibiy qismlari mavjud. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling